O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


Qimmatli qog‘ozlar investitsiyalarining shakli sifatida


Download 0.65 Mb.
bet7/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

1.3. Qimmatli qog‘ozlar investitsiyalarining shakli sifatida.
O‘zbekiston bugungi kunda jahonning 120 dan ziyod mamlakati bilan savdo - iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirmokda. Uch mingdan ziyod xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonadan 80 foizi ishlab chiqarish soxasida faoliyat ko‘rsatmokda. Investitsiyani o‘ziga jalb etuvchi omillar har qanday mamlakatning tabiiy, sanoat, ishchi salohiyati va ishonchli shart - sharoit hamda kafolatning ta’minlanishi sanaladi. O‘zbekistonda esa maxalliy xom - ashyo resurslari va xorijiy sarmoyani uyg‘unlashtirish tajribasi tegishli darajada ta’minlangan. O‘zaro hamkorlikning hayotiy misollari juda ko‘p bo‘lib, ular kelajakda hamkorlikning negizini tashkil etishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlatning moddiy va moliyaviy resurslar taqsimotiga aralashuvi cheklangandir. Xo‘jalik sub‘ektlarining ko‘pchiligi yo xususiy yo jamoa mulkchiligiga yoxud aralash holdagi mulkchilikka asoslangan bo‘lib, bozorlarda moddiy resurslar bilan pul resurslarini mustaqil xolda qidirib topadilar va ijtimoiy mahsulotning juda ko‘pchiligi, bu mahsulot xoh natural - moddiy shaklda bo‘lsin, xoh qiymat shaklida bo‘lsin, shu bozor orqali taqsimlanadi.
Pul mablag‘larining iqtisodiy munosabatlar qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanishini ta’minlaydigan bozor moliyaviy bozor deb aytiladi. Moliyaviy bozor degan tushuncha juda keng tushunchadir, chunki iqtisodiyot sohasidagi adabiyotlarda odatda moliyaviy ishlarga kiradi deb hisoblanadigan aloqalarning o‘zinigina emas, balki kredit munosabatlarining juda xilma - xil shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Moliyaviy bozorning tarkibida qimmatli qog‘ozlar bozorini tassavur qilish mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ham kredit munosabatlarini, ham o‘zining qiymatiga ega bo‘lib, sotilishi, sotib olinishi, haqi to‘lanishi mumkin bo‘lgan maxsus xujjatlarni ya’ni qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan ifodalanadigan birgalikdagi egalik munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Qimmatli qog‘oz o‘ziga aloqador mulkiy xuquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u bozorda mustaqil holda muomalada yurishi, oldi - sotdi va boshqa kelishuvlar ob’ekti bo‘lishi, muntazam suratda va bir marta daromad olish manbai bo‘lib xizmat qiluvchi sarmoya pulning bir turi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorining ishlab turishi va rivojlanib borishi uchun aniq - tayin infrastruktura to‘la - to‘kis yaratilgan. Birinchidan, moliyaviy resurslarii qayta taqsimlash tizimi o‘zgardi. Jumladan, markazdan turib kapital mablag‘ bilan ta’minlash ancha kam bo‘lib, moliyaviy resurslarni soha ichida qaytadan taqsimlashga barham beradi, korxonalarga qarashli mablag‘lar ulushi ko‘paytiradi va hokazo. Bu holda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish korxonalarning investitsion faoliyatini budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash qisqarib ketishining oqibatlarini yumshatadi.
Ikkinchidan, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari strukturasida uzoq muddatli kredit ulushi sezilarli darajada kamayishi kerak. Shuning uchun mablag‘ bilan ta’minlashning tashqi usuli qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqariladi. Umumiy qilib aytganda, emitentlar (qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchilar) uch guruhga bo‘linadi:

  • davlat;

  • xususiy sektor;

  • xorijiy subektlar.

Shunga ko‘ra hamma qimmatli qog‘ozlar shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi

  • davlat;

  • xususiy sektor qimmatli qog‘ozlari;

  • xalqaro qimmatli qog‘ozlar.

Asosiy guruhdagi shu emitentlardan har birining tarkibida ayrim kichik guruhlar ajratiladi. Masalan, davlat qimmatli qog‘ozlari ayrim moliya muassasalari, shuningdek davlat qo‘llab - quvvatlab turadigan tashkilotlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Xususiy sektor chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar orasida sanoat firmalari, tijorat banklari, banklar, investitsion fondlarning qimmatli qog‘ozlari farqlanadi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida valyuta bilan xisoblanadigan bo‘lsa, shu valyuta jihatidan ham, emitentlarining holi jihatidan ham farq qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlarning harakati ishlab chiqarish omili sifatida takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan moddiy boyliklar, pul va boshqa boyliklar harakatini aks ettiradi va shu boyliklar xususida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarda vositachilik o‘rnini bosadi. Shu nuqtai nazardan bu qimmatli kog‘ozlar ikki guruhga ajratiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori dastaklarining iqtisodiy tabiatidan kelib chiqib, bu kog‘ozlarni birgalikda egalik qilish munosabatlarida ifoda etadigan qimmatli qog‘ozlar; kredit munosabatlarida vosita bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lish mumkii:

  • birgalikda egalik qilish munosabatlarini ifoda etadigan qimmatli kog‘ozlarga (ulush qilib qo‘shilgan qimmatli qog‘ozlarga) aksiyalar kiradi;

  • kredit munosabatlarida vosita bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar qatoriga har xil shakldagi qarz majburiyatlari - obligatsiyalar, xazina notalari, xazinaxona veksellari va boshqalar kiradi.

Aksiyalar investitsiyalarning o‘z tabiatiga ko‘ra aniq bir ishlab chiqarish bilan mahkam bog‘langan bir turidir. Ular tadbirkorlikni birgalikda amalga oshirish maqsadida erkin resurslarni jamlab borish uchun xizmat qiladi. Qimmatli qog‘ozlarning bu turi uning egasiga quyidagi haq - xuquqlarni beradi:

  • kompaniyaning ijrochi organlarini saylash va aksionerlik jamiyati faoliyatiga doir muhim masalalarni hal qilish, aksionerlar yig‘ilishida ovoz berish yo‘li bilan kompaniyani boshqarishda ishtirok etib borish;

  • moliyaviy - xo‘jalik faoliyatining natijalariga qarab yillik foyda qismidan mutanosib ravishda ulush olish;

  • aksionerlik jamiyati tugatilganida uning aktivlaridan mutanosib ravishda ulush olish.

Aksioner tadbirkorlik xavf - xatari uchun javobgarlikni o‘z ustiga oladi. Aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar miqdori obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan yirik foizlar, bank depoziti foizlari va erkin pul mablag‘larini joylashtirishning boshqa usullarida olinadigan daromadlardan ko‘ra bir muncha kam bo‘lishi mumkin. Korxona faoliyati natijasida zarar ko‘riladigan bo‘lsa, dividend umuman to‘lanmaydi. Aksionerlik tuzilmasi sinadigan, ya’ni bankrot bo‘lsa, uning qatnashchilari o‘zlari sotib olishgan aksiyalarining ajratgan mablag‘larining miqdori baravarida javobgar bo‘lishadi. Kreditorlar firmaga birgalikda egalik qiluvchi kishilardir. Birgalikda egalik qiluvchi kishilarning mavqei shunday bo‘ladiki, imtiyozli aksiyalarning egalari boshqa aksionerlar bilan bir xilda ulush qo‘shadilar. Bu ulushlar kompaniyaning mulki bo‘lib hisoblanadi va qaytarilmaydi. Shunday qilib, imtiyozli aksiyalar, xuddi oddiy aksiyalar singari, muddatsiz bo‘ladi, ya’ni xaqi to‘lanadigan muddati bo‘lmaydi. Bu aksiyalarni oddiy aksiyalarga yaqinlashtiradigan yana bir xususiyati shuki, ular bo‘yicha daromadlar obligatsiyalarga to‘lanadigan foizlar kabi ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritilmasdan, balki soliqlarni to‘lab bo‘lgandan keyin foydadan to‘lanadi.
Ikkinchi tomondan, imtiyozli aksiyalar obligatsiyalarga o‘xshab ketadi, chunki ular bo‘yicha dividend aksiya nominaliga nisbatan foizlar ko‘rinishida yoki qanday bo‘lmasin qatiy pul birliklari summasi ko‘rinishida to‘lanadi. Bundan imtiyozli aksiyalar odatdagi aksiyalardan farq qilib, nominali ahamiyatga ega bo‘ladi degan ma’no kelib chiqadi. Imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati ularni emissiya qilish mahalida belgilanadi. Biroq ularning bu qiymati aksionerlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar oddiy aksiyalarnikidan farq qilib, obligatsiyalarning foizlari to‘lanib, soliklarning haqi o‘tkazilganidan keyin birinchi navbatda to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalarning egalari korxona tugatilayotgan mahalda aktivlarining taqsimlanishida oddiy aksiyalar egalaridan ko‘ra ko‘proq ulush oladi.
Oddiy aksiya qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning egasiga korxonaning ko‘rgan foydasidan ulush olishga, shuningdek korporatsiya tugatiladigan bo‘lsa, uning tegishli aktivlarini qo‘lga kiritishga xuquq beradi. Birok bu huquqlar kafolatlangan emas, to‘lanadigan dividendlarning miqdori va muddatlari uchun kompaniya yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi. Lekin katta foyda ko‘radigan yoki o‘sib borayotgan kompaniyalarning aksiyalari bo‘yicha olinadigan dividendlar boshqa har kanday turdagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlardan ko‘p marta ortiq bo‘lishi mumkin. Obligatsiyalar kredit xujjatlarining bir turidir. Obligatsiya egasiga kamdan - kam istisnolarni xisobga olmaganda qatiy daromad olishga xuquq beradigan va aksiyalardan farq qilib, shartlashilgan muddatdan keyin xaqi to‘lanishi kerak bo‘lgan qimmatli qog‘ozdir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda hozir zayom obligatsiyalari juda keng tarqalgan. Bu, avvalo, keng doiradagi muayyan, korxona tugatilgan vaqtda esa, boshqa hamma qarzlar to‘lanib, paychilarning da’volari qondirilganidan keyin aktivlar olish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar o‘zining xususiyatlariga ko‘ra oddiy aksiyalar bilan obligatsiyalar o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Turkumlanish xususiyatlarining xilma - xilligi jihatidan imtiyozli aksiyalar obligatsiyalardan xech bir qolishmaydi, shu sababdan ularni obligatsiyalarning o‘zi deb hisoblash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu - obligatsiyalar bilan imtiyozli aksiyalarning investitsion sifatlarini qiyoslab ko‘rishga imkon beradi
Imtiyozli aksiyalarning oraliq, o‘rindagi tabiati nimadan iborat? Imtiyozli aksiyalar, bir tomondan, korporatsiya aksioner sarmoyasining bir qismidir.
Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga bo‘linadi. Oddiy aksiyalar dividend berib turadi, umumiy yig‘ilishlarda ovoz berish huquqi yuzasidan investorlarni ham, emitentlarni ham qanoatlantira oladigan bir bitimga kelish imkoniyatlari ko‘pligiga bog‘lik. Obligatsiyalar emissiyasi, ya’ni obligatsiyalar chiqarish emitentlarni asosan shu jihatdan biriktiradiki, bu ish aksiyalar chiqarishdan ko‘ra arzonroq tushadi va to‘lanadigan foizlari ham kamroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar ham, to‘lanishi kerak bo‘lgan asosiy qarz summasi ham kompaniya xarajatlari jumlasiga kiradi va shu bilan soliq solinadigan foydani kamaytiradi.
Zayom obligatsiyalari yoki qarz olinganligi to‘grisidagi guvohnoma aksiyalardan farq qilib, o‘zining egasiga shartlashilgan foizni qo‘lga kiritish xuquqini va obligatsiya uchun ma’lum muddatga to‘langan summani qaytarib olish xuquqini beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlarda so‘nggi vaqtlarda qo‘shimcha ta’minlangan obligatsiyalar rusum bo‘lib bormoqda. Investorlar uchun bu obligatsiyalar shu jihatdan qiziqarliki, ular o‘zlarining foizlari va qarz summasi to‘lanishiga ancha mustahkam kafolat beradi. Bu obligatsiyalarning xususiyati shundan iboratki, ularning ta’minlanishi go‘yo ikki manbaga bo‘linadi. Asosiy ta’minotini odatga ko‘ra emitent - firma aktivlari tashkil etsa, qo‘shimcha ta’minotini bitta firma yoki shu firmaning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan bir nechta boshqa firma aktivlari tashkil etadi.
Shunday qilib aksiyalar bilan obligatsiyalar ko‘p jihatdan umumiy xususiyatlarga ega, lekin ularning mohiyat e’tibori bilan muhim bo‘lgan farqlari ham bor. Ularni shu narsa birlashtiradiki, bu turdagi qimmatli qog‘ozlar o‘zlarining egalariga ajratgan mablag‘lari uchun ma’lum daromad olishni ta’minlaydi. Biroq, obligatsiyalar bo‘yicha ularning egasiga kupon foizi me’yoriga qarab qatiy, ya’ni oldindan ma’lum bo‘lgan daromad to‘lash kafolatlanadigan bo‘lsa, aksiya egasi o‘zidagi aksiyalari bo‘yicha oladigan daromadlarining miqdorini bilmaydi. U yoki bu turdagi aksiyani sotib olivchi va sotuvchida o‘sha aksiyani chiqargan korxonaning hozirgi moliyaviy ahvoli, kelajakdagi taraqqiyoti va tijoratga oid boshqa bir qancha ko‘rsatgichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qarab ish ko‘rishi kerak, xolos. Aksiyalar bo‘yicha olinadigan daromadni oldindan aniq bilish mumkin emas, u kelgusida shakllanadigan foydaning bir qismidir. Aksiya bilan obligatsiya o‘rtasidagi asosiy farq bu xujjatlar egalarining kreditorlar (obligatsiyalar) va korxona egalari (aksiyalar) sifatidagi aksioner mulk egasi (olgan aksiyalari summasiga yarasha mulk egasi) bo‘lib, korxonaning foydasi va zararlarida bir xil xuquq bilan qatnashadi, xo‘jalik faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqgudek bo‘lsa, tegishli xavf -xatarni bo‘yniga oladi. Bundan ko‘rini b turibdiki, aksiya egasi tadbirkorlik bobida obligatsiya egasidan ko‘ra ko‘prok tavakkal qiladi, obligatsiyalar bo‘yicha olinadigan daromad esa amalda har qanday xavf - xatardan holi bo‘ladi.
Aksiyalar ishlab chiqarish taraqqiyotiga, jumladan uning texnik jihatdan takomillashuviga korxonalar, tashkilotlar va aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larini ko‘shimcha safarbar etish vositasi sifatida alohida ahamiyatga ega.
Qimmatli qog‘ozlar bozori yetarlicha rivojlanmagan mamlakatlarda aksiyalarni ochik ravishda sotish (xorijiy investorlarni keng jalb etmasdan turib) qiyinchiliklarga uchrashi yoki buning iloji bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday hollarda xususiylashtirishning asosiy usuli aktivlarni oldindak belgilangan xususiy investorlarga sotish (aksiyalar shaklida yoki to‘g‘ridan - to‘g‘ri), shuningdek yangi xususiy sarmoyalarni jalb etishdan iborat bo‘lib qoladi.
Reklama qilish va axborot berib turish kampaniyalari jadal olib boriladigan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozori yetarlicha rivojlanmagan vaqtlarda ham aksiyalarni aholiga ochiq ravishda sotish mumkin bo‘ladi. Bunda aholi va xususiy sektor pul mablag‘larini safarbar etish yuzasidan davlatning xususiylashtirish dasturlari doirasida faollik bilan olib boradigan ishlari bank tizimidan tashqaridagi resurslarni harakatga keltiradi, moliyaviy tuzilmalarning qonuniy tus olishiga yordam beradi.
Mablag‘ bilan ta‘minlashning aksionerlik shaklida korxonalarning xo‘jalikni yuritish va o‘z taraqqiyoti uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish ishlarini samarali olib borishi uchun javobgarligi ortadi. Aksiyalar yordamida amalga oshiriladigan investitsion dasturlar tabiatan ma’lum sohaga mo‘ljallangan bo‘ladi. Mablag‘ ajratilayotgan chora - tadbirlarning samarali bo‘lishi investorlarning iqtisodiy jixatdan foydali yo‘nalishlarga mablag‘ berishdan manfaatdorligini oshiradi, xalq istemoli tovarlarining ishlab chiqarishini kengayishiga yordam beradi.
Xo‘jalik yuritishning aksionerlik shakllari yangi struktura siyosatini amalga oshirishda sezilarli rolni o‘ynaydi. Aksiyalarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasida tarqatish, ular o‘rtasida to‘lovga investitsion talabning, jumladan tegishli tovarlar bilan ta’minlanmagan talabning qayta taqsimlanishiga olib keladi. Aholining aksiyalarni sotib olish talabini o‘zgartirib, mablag‘larning istemol fondidan jamg‘arma fondiga qo‘shilishiga bilvosita yo‘l bilan yordam beradi.
Iqtisodiyotning umuman barqarorlashib, ishlab chiqarish tanazzulining barham topayotgani aksionerlar sarmoyasining shu kunning o‘zida katta foyda olishni ta’minlaydigan sohalarga, birinchi galda savdo sohasiga emas, balki ishlab chiqarishga yo‘naltirishga olib keladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning ortiqcha moliyaviy resurslarini qimmatli kog‘ozlarga xavfsiz investitsiyalash uchun xukumatning investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari haqida bir nechta qarorlari qabul qilindi. Hozirgi vaqtda moliyaviy resurslarni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash maqsadida iqtisodiyotimizda bir nechta xususiylashtirilgan investitsiya fondlari faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bu fondlar jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini jamlab, boshqa xo‘jalik subektlarining qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi va ular hisobidan daromad oladi.
Xususiy investitsiya fondlarining ustuvorliga shundan iboratki, ular juda ko‘plab aksionerlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi va shular xisobiga o‘z aksiyalarini chiqaradi.
Demak, investor xususiylashtirilgan investititsiya fondining 1000 so‘mlik aksiyasini sotib olsa, uning bundan ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarari juda kam bo‘ladi, chunki fondning mablag‘lari bir korxona aksiyasiga sarflanmasdan, balki ko‘plab korxonalarning aksiyalariga mujassamlangandir. Biror aksionerlik jamiyati bankrotga uchrab, bankrot bo‘lgan taqdirda ham, qolganlari samarali faoliyat ko‘rsatib borishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish va rivojlantirish, mamlakatimizdagi korxonalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish va bularni jahon bozorida sotish, ishlab chiqarishni qayta qurish va texnik jihatdan qayta qurollantirish muammolarini hal qilish uchun qo‘shimcha valyuta resurslarini jalb etishga yordam beradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori bu – yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida muomalaga qimmatli qog‘ozlar chiqarish, uning aylanishi hamda ularni to‘lab berilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining eng muhim tomonlaridan biri shuki , u yuqori daromad keltiradigan iqtisodiyotning faolligi bilan shakllanib boradi. Qimmatli qog‘ozlar bozori sarmoyalarining safarbar etilishini rag‘batlantirib, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larining iqtisodiyotdagi turli tarmoqlar o‘rtasida qayta taqsimlanishini, taqsimlaganida ham rivojlanib borayotgan istiqbolli tarmoqlar foydasiga qayta taqsimlanishini ta’minlaydi. Rivojlangan qimmatli qog‘ozlar bozori ishlab chiqarish tarraqiyotini rag‘batlantiradigan kuchli manba bo‘lib hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori har bir mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismidir. Qimmatli qog‘ozlar bozori asosini tovarlar bozori, pul va pul kapitali tashkil qiladi. Bular birinchini asosi bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozori uning xosilasi xisoblandi.
Halqaro amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bozorini quyidagicha tasniflanadi:
1. Halqaro va mintaqaviy qimmatli qog‘ozlar bozori;
2. Milliy va hududiy qimmatli qog‘ozlar bozori;
3. Qimmatli qog‘ozlarning aniq shaklidagi bozori;
4. Davlat va korporativ (nodavlat) qimmatli qog‘ozlar bozori;
5. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va xosilaviy bozori.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining bunday tavsiflanishi qimmatli qog‘ozlarning amaliy axamiyatidan kelib chiqadi. Halqaro qimmatli qog‘ozlar bozoriga dunyoning ko‘p mamlakatlari rasman tan olgan fond birjalari (Nyu-York, London, Frankfurt, Syurix, Tokio) kiradi. Mintaqaviy qimmatli qog‘ozlar bozoriga dunyoning ma’lum mintaqalari (Lotin Amerikasi, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo) uchun shakllangan bozorlar kiradi. Milliy bozor esa aniq bir mamlakatda shakllangan va faoliyat ko‘rsatayotgan bozor xisoblanadi. Hududiy bozor esa aniq bir mamlakatning milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining ma’lum hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan bozorini tashkil etadi va h.k.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar va emitentlar o‘rtasida vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lar xarakati, uning miqdori juda ko‘p omillarga bog‘liq.. Ulardan asosiylari quyidagilar:
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining daromadlilik darajasi;
2. Qimmatli qog‘ozlar bozorining soliqqa tortilish darajasi;
3. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kapital va u keltiradigan foydani yo‘qotilish xatari darajasi;.
4. Qimmatli qog‘ozlar bozorida sarmoyadorlar haq-xuquqlarini ximoya qilish darajasi;
5. Qimmatli qog‘ozlar bozoridan to‘liq , aniq va oshkora ma’lumotlarning mavjudlik darajasi va boshqalar.
Bu ta’kidlab o‘tilgan omillar qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishiga yoki aksincha uning inqirozga uchrashiga sabab bo‘ladi.
Har qanday bozor singari qimmatli qog‘ozlr bozori bajaradigan vazifalar mavjud. Biz bu vazifalarni asosan ikki guruxga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruhni umumbozor ya’ni xar bir bozorga tegishli vazifalar tashkil etsa, ikkinchi guruhni faqat qimmatli qog‘ozlarga taalluqli bo‘lgan vazifalar tashkil etadi.
Umumbozor yoki an’anaviy bozor vazifalariga quyidagilar kiradi:
Tijorat vazifasi, ya’ni bozorda faoliyat ko‘rsatishdan asosiy maqsad ma’lum miqdorda foyda topish xisoblanadi;
Ma’lumotlar yetkazish vazifasi, ya’ni bozor o‘z ishtirokchilariga tovarlar harakati, ularning xajmi va ular bo‘yicha shakllanayotgan narx- navo to‘g‘risida ma’lumot yetkazib turadi;
Tashkil etish vazifasi, ya’ni bozor o‘z ishtirokchilariga savdo- sotiqni olib borish uchun maxsus joylarni tashkil etadi;
Tartibga solib turish vazifasi, ya’ni xar bir bozor o‘z ishtirokchilari uchun savdoni tashkil etish tartib- qoidalari, muddati, nizolarni hal etish shartlari, nazorat qilish va boshqaruvni amalga oshiradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining an’anaviy vazifalaridan tashqari faqatgina o‘ziga xos bo‘lgan vazifalari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
- Mamlakat aholisining, korxonalarning va davlatning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari jamlanishi ta’minlanadi. Buning natijasida kapital istemolchilari kerakli miqdordagi pul mablag‘larini oladi va sarmoyadorlar o‘z mablag‘larini saqlash hamda ularni ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori kapitalning jamlanishi va markazlashuvi jarayonining tezlashtirishni ta’minlaydi. Bozor yordamida iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida kapitalning oqib o‘tishi amalga oshiriladi;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori tarmoqlararo to‘siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlariga oqib o‘tadi. Kapitalning bu oqimi buyruq yoki ko‘rsatma asosida emas, balki aniq bir iqtisodiy manfaat munosabatlari asosida amalga oshiriladi. Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari mavjud korxonalar zamonaviy va daromad keltiruvchi ishlab chiqarish korxonalariga investitsiya qilinadi va shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari tarkibida sifat siljishlariga hizmat qiladi;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori sarmoyadorlarining ya‘ni mamlakat aholisining, korxonalarning va davlatning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jamlab uni kapitalga aylantirib, bu kapital oqilona va samarali harakatini ta’minlaydi;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori qimmatli qog‘ozlarga bozorda shakllangan talab va taklif asosida haqiqiy bozor bahosini belgilaydi. Shuning uchun fond birjasi mamlakat iqtisodiyotining barometri hisoblanadi;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori aniq bir kapitalni (bank, savdo, sanoat) harakatini faollashuviga imkoniyat yaratadi. Buning natijasida iqtisodiyotda u yoki bu muammolarni hal etish imkoniyati paydo bo‘ladi;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori yordamida davlat budjeti taqchilligi (defitsit) qoplanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu jarayonda muomalaga qo‘shimcha pul massasi emissiya qilinmaydi va shu asosida mamlakatda inflyatsiyani tartibga solib turish imkoniyati tug‘ildi;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori mamlakatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantiradi. Ulushli qimmatli qog‘oz (aksiyalar) xarid etib olgan aksiyador korxonaning mulkdoriga aylanadi. Shu asosda aksiyadorlar korxonaning samarador ishlashidan manfaatdor bo‘ladi, chunki korxonaning daromad topishi aksiyadorga divident keltiradi. Shuning uchun aksiyadorlar korxonalarni boshqaruviga faol ishtirok etadilar.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining qanchalik rivojlanlanganligi, uning samaradorligi u bajaradigan vazifalarni amalga oshirishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozori juda murakkab hamda nozik tuzilmadir. Ushbu bozorda u yoki bu turdagi qimmatli qog‘oz bilan savdo qilish, savdoni tashkil qilish , uni olib borish va xisob- kitoblarni olib borish asosida qimmatli qog‘ozlar bozorining quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
1. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozori;
2. Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan va uyushmagan bozori;
3. Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozori;
4. Qimmatli qog‘ozlarning ananaviy va kompyuterlashtirilgan bozori;
5. Qimmatli qog‘ozlarning muddatli va kassali bozori.
Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozori – bu qimmatli qog‘ozlarning birlamchi emissiyasi va uning birinchi egalari o‘rtasida joylashtirish jarayonidagi bozordir. Bu bozor uchun ma’lum tartib-qoidalar belgilangan. Emitent birlamchi emissiyada chiqarilgan barcha qimatli qog‘ozlarni birlamchi investorlar o‘rtasida to‘liq joylashtirish shart. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling