O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


-jadval. Qashqadaryo viloyati bo‘yicha investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari14


Download 0.65 Mb.
bet17/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

2.5-jadval.
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari14



T/r

Ko‘rsаtkichlаr nomi
(mlrd. so‘m)

2017 yil

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

2022 yil




Jаmi

10633,8

15618,2

18199,1

19921,7

17359,1

16181,5

1

Moliyalаshtirish mаnbаlаri bo‘yichа

10633,8

15618,2

18199,1

19921,7

17359,1

16181,5




Markazlashgan investisiyalar:

4505,3

8212,6

10501,6

8281,9

3234,1

3534,5




Respublika byudjeti

139,3

198,8

781,9

711,7

1129,4

1465,2

1.1

Dаvlаt mаqsаdli jаmg‘аrmаlаri mаblаg‘lаri

250,8

443

171,6

349,3

535,6

358,8




O‘zbekiston Respublikаsi kаfolаti ostidаgi xorijiy kreditlаr

4115,2

7570,8

9548,1

7220,9

1569,1

1710,5




Markazlashmagan investisiyalar:

6128,5

7405,6

7697,5

11639,8

14125

12647




mahalliy byudjet mablag‘lari

14,6

56,6

116,4

202,3

202,3

276,3




korxonа mаblаg‘lаri

2874,0

3736,4

3507,8

2944,7

3599,1

3825,6

1.2

tijorаt bаnklаri kreditlаri vа boshqа qаrz mаblаg‘lаri

414,2

653,6

272,1

682,3

897,1

344,2




to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar

1633,4

1560,1

2413,7

6092,7

7300

5806,6




аholi mаblаg‘lаri

1192,3

1398,9

1387,5

1717,7

2074,5

2394,3

Moliyalashtirish mablag‘larining manbalarining tavsifi 2.8-rasmda ko‘rinishida taqdim etilgan. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki eng katta hajmdagi moliyalashtirish manbai bu O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlarlar hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinda Respublika byudjeti turibdi.



2.8-rasm. Moliyalashtirish mablag‘larining manbalarining tavsifi.
Moliyalashtirishning markazlashmagan mablag‘lari manbalarining tavsifi 2.8-rasmda keltirilgan. Investitsiyalarni markazlashmagan holda moliyalashtirish manbalarida eng katta ulush korxona mablag‘lari hisobidan 3825,6 mlrd so‘m va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan 5806,6 mlrd so‘mga to‘g‘ri keladi.
2.8-rasmdan ko‘rinib turibdiki Mahalliy byudjet mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari moliyalashtirishning markazlashmagan mablag‘lari hajmida eng kichik o‘rinda turibdi. Bu esa o‘z navbatida moliyalashtirishning bu vositalari mamlakatimizda hali yaxshi rivojlanmaganidan darak beradi.
Chet el investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratish hamda investitsiya siyosatining amalga oshirilishi va xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar tashkil qilish bo‘yicha milliy dasturlar qabul qilinmoqda.
2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash jadal investitsiya siyosatini yuritish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.

2.9-rasm. Moliyalashtirishning markazlashmagan mablag‘lari manbalarining tavsifi.
Qashqadaryo viloyatida keyingi o‘n yilliklarda aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda. Bu ko‘satkich 2010 yilda 678,5 million so‘mni, 2015 yilda 1969,9 million so‘mni, 2020 yilda 6214,7 million so‘mni va 2022 yilda 4696,4 million so‘mni tashkil qilgan. 2022 yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2010 yilga nisbatan 6.9 barabarga ortgan.
Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi Qarshi shahri, G‘uzor tumani, Muborak tumani va Nishon tumanlarida katta miqdorni tashkil qiladi. Bu viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha miqdorda yuqori. Bunga asosiy sabab bu tuman va shaharlarda sanoat sohasidagi korxonalarining ko‘pligi va ularning asosiy kapitalga kiritadigan investitsiya hajmining yuqoriligi bilan izohlanadi. Viloyatdagi Dexqonobod tumani, Qamashi tumani, Chiroqchi va Yakkabog‘ tumanlarida aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling