O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 237.87 Kb.
|
JUNANAZAROV I.R KURS ISHI
2.2.5-rasm. Kartagrafik tasvirni qayta o’zgartirish uchun ishlataladigan to’rlar.
O'zgartirish birlamchi va ko'p marotabali, u esa o’z navbatida parallel va ketma-ket bo’lishi mumkin. Paralle o’zgartirishda manba «A» kartadan bir necha hosila A karta (B ,C , ........ N ) olinadi, masalan topografik kartadan relyefning qiymalanishi, yonbag'rning ekspozisiyasi va boshqa kartalari keltirib chiqariladi. Boshqa holatda «A» kartani ketma-ket «B» kartaga, undan «C» kartaga o’zgartirish mumkin. Masalan, relyef kartasidan relyefning vertikal qiymalanishi, so'ngra yonbag'rning yuvilish tezligi, keyin eroziya xavfi, tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlari kartalarini tuzish mumkin. Juda murakkab tuzilishga ega voqea-hodisalarni o’rganishda daraxtsimon o'zgarishdan uning parallel va ketma-ketli variantlarini birgalikda qo’lab oydalanish kerak. Geotizimlar va alohida tabiat komponentlari orasidagi o’zaro bog'liqlik yoki qaramlikni, ichki va tashqi aloqalarni tahlil qilish, ularni miqdor jihatdan baholash — Yer to‘g‘risidagi fanlarning asosiy vazifalaridan biridir. Bu vazifani yechishda kartografik usulning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Mavzuli kartalar orqali vaqt va makonda o’zgaruvchan aloqalarni baholash, asosiy va ikkinchi darajali elementlarni ajratib ko'rsatish, ma’lum bir hodisaning joylashishini boshqa biri orqali bashoral qilish kabi masalalarni echish kartografik metod orqali bajarish ancha qulay. O’zaro bog’liqlikni o’rgarishda har xil texnikaviy usullardan foydalanish mumkin, ularning eng oddiysi — ko’z bilan ko‘rib tahlil qilish, so'ngra o’zaro bogliq haqida bayon yozish. Graflkli usullarda tahlil qilinayotgan hodisani konturlari ustma-ustq o’yilib tahlil qilinadi, ya’ni grafikli «overley» usuli. Bunda ko’nturlar ustma-ust tushishi, qisman yoki umuman ustma-ust tushmasligi aniqlanadi. Bunga sabab obyektlarning har xil tabiat kuchlari tasiri ostida shakllanganligidir. Ko‘plab to'plam kartalar asosida tuzilgan profillarda, qirqim kartalarda, ustma-ust joylashgan diagrammalarda o ‘zaro bog'liqlik ravshan ko‘rinadi (2.6-rasm). 2.2.6-rasm. Bir-biriga bog’liq bo’lmagan hodisalarning kartagrafik tasvirini o’shashligi: a- qishloq aholisi zichligi; b-karto’shqani gullash vaqti. Bog’liqlik kartalarining har xil tiplarga ajratish: -o'zaro bog1'liqlik darajasiga ko*ra rayonlashtirish kartalari bir-biriga to’liq yoki qisman mos keladigan rayonlar chegarasini ajratish, grafikli overley va rayonlashtirish metodlari oraqali; - o’zaro bog'liqlik kartogrammalari — korrelyatsiya ko‘rsatkichi ma’muriy rayonlar bo‘yicha hisoblab tuziladi; - izokorrelyat kartalari - birxil qiym atli korrelyasiya koeffitsientlari izoliniyalarini doimiy va yoki tarqoq turlari bo’yicha otkazish orqali yaratiladi; -entropiya konturlari kartalari — hodisalarning o’zaro bog‘ liqligini har bir alohida kontur, areal, landshaft, suv yig‘ish havzasi bo’yicha entropiya ko'rsat- kichlari yordamida baholab tuziladi. O’zaro bog‘liqlikning detallashganligi to’liq ko’rsalilsa, tuzilgan karta shunchalik yuqori darajada fazoviy tahlilni yoritadi, masalan, 2.8-rasmdagi izokorrelyat kartasi kartogrammaga qaraganda detallashgan. 2.2.8-rasm. Daryo tarmoqlari zichligi va o’rtacha yillik oqim orasidagi bog’liqlik tasvirlangan kartalari. Ko’pchilik Yevropa davlatlari o’rta asrilarda yaratilgan joy tafsilotlari ko‘rsatilgan eski, lekin aniq topografik plan va karlalarga egadirlar. Turli vaqtda chop etilgan karta va planlar yordamida quyidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin: 1.Tabiatda bo’layotgan notekis o'zgarishlari, masalan, tektonik harakatlarni, daryo o’zanlaridagi va qirg’oq chiziqlaridagi o'zgarishlarni va h.k. (2.9-rasm). 2.Tabiatda bolayotgan tez-tez o'zgarishlarni, masalan, ob-havo, ekologik sharoitdagi o’zgarishlar va h.k. 3.Tabiatdagi muntazam va siklik o’zgarishlarni (mavsumiy va fenologik jarayonlarni). 4.Epizodik va favqulodda o’zgarishlarni (zilzilalar, sel, toshqin, qor ko'chkilari, har xil surilmalar, o’rmon yog’inlari va h.k.). Turli vaqtlarda bir xil ma’noni ifodalagan konturlarni bir-biri bilan solisntirilish orqali dinamik holat aniqlanadi, masalan, Orol dcngizining o’zgartshini bundan 30 40 yil oldin tuzilgan karta orqali aniqlangan (2.9-rasm). Bu karta bilan karotometrik usullari qo’llab dengiz suvining o’rtacha yillik kamayishi va boshqa ko'rsatkichlarini hisoblash mumkin. Voqea va hodisalarning dinamikasini aniqlashning yana bir usuli -bu hodisaning turli davrlardagi holati orasidagi farqlari tasvirlangan kartalarni tuzish (masalan, 10 -may 1970-yil, 10-iyun 1975-yil, 10-iyul 1980 va h.k.) va ularni bir-biri bilan taqqoslash. Masalan, aholining rayonlar bo'yicha o'sishi; qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining o‘zgarishi va h.k. Har xil manbalardan olingan ma’lumotlar tahlili natijalarini yaqqoi ko‘rsatishning yana bir usuli — bu jarayonlar o’zgarishi areallari kartasini tuzishdir. Bu eski va yangi tuzilgan ikkita karta konturlarini umumiy geografik asosda bir-biri bilan grafïkli taqqoslash yoki grafikli overlev yo’lini qo’llash orqali amalga oshiriladi. 2.9-rasmda uchta turli vaqtlarda bitta geografik hudud uchun tuzilgan kartalar berilgan: birinchi kartadata tabiy landshaftlar ko’rsatilgan, ikkinchisida shu geografik hududda tabiiy landshafllarning 25-yil o'tgandan so’ng paydo bolganlari keltirilgan, uchinchi kartada esa ushbu tabiiy landshaftlarga bolgan antropogen ta’sir va uning oqiballari berilgan. Karta legendasi matrisa (jadval) shaklda tuzilgan bo'lib, unda har bir landshaft turi, landshafl turining hozirgi holati va undagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarmay qolganlari o'z ifodasini topgan. Bunday kartalar landshaftlarda bo‘layotgan o’zgarishlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlarini baholashda, inson tomonidan tasir darajalarini o’rganishda, ularning salbiy va ijobiy oqibatlarini hisoblashda qulaydi. Download 237.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling