O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


Investitsiya jarayonlarini boshqarishning davlat tomonidan tartibga solish vositalari


Download 0.65 Mb.
bet15/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

2.3. Investitsiya jarayonlarini boshqarishning davlat tomonidan tartibga solish vositalari
Davlat tomonidan investitsiya siyosatni amalga oshirish va boshqarishni tartibga solishning asosiy maqsadi quyidagilardan tashkil topadi:

  • global iqtisodiy rivojlanish sharoitiga o‘tish davlatning iqtisodiy siyosati; jahon xo‘jaligi aloqalariga birikish va jahon bozoriga chiqishda davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati;

  • mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati;

  • iqtisodiyotni tartibga solish yo‘li bilan avvalo investitsiya faoliyatini yuritishni takomillashtirish orqali jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida uning eng muhim yo‘nalishlarida, avvalambor ijtimoiy doirada ishlab chiqarishni texnikaviy takomillashtiri, yangiliklarni o‘zlashtirish uchun imtiyozli sharoit yaratiladi. Bu bilan tartibga solish investitsiya faoliyati sharoitini aniqlash va davlat investitsiyalarini bevosita boshqarish yo‘li orqali yuzaga chiqariladi.12

Investitsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshirish orvali erishiladi:

  • soliqqa tortish ob’ektlari va sub’ektlari uchun soliq stavkalari va imtiyozlarini qo‘llash maqsadida tabaqalashtirilgan (investitsiyaga tabaqalashtirilgan soliq stavkalarini belgilash orqali) soliq tizimini o‘rnatish;

  • faol amortizatsiya siyosatini o‘tkazish, jumladan, asosiy fondlarga tezlashtirilgan amortizatsiya usulini tatbiq etish jumladan iqtisodiyotning alohida sohalari va doirasiga, asosiy fond elementlariga, jihozlar turiga amortizatsiya bo‘yicha imtiyozlar o‘rnatish;

  • ayrim mintaqalar, sohalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun moliyaviy yordam, dotatsiyalar, subsidiya, subvensiya, budjet ssudalarini ajratish;

  • kredit siyosatini amalga oshirish, davlat me’yori va standartlarini o‘rnatish, antimonopol choralar ko‘rish, davlat mulkini xususiylashtirish, narxni shakllantirish siyosati;

  • yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish shartlarini belgilash;

  • investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish.

Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini tartibga solishning yana bir shakli davlatning investitsiyalarini bevosita boshqarishdir. U davlat budjeti va nobudjet fondlar mablag‘larini rejalashtirish, prognozlash orqali investitsiyalashning aniq harakatlarini yuzaga chiqarishni va sharoitlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Respublika iqtisodiyotini jonlantirish vujudga kelgan inqirozni bartaraf etishda qulay investitsion muhitni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Investitsiyalar - bu nafaqat pul mablag‘lari bo‘lib qolmasdan yangi texnika, zamonaviy texnologiya, bozor sharoitidagi boshqaruv usullari hamdir. Qulay investitsion muhitni yaratishda davlat oldida xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratib berishdek katta mas’uliyat turadi.
Investitsiyalarni iqtisodiyotni real sektorlariga jalb qilngan holda barpo etilgan qo‘shma korxonalar faoliyati ham mulkchilikning boshqa turidagi korxonalar kabi davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik sub’ekti erkin mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyati yuritadi. O‘zbekiston Respublikasining "Korxonalar to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra davlat barcha korxonalar uchun, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, xo‘jalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitini ta’minlaydi.
O‘zbekistonda har yili investitsiyalarni davlat tomonidan boshqarishni samaradorligini oshirish maqsvdida investitsiya dasturini shakllantirish shakllantiriladi. Bunda asosan investitsiya jarayonlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishni maqsadga tutgan chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Investitsiya dasturlarini shakllantirish, ularni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga keskin va ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar bilan to‘ldirishni ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda hamda ular ishga tushirilgandan so‘ng investitsiyadan keyingi monitoring tizimini joriy qilish mazkur investitsiya dasturining vazifalarini tashkil qiladi.
Investitsiya dasturi asosan xalq xo‘jaligi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalarini va dasturlarini, uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirilib va yangilanib borgan holda uch yillik muddatga mo‘ljallab ishlab chiqiladi.
Bunda tegishli vazirlik va idoralar investitsiya dasturini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tuzadi, hamda, Investitsiya dasturining amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilib boradi.
Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish uchun nizom ishlab chiqiladi va Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan tasdiqlanadi. Bu nizomda investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi tashkilotlar ro‘yxati, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa markazlashtirilmagan manbalar ko‘rsatiladi. Shu bilan birga mazkur nizomda investitsiya dasturining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish, investitsiya dasturining axborot ta’minoti, investitsiyadan keyingi monitoringini amalga oshirish tartibi ham ko‘rsatib beriladi.
Mamlakatimizda 2023 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Investitsiya dasturini «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali monitoring qilish tartibiga ishlab chiqilgan va bu ishlar to‘liq raqamlashtirilgan13.
O‘zbekistonda bu axborot tizimi orqali investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan so‘ng monitoring qilishni avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya jarayonlarini boshqarishda va investitsiya dasturini ishlab chiqishda mamlakat hududlarini rivojlanish istiqbollari ham hisobga olinadi. Shu sababli investitsiya dasturi tarmoq va hududiy rivojlanish konsepsiyalari bazasida shakllantirilib, uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘ladi. Unda mavjud tabiiy, mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy, mehnat resurslari va boshqa resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va jadal rivojlantirishga erishish, respublika iqtisodiyotining alohida tarmoqlarini tuzilmaviy o‘zgartirish bo‘yicha asosiy ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘langan kompleks chora-tadbirlardan nazarda tutiladi.
Malakatda investitsiya dasturini amalga oshirishdagi eng ma’sul muammo bu moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlashtirish hisoblanadi. Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi (2.7-rasm):

  • markazlashtirilmagan manbalar;

  • xalqaro moliya institutlari;

  • xorijiy hukumat moliya tashkilotlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling