Oceans/lotions/mountains/words/hurricanes/tons of love; “to miss somebody a ton” birikmasi “biror kishini qattiq sog‘inmoq” ma'nosini anglatadi.
A stable of emotions, a storm of congratulations, a transport of passion, bursts of laughter.
Manfiy belgili kvantor so‘zlar: a heap of grief, a legion of fears, a sea
of troubles, battalions of sorrows.
Ham musbat, ham manfiy belgili kvantor so‘zlar: a fountain of good news, a torrent of French and English, a torrent of tears, a torrent of disasters
Yana shunday kvantor birikmalar mavjudki, ular aniq hodisaning ko‘pligini bildiradi: a pack of lies, a barrage of questions, a whale of a story va boshqalar. Shunday birikmalar o‘zbek tilida ham mavjud, ularning yasalishida qiyoslashlar va metaforalar qo‘llaniladi. Bunday birikmalarni badiiy adabiyotda va publitsistikada, dramaturgiyada va ilmiy maqolalarda uchratish mumkin: energiya ummoni, bir qop pul, ko‘z yoshlari daryo bo‘lib oqmoq va boshqalar.
Frazeologik abstraktsiyani birinchilardan bo‘lib buyuk rus olimi V.L. Arxangelskiy ishlab chiqqan. U buyuk tilshunos sifatida shunday degan: “Shunday turg‘un iboralar mavjudki, ular oddiy so‘zlardan butunlay farq qiladi va mana shu birikmalarda til abstraktsiyasi mavjud, va bu abstraktsiya so‘zlarda namoyon bo‘lmaydi”. Frazeologiyani o‘rganishda ishlatiladigan variatsion uslub sistemasi shunga qaratilgan ediki, frazeologik birlikning ma'nosi uning komponentlarining o‘z ma'nosidan farq qiladi.
Frazeologik abstraktsiya nazariyasining keyingi ishlarida asosiy urg‘u frazeologik birlikning semantik tomoniga qaratilgan edi. A.V.Kunin frazeologik abstraktsiyani o‘rganib, uning 4 ta darajasini ko‘rsatadi: eng yuqori, yuqori, o‘rta va past. Bundan tashqari, birinchi va ikkinchi darajalarda to‘liq va to‘liq bo‘lmagan abstraktsiya darajasi mavjud bo‘ladi. Frazeolog olimning bu sinflarga ajratishi bo‘yicha, frazeologik intensifikatorlarda abstraktsiyaning eng yuqori va yuqori darajalari uchraydi. Abstraktsiyaning eng yuqori darajasi quyidagi frazeologik intensifikatorlarda uchraydi: as the day is long, as they come, as they make them, fine and…, good and…, nice and…, rare and…, as anything, like anything, as old boots, like blazes, as hell, like nobody’s business va boshqalar. Paydo bo‘lish bosqichidan boshlab, A.V.Kuninning fikricha, bu frazeologik intensifikatorlarning ma'nosi abstraktsiya qilingan va o‘zining asl ma'nosini olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |