O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Kartografik tadqiqotlarning ishonchliligi


Download 237.87 Kb.
bet8/12
Sana20.06.2023
Hajmi237.87 Kb.
#1627805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
JUNANAZAROV I.R KURS ISHI

2.3.Kartografik tadqiqotlarning ishonchliligi


Ma’lum birgeografik hududni har xil mavzudagi va turli vaqtlarda chop etilgan kartalarini bir-biri bilan har tomonlama mantiqan taqqoslash, joyda kechayotgan voqea va hodisalarning hozirgi holalini o‘rganish, o’zaro aloqaiari va rivojianish qonuniyatlarini bilish hamda tahlil qilish, bu jarayonlarning kelajakdagi holatini bashorat qilish imkonini beradi.


Kartografiya tarixidan ma’lumki, kartografik bashorat yangi erlarning ochilishiga imkoniyat yaratgan. Rossiya dengiz floti zobiti N.G.Shilling 1865-yii Arktika muzliklari harakatiarini kartalar orqali o'rganib va tahlil qilib, hali insoniyatga ma’lum bo‘lmagan arxipelagning borligini bashorat qilgan. Keyinchalik bu arxipelag avstriyaliklar tomonidan kashf etilib, Fran losif yeri nomini oldi, Okeanografva qutblar izlanuvchisi V.Yu.Vize ham kartografik tahlillar o'tkazib,1920-yil noma’lum orol borligini bashorat qilgan, bu orol olti yildan so‘ng «Sedov» muzyorar kemasi ekspedisiyasi tomonidan kartaga tushirilgan, unga «Vize» oroli deb nom bcrilgan. Kcyinchalik okeanologV.S. Berezkin dengiz dinamik oqimlar kartasini tuzib, u yordamida «Uedineniya» va «Ushakov» orollarining ochilishiga sababchi bo‘lgan. Barcha yuqoriaagi aytilgan bashoratlar «xona sharoitida» kartalarni o'rganish , tahlil qilish va tuzish jarayonida bajarilgan.
Yer haqidagi fànlarda va jamiyatda bashorat qilish har xil tushuniladi. Geograf va ekologlar bashorat qilishni kelajakda tabiatdabo’adigan o'zgarishlarni oldindan aytib berish, gcologlar — noma’lum struktura va foydali qazilma ma’danlari joylarini aniqlash, iqtisodchi va sotsiolog olimlar rivojianish tcndcnsiyalarini oldindan aytib berish deb tushunadilar. Kartografik bashorat usuli buriday tushunishlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.
Kartalardan foydalanib bashorat qilish usuli — to’g’iridan-toig‘ri zamonaviy izlattishlar yordamida o'rganilishi muntkin bo’lmagan voqea va xodisalarni bashorat qilishni bildiradi. Bunday bashorat faqat jarayon, voqea va xodisalarni kelajakda rivojianish gipotezalari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hozirgi zamonaviy jarayonlarrivojlanishini ham bashorat qilish imkonini beradi.
Bshoratlash asosida kartografik ekstropalyatsiya metodi yotadi, u keng ma’noda biror bir hodisaning kartografik tahlili asosida olingan qonuniyatlarni shu hodisaning hali o ‘rganiltnagan qismiga yoki boshqa o’rganilmagan hududlarga va kelajakga joriy qilish, deb tushuniladi.
Kartogrofik eksirapolyasiya boshqa ekstrapolyasiyalar singan (maíematik, mantiqiy) universal emas. Uning afzallikiari zamon va makonda ollngan qominiyatlarni bashorat qilishga moslashtirilgan. Kartografik bashoratlash amaliyotida gcografiyada mavjud o'xshashlik, indikasiya, ekspcrtli baholash, statistik regrcssiyani hisoblash va boshqa metodlar keng qo‘lianliadi.
Kartalar yordamida uch xil bashorat turi olib boriladi:
1. Vaqt birligi bo‘yicha bashorat qilish - turli davrda nashr qilingan, kartalar yordamida aniqlangan dinamik tendemiyalari ekstrapolyasiya qilishga asoslanadi.
2. Fazoda (makonda) bashorat qilish — har xil mavzuli kartalar orqalio'm atilgan o'zaro bogliqliklar va o‘xshashliklar qonuniyatlariga asoslangan.
3. Makonda va zamonda bashorat qilish - yuqoridagi ikki xil bashorat qilish turini birlashtiruvchi, ma’lum gcografik hududdagi jarayon, voqea va hodisalarning rivojlanishi va evolyusion tendensiyalan zamon va makonda o‘zgan shlarini bashorat qilishga asoslanagan.
Geografik bashorat qilish muddatiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
- uzoq muddatga ( bir necha o‘n yiiliklami o‘z ichiga oladi);
- o‘rtacha muddatga (10—15 yillik);
- qisqa muddatga (3—5 yillik);
- juda qisqa muddatga (bir yildar. kam).
Bunday bo’inish, albatta, shartli, uning ko‘p jihatlari bashorat
qilinayotgan voqca va hodisalarning xususiyatlariga bog'liq.
Bashorat qilish kartalar aniqligi, to‘liqligi, ekstrapolyasiyaning o‘z vaqitda olib borilganligi, hodisaning xarakteri, turg‘unligi va o‘zgaruvchariligi, takrorlanishi, muntazamligi, ekstrapolyatsiya qilishda foydalanilgan karlaiaring zamonaviyligi hamda izlanishlar natijasida aniqlanilgan o ‘zaro aloqadorlikning tig‘izligiga bog‘liq. Bashorat qilish kartalari aniqligi va ma’nosining to'liqligiga qarab dastlabki, ehtimolli, juda ehtimolli hamda aniq bashoratli kartalarga bo’limadi.
Kartografk tadqiqotning ishonchliligi — bu uning qoyilgan vazifani to'g'ri yechilishini ta’minlashdir, boshqacha qilib aytganda, olingan natija haqiqatga qanchalik yaqin bo’lsa, tadqiqot shunchalik ishonchli bo'iadi.
Ishonchlilikni baholash juda qiyin, chunki olingan natija juda ko’p sabablar asosida keltirib chiqariladi: xatoliklar nazariyasi, kartometrik hisoblashlar, matematik statistika va boshqalar. Yana shuni ta’kidlash joizki, bazi natijalar aniq baholash mezonlariga ega emas, ular haqida faqat ilmiy tarjiba asosida hamda izlanuvchining ilmiy darajasi bo’yicha biror bir baho olish mumkin.
Shuning uchun kartografik tadqiqot usullari yordamida yechilayotgan ilmiy va amaliy vazifalar ishonchlilik darajasini aniqlashda biror bir universal mezon qo’llanilishi gumon, ko‘pchi!ik hollarda har bir hodisa uchun alohida yondashish talab etiladi. Tadqiqotlar olib borishda quyidagi xatoliklar uchraydi:
- konseptual — noaniq, konsepsiyalar to’liq o‘rganilmagan, tarifi noaniq ifodalangan, natijalar noto‘g‘ri talqin qilingan;
- kommunikatsion — tadqiqot olib boruvchilar xatoga yo‘l qo’ygan, ilmiy g’oyalarni tushunmagan yoki noto‘g‘ri qabul qilgan, vazifa noaniq to’liq tushunilmagan va natija xato talqin qilingan;
- geografik — kartalarda o’rganilayotgan obyektlarning fazoviy va vaqtli o‘zgarishlari chegaralari shartii o'tkazilgan, ularning zamon va makondagi o’zgarish tendensiyalari taqriban tushunilgan;
- kartografik — tadqiqot uchun tanlangan kartalarning aniqlik darajasi past, mazmuni to’liq emas, eski kartalardan foydalanilgan;
- texnik — o’chashlar noaniq, asboblar va uskunaiar, dasturlar
va algoritmlar eskirgan, ma’lumotlar bazasi himoya qilinmagan.
Tadqiqot davrida ko'plab xatolar uchrashi tabiiy, bularni tadqiqiotchi albatta, nazarda tutishi kerak: eng birinchisi - bu tayyorgarlik bosqichida vazifani aniqlashda, tadqiqotishlarini bajarishda vanihoyat, natijalarni talqin qilishda uchraydi. Kartalar orqali tadqiqot olib borishda natijaning aniqlik darajasiga qarab uchta guruh izlanishlar turlari ajratiladi:
Aniq tadqiqotlar — bunday izlanishda o’lchashlar va hisoblashlar mumkin qadar judaaniq bajariladi. Xatoliklar mumkin qadar kam aytiladi, o'lchashlar bir necha marotaba takrorlanadi.
O’rtacha aniqlikdagi tadqiqotlar — sharoitga qarab olinadigan natijalar aniqligi ma'lum qiymatdan oshmaydi, deb belgilanadi. Agar xatolik qiymati yo’l qoyilishidan past bo’lsa, u etiborga olinmaydi, buesa ish vaqtini ancha kamaytiradi. Ta’kidlash kcrakki, izlanishlaming amaliy maqsadga bog‘liq boimagan holda yuqori aniqiikda olingan natijalari — bumetodik jihatdan yo’l qo’yilgan katta xatolikni blidiradi. Olib borilgan kuzatishiar shuni ko’rsatadiki, geografik tadqiqotlar uchun уо’l qo‘yiladigan aniqlik qiymati maydonlar uchun -3-5 % , burchakda - 3 bo’lsa yetarlidir.
Taxminiy tadqiqotlar - dastlabki baholashlar uchun zarur bo’lgan, uncha katta bo’lmagan aniqlikdagi o’lchashlar. Bunday o’lchashlar aniq asboblarsiz, ba’zan esa ko’z bilan chamalab o’tkaziladi. Ular asosan keyingi olib boriladigan aniq o’lchashlarni loyihalash uchun bajariladi.6
-Mavzuli karta bilan tatqiqot o’tkazish uchun oldin tatqiqot uchun mavzu tanlash lozim, mavzu tanlangach tatqiqot uchun loyiha tuziladi. Kartada tatqiqotlar o’tkazish orqali o’rganilayotgan hodisani chuqurroq o’rganilib tahlilqilinadi va qilingan tatqiqotning aniqligi baxolanadi. Kartagrafik tatqiqotlar asosan kameral sharoitda qilinadi bunda dalaga chiqish shart emas tayyor karta va malumotlardan foydalanib tatqiqot o’tkazamis. Tatqiqotning aniqligi o’rganalayotgan hududning malumotlari va manbalarning aniqligiga bog’liq. Men bu ishmda o’rganish maqsadida tatqiqot uchun tuproq kartasini tanladim ( o’zbekiston milliy atlasidan ) 2.3.1-rasm.




Download 237.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling