O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


I BOB. INVESTITSIYALARNING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


Download 0.65 Mb.
bet4/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

I BOB. INVESTITSIYALARNING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Investitsiyalar iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida.
Makro va mikro darajada milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni investitsiyalarsiz tasavur qilib bo‘lmaydi. Chunki investitsiyalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bir faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni rivojlantirish, qolaversa mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning bosh va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Investitsiyalar - bu yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turgan mavjud ishlab chiqarish quvvatlarni saqlab turish va ularni takomillashtirish hamda rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va buning natijasida foyda olish hamda (atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy rivojlanish kabi) boshqa yakuniy natijalar erishish maqsadida turli dasturlar yoki alohida chora tadbirlarga yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak loyihalarga sarflanadigan mablag‘lar hisoblanadi. Investitsiyalar tarkibiga foyda (daromad) olish maqsadida ijtimoiy samaraga erishish uchun tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan moddiy va pul mablag‘lari, shuningdek, maqsadli bank mablag‘lari, paylar, aksiyalar, boshqa qimmatbaho qog‘ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar (shu jumladan, tovar belgilari), qarz mablag‘lar, har qanday boshqa mulk va mulkdan foydalanish huquqlari hamda intelektual boyliklar kiradi.
Hozirgi vaqtda investitsiyalarni zamon talabiga va iqtisodiyotda bo‘layotgan o‘zgarishlarga mostlab investitsion faoliyatni boshqarishda o‘zgacha kereativ yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki xo‘jalik yuritishning bugungi zamonaviy usullarini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan qayta ko‘rib chiqishni va o‘zgartirishni talab qiladi. U investitsion siyosatni amalga oshirishda o‘zaro kelishuv munosabatlariga mos vositalardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayon qatnashchilarining xuquq va majburiyatlarni belgilab berish; mamlakatda investorlar uchun har tomonlama erkin raqobatni ta’minlash; moliyaviy, moddiy va aqliy mehnat natijalarini boshqarishda keskin erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
Makroiqtisodiy darajada investitsiyalar ishlab chiqarish sohasidagi yangi asosiy vositalar, turar-joylar sohasidagi investitsiyalar va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlar hisoblanib u yalpi xarajatlarning bir qismini tashkil qiladi. Investitsiyalar – joriy davrda iste’mol qilinmasdan kelgusida iqtisodiyotda kapital o‘sishini ta’minlashga qaratilgan YaIMning bir qismidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan qonunida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berilgan. “investitsiyalar - investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”2.
Ushbu qonunga binoan investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari qilib quyidagilar belgilangan:

  • qonuniylik;

  • oshkoralik va ochiqlik;

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;

  • adolatlilik va investitsiya faoliyati sub’ektlarining tengligi;

  • investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi.

Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi mazkur qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining hamma bosqichlarida qo‘llaniladi.
Mo‘ljallangan ob’ektiga ko‘ra investitsiyalar quyidagi turlari bo‘linadi:

  • kapital,

  • moliyaviy

  • ijtimoiy.

Investitsiyalarning turlari quyidagi 1.1-rasmda ham keltirilgan.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling