O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi xulosaga kelindi
Download 237.87 Kb.
|
JUNANAZAROV I.R KURS ISHI
Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi xulosaga kelindi:
Kartalar ishlash usullarini o’rganib kartalarni tahlil qilish usullarini ko’rib chiqdim,alohida olingan va kartalar seriyasini tahlil qilish orqali kartalar bilan turli tadqiqot ishlarni olib borsa bo’ladi. Seriyali kartalar orqali voqea va hodisaning turli vaqtda tuzilgan seriyali kartalar o’rganiladi. Alohida bir kartani o’rganishda faqatgina bitta hodisa va bir vaqtga tegishli jarayon o’rganiladi. Kartalardan foydalanib hodisa va jarayonini o’rganish bu ularning elementlari zamon va makonda joylashishini, ko’rinishini, shaklini, tabaqalanishini aniqlash va tahlil qilishdir. Bu usulda karta tasvirlanayotgan voqeyalarning o’zaro bog’liqligi dinamikasini o’rganish orqali kartada tasvirlanayotgan voqealar bir biri bilab bog’liq va bir birini to’ldirishini ko’rishimiz mumkin. Bu usul karta orqali tadqiqot o’tkazish maqsadi geotizmlarning makonda tuzilishini aniqlash, kelib chiqishi va dinamikasini ochib berishdan iborat. Kartalarda tadqiqotlar asosida Kartografik prognozlar amalga oshriladi. Malum bir hududni bir xil mavzudagi turli vaqtdagi kartalarni o`rganish orqali va o’sha voqealarni o’zgrish dinamikalarini hisobga olgan holda kartalarda kartografik pragnozlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Kartalar orqali tadqiqotlar va malumotlar qanchalik haqiqatga yaqin bo’lsa kartografik prognoz va tadqiqotlar shunchalik ishonchli hisoblanadi. Mavzuli kartalar orqali tadqiqot o’tkazish usullari to’g`risida qisqacha bo’lsada ko’rsatishga harakat qildim. Oldinlari biror bir karta yaratish uchun biror hududni o’rganib keyin shu yerdagi mal’umotlar qog’ozga karta qilib tushirilib shu karta yordamida tadqiqotlr olib borilgan. Bu tarzdagi karta yaratish va tadqiqot o’tkazish ancha vaqt va mablag’ talab qilgan shu sababli xozirda bu usul biroz eskirgan. Lekin hozirgi vaqtda bu ishlarning hammasini o’rindiqda o’tirgan xolda biror joyni ko’rmoqchi bo’lsak yoki tadqiqot olib bormoqchi bo’lsak GOOGLE yoki GOOGLE EARTH dasturlari va sun`iy yo’ldosh suratlari yordamida ko’rishimiz va tadqiqotlar olib borishimiz va o’rganayotgan hududada qanday voqea hodisalar bo’lib turganini ko’rishimz ham mumkin. Yuqoridagi malumotlardan foydalanib turli tadqiqotlar o’kazsa bo’ladi va olib borilgan tadqiqotlar yordamida kartografik pragnozlashtirish ishlari bajariladi.Bu kartografik prognozlar xalq xo’jaligining turli javxalarida qo’llaniladi. Bugungi kunda kartalarga bo’lgan talabnig oshganligi va kartalarni deyarli barcha sohalarga kirib borganligini inobatga oladigan bo’lsak kartalarning aniqligi,ishonchliligi va ularda olib boriladigan tadqiqot va prognozlarning aniqligi, ishonchliligi juda muhim hisoblanadi chunki xar qanday xatolik kartaga bo’lgan ishonchni tushirib yuborishi mumkin . Download 237.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling