O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Tadqiqotning ob’yekti va predmeti


Download 131.33 Kb.
bet2/13
Sana21.06.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1642773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Javohir Final.

Tadqiqotning ob’yekti va predmeti. Sharq mutafakkiri Robindranat Tagorning diniy-falsafiy qarashlari tadqiqotning obyekti, Tagorning she’riy va nasriy asarlari asosida diniy - falsafiy konsepsiyasini falsafiy tahlil qilish tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tagorning diniy-falsafiy ta’limotining xususiyatlari va mazmunini uning falsafiy-adabiy asarlari konteksida ochib berish.
Tadqiqot quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:

  • Robindranat Tagorning asarlaridagi diniy – falsafiy dunyoqarashlarining nazariy konseptual asoslarini falsafiy ta’limot sifatida oʻrganish;

  • Robindranat Tagor ijodida inson va koinot uyg‘unligi muammosining falsafiy talqinini tadqiq etish;

  • Robindranat Tagornning diniy - falsafiy qarashlarini uning asarlari asosida tahlil qilish;

  • Tagor ijodidagi insonparvarlik va bag‘rikenglik gʻoyalarining bugungi zamonaviy dunyo uchun ahamiyatini falsafiy tahlil etish;

Ilmiy yangiligi. Robindranat Tagorning diniy - falsafiy qarashlari she’riy va nasriy asarlari asosida tizimli holda oʻrganilib, unda insonparvarlik, bag‘rikenglik, axloq va din oʻrtasidagi bogʻliqlik va uning ahamiyati tadqiq qilindi. Shu jihatdan ilmiy tadqiqot ishini shakllantirishda mavzuning ilmiy yangiligi va ahamiyati quyidagicha belgilandi:

  • Robindranat Tagor ijodida inson muammosining falsafiy tahlili va asarlarining tarjimasi berib oʻtiladi;

  • “Gitanjali” asaridagi diniy - falsafiy qarashlar oʻrganilib, uning mazmun mohiyati falsafiy jihatdan ochib beriladi;

  • Tagorning nasriy asarlaridagi diniy- falsafiy konsepsiyalar falsafiy jihatdan oʻrganilib chiqiladi;

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Alloma ijodini diniy- falsafiy tahlil qilish magistrlik dissertatsiyasida koʻriladigan asosiy masaladir. Shu bilan birga asarlardagi diniy - falsafiy konsepsiyani tahliliy ishlash va oʻsha davrdagi ijtimoiy, siyosiy va ma’daniy turmush tarzini yoritish asosiy oʻrin tutadi. Tadqiqotdan koʻzlangan maqsad va faraz Tagorning boy ma’naviy va diniy konseptual qarashlarini tahlil qilishdir.

Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling