O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti
II BOB KETMA-KET UCHTA YEMIRILISHDAN KEYIN YADROLAR MIQDORINI HISOBLASH FORMULASINI KELTIRIB CHIQARISH
Download 261.62 Kb.
|
Kenjaboyeva Muborakxon
II BOB
KETMA-KET UCHTA YEMIRILISHDAN KEYIN YADROLAR MIQDORINI HISOBLASH FORMULASINI KELTIRIB CHIQARISH 2.1. Alfa yemirilish Alfa-yemirilish yadroviy kuchlar ta’sirida barcha saqlanish qonunlarining bajarilishligi bilan ro‘y beradi. Alfa zarralar xossalarini o‘rganish zaryadi Z=2, massa soni A=4, bog‘lanish energiyasi E=28 MeV, spini I=0, magnit momenti =0 bo‘lgan yalang‘och geliy atomi ekanligini ko‘rsatdi. Tabiiy radioaktiv alfa-yemirilish faqat davriy sistemaning oxiridagi Z>82 vismutdan keyin joylashgan og‘ir element izotoplarida kuzatiladi. Sun’iy ravishda nuklonlar soni A=140-160 sohada yotuvchi nodir yer elementlarida ham alfa aktiv izotoplar hosil qilinadilar. Alfa-yemirilgan yadro zaryadi Z=2, massa soni A=4 ga kamayadi, davriy sistemada ikki katak oldinga siljiydi: (25) Alfa-yemirilish energetik jihatdan mumkin bo‘lishi uchun ushbu shart bajarilishi lozim: (26) ya’ni dastlabki ona yadroning massasi (energiyasi) hosilaviy yadro va alfa-zarra massalari (energiyalari) yig‘indisidan katta bo‘lishi kerak. Energiyalar farqiga -yemirilish energiyasi Edeyiladi. Yemirilish energiyasi bo‘laklarga (-zarra va hosilaviy yadrolarga) kinetik energiya berishga sarf bo‘ladi. (27) bu yerda T,Tx.ya.-lar -zarra va hosilaviy yadrolar kinetik energiyalari. Agar yemiriluvchi yadro nisbatan tinch holatda P(A,Z)=0 bo‘lsa, alfa zarra (R) va hosilaviy yadro (Rx.ya.) impulslar tengligidan -zarra va hosilaviy yadrolar tepki energiyasini topish mumkin (28) (29) MT=Mx.ya.Tx.ya.; (30) (9.2) shartdan (31) Xuddi shuningdek (32) Shunday qilib, -yemirilish energiyasi Ening asosiy qismi -zarra kinetik energiyasiga, ozgina (~2% ga yakin) qisminigina hosilaviy yadro tepki energiyasiga sarf bo‘lar ekan. Masalan, yemirilishda E=6,203 MeV. (31) va (32) formulalarga ko‘ra: (33) (34) Alfa-yemiriluvchi yadrolar bo‘yicha tajriba xulosalari: Ko‘pgina yadrolardan chiquvchi -zarralar energiyasi monoxromatik. Ayrim hollarda energiyalari bir-birlariga yaqin bo‘lgan bir necha monoxromatik -zarralar chiqarishadi, bunga alfa-yemirilishning nozik strukturasi deyiladi. Masalan, (35) Qavs ichida -zarralar intensivligi foiz hisobida keltirilgan. Alfa-yemirilishning nozik strukturasi dastlabki yemiriluvchi ona yadroning hosilaviy yadroning uyg‘ongan holatlariga yemirilish tufayli hosil bo‘ladi. Hosilaviy yadrolar uyg‘ongan holatidan gamma-kvantlar chiqarish bilan asosiy holatga o‘tadilar (1-rasm). Alfa spektr nozik strukturasi hosilaviy yadroning o‘yg‘ongan holatlari va energiyalarini ya’ni yemirilish sxemasini aniqlash imkoniyatini beradi. 4 0,617
0,473 0,327 0,040 0 0 Download 261.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling