O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


Download 0.65 Mb.
bet3/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

Xulosa va takliflar.............................................................................................

76

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..................................................................

78

Ilovalar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi milliy iqtisodiyotning rivojlanishida yangi sahifa ochib berdi. Mamlakat ishlab chiqarish sohasida tub ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, qo‘shma korxonalar soni o‘sib hamkorlik munosabatlari yanada rivojlanib bormoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishga erishish uning barqaror rivojlantirish maqsadida barcha sohalarga katta investitsiyalar kiritilmoqda. Jumladan yoqilg‘i - energetika kompleksi, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo kompleksi, yengil sanoat, sanoatning oziq - ovqat va qayta ishlash tarmoqlariga investitsiya oqimlari safarbar etilgan. Bu yirik miqyosdagi investitsiyalar import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirish, tashqi va ichki bozorlarda talablarga javob beradigan raqobatbardosh tovarlarni ko‘paytirish va yangilarini yaratish hisobiga amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.
Iqtisodiyotning barcha sohalarida jumladan davlat va nodavlat sektorlari doirasida investitsiya faoliyatining kuchayishi investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, baholash va chet - el investitsiyalarini jalb etish usullarini aniqlash bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal qilish zaruratini va bu muammolarning echimini topishni talab qiladi.
Buning uchun faol invistitsiya siyosatini olib borish zarur bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida investitsiya siyosatini yuritishda e’tibor qaratilib “…investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirib, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ulushini oshirish kerak”1 deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarimizni zamonaviy texnika bilan jihozlash, hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin emas.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan oqilona investitsiya siyosatini yuritish bugungi kunda rivojlanayotgan barcha mamlakatlarning asosiy maqsad va vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu sohada olib borilayotgan ilmiy-nazariy va amaliy izlanishlarni xorijiy mamlakatlar olimlari I.Blank, M.Limitovskiy, A.Surinov, V.Levashov, M.Volgin, R.Yakovlev, B.Genkin, V.Adamchuk, V.Radaev kabi iqtisodchi olimlarning ushbu sohaning o‘rganilishiga va uning yechimini topilishiga o‘z hissasini qo‘shgan ilmiy asarlarida ko‘rishimiz mumkin.
Respublikamizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda investitsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish masalasi Sh.Abdullayeva, E.Akromov, N.Karimov, M.Angelidi, H.Imomov, M.Ochilov, A.Ulmasov, M.Sharifxujayev, Sh.Shodmonov, Q.Abduraxmonov, I.Blinder, A.Vaxobov, N.Karimov, R.Xojimatov. R.Karimov, A.Qodirov, K.Popadyuk, R.Ubaydullaeva, A.O‘lmasov, R.Xasanov va boshqa iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida yoritib berilgan.
Ammo yondoshuvlar va nazariy ishlanmalarning xilma - xilligiga qaramay, investitsiyalarning mazmuni, mohiyati, baholash usullari, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, investitsiya qarorlarini qabul qilish, boshqarish va investitsiyaning ishlab chiqarishdagi g‘oyat muhim o‘rni haqidagi masalalariga yagona qarashlar yo‘q. Shuning uchun, bu ilmiy ishning asosiy mazmuni, shu ochilmagan sahifalarni ochib berishdan, ya’ni eng yangi ma’lumotlardan foydalangan holda investitsiyalarni jalb etishda strategik boshqaruv usullarini samaradorligini oshirish yo‘llari yoritib berishdan iboratdir.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Dissertatsiyaning asosiy maqsadi hozirgi murakkab shu bilan birga tez o‘zgaruvchan siyosiy va iqtisodiy vaziyatlarda hamda, jahon hamjamiyatining globalizatsiya va iqtisodiy transformatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda strategik boshqaruv usullarini samaradorligini oshirish muammolarini nazariy va amaliy tadqiq etishdan iborat.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun mazkur dissertatsiya ishida quyidagi vazifalarni hal qilish nazarda tutiladi:

  • investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ilmiy va nazariy tadqiq etish, uning sifat tavsiflarini va investitsiyalarning mulkiy shakllari hisoblangan kapital hamda kredit tushunchalaridan farqlarini aniqlash.

  • investitsiyalar to‘g‘risidagi qarorlar va tegishli me’yriy hujjatlarini qabul qilish, investiiya loyihalarini tanlash uslub va uslubiyatini, investitsiya loyihalari va investitsiya resurslarini baholash usullarini tadqiq etish.

  • investitsiyaning ishlab chiqarish hamda boshqa sohalardagi o‘rni va uning turlari tahlil qilish.

  • investitsiya faoliyatini shakllantirish jarayonlari, uni tartibga solish mexanizmlarini tahlil etish va undan faollashtirishga imkon beradigan omillarni aniqlash va tahlil qilish.

Tadqiqotning predmeti. Investitsiyalarni jalb etishda strategik boshqaruv usullarini samaradorligini oshirish yo‘llari, roli va amaliy muammolari tadqiqot predmeti qilib olindi
Tadqiqotning uslubiyoti va uslublari. Dissertatsiya ishining nazariy-ilmiy, uslubiy asosi va metodologik bazasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Farmonlari, Hukumat qarorlari, qonunlar va meyoriy - huquqiy hujjatlaridan foydalanilgan.
Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishini bajarishda yuqorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalar ishning ilmiy yangiliklari sifatida taklif qilindi:

  • investitsiyalarning g‘oyat muhim sifat tavsiflari berilib ularni risk bilan bog‘liq jihatlari ochib berildi.

  • investitsiyalarni jalb etishda strategik boshqaruv usullarining samarasi, ularning mazmun - mohiyati, sifat tavsiflariga bog‘liqligi inobatga olinib, investitsiyalarning yangicha talqini berildi va ularning keng ma’noli ta’rifi asoslandi.

  • investitsiyalash kapitalining manbalari ishonchliligi, ularni bog‘lash obyektlari, investitsiyalash maqsadlari va ularga erishish usullari, hamda kapital qiymatini saqlash yoki uni ko‘paytirish tavakkalchiligi o‘rtasidagi ichki mavjud aloqalar ochib berildi.

  • chet el kreditlari va qarzlaridan farqli holda mohiyat e’tibori bilan bevosita xorijiy investitsiyalarning qaytmasligi isbotlandi va ularni yangi loyihalarga jalb etish zaruriyati asoslab berildi.

Dissertatsiya ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ilmiy ishda olg‘a surilgan ilmiy g‘oyalar, metodologik yondoshuvlar va ishlanmalar, investitsiyalarning ishlab chiqarish sohasidagi o‘rni va ular samaradorligini oshirishni tahlil etishda tegishli ilmiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari qo‘llanilishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar milliy iqtisodiyotda investitsiyalarni jalb qilishni tizimli tashkil etish va ularni boshqarish hamda, investitsiya siyosatini yuritishdagi muammolarning yechimini topish va uni amalda qo‘llashda yordam beradi. Bu sohaning hozirgi vaqtgacha ilmiy, nazariy jihatdan ko‘p o‘rganilganligiga qaramasdan bu sohani isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlar hajmi hali ham yetarli darajada ko‘p. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga moliyaviy jihatdan qo‘llab quvvatlovchi investitsiyalarni boshqarishning samaradorligi mohiyatini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va zamon talablariga asoslangan yechimlarini topishga ushbu dissertatsiya ishida katta e’tibor qaratilganligi hisoblanadi.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiya ishi kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar, jami 80 betdan iborat.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling