3.3. Tashxis quyuvchi inteliktual tizim tavsifi Intellektual tizim ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qism aniq kasallik bo’yicha to’plangan tajriba natijalari asosida hosil qilingan fayl yordamida tashxis qo’yishga yordam beruvchi model faylini hosil qiladi. Tizimning ikkinchi qismida mutaxassis tomonidan qo’yilgan tashxisga mos model faylini tanlash amalga oshiriladi. - Model faylini ochish
- Fayl tanlangandan so’ng hosil bo’lgan tizim interfeysidagi so’rovlarga mos qiymatlarni kiritish va kerakli natijalarni olish amalga oshiriladi.
Keltirilgan modeldan foydalanib intellektual tizimning tahlil qilinishi kerak bo’lgan obyekt uchun olingan natijasining sonli va visual ko’rinishlari quyida keltiriladi - Gipertaniya kasalligi uchun:
- Tahlil qilinayotgan obyektning ko’rsatkichlari
- Olingan natija shuni ko’rsatadiki tekshirilayotgan obyektning umumlashgan bahosi 0.557 ga teng. Grafik esa uning kasallikka tegishli sinfda yotishini isbotlaydi.
XULOSA - Bitituv malakaviy ishi xulosasi sifatida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq:
- 1. Ishning dastlabki bobida tibbiy berilganlar bazalaridan bilimlarni ajratib olish haqida to‘xtalib o‘tildi. Bunga sabab, Tibbiy tashkilotlarda ko'pgina tadqiqotchi shifokorlar va individual amaliyotchilar o'z faoliyati davomida katta hajmdagi berilganlarni to'plashi bo’lib, odamlar qo'lidan keladigan va ko'p hollarda shifokorlardan olishni xohlaydigan yagona narsa - kerakli berilganlarni tezda chiqarib olish masalasidir.
- 2. Bitiruv malakaviy ishida qo‘yilgan tibbiy tashxis qo’yuvchi intellektual tizim yaratish uchun informativ alomatlarni aniqlash juda muhim vazifa hisoblanadi. Biror kasallikka oid tanlanma berilgan bo‘lsa uni tizimga mos holatga keltirish, ya’ni tanlanmaning har bir alomatlarini tahlil qilib chiqish bu yakuniy natijalarning samaradorligini yuqori bo‘lishiga va uni oson tahlil qilishimizga imkon beradi. Shu maqsadda ishning dastlabki bobida berilganlar bazalaridan bilimlarni ajratish, KDD vazifalari va modellarining turlari, berilganlardan bilimlarni qazib olish algoritmlari batafsil yoritib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |