O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi
-jadval Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar
Download 0.65 Mb.
|
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2010 yil 2015 yil 2020 yil
- III BOB. O‘ZBEKISTONNING JAHON KAPITAL BOZORIGA INTEGRATSIYALASHUVI VA INVESTITSIYA JIHATI 3.1. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotida chet el investitsiyalarining ahamiyati
2.6-jadval
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar
Qashqadaryo viloyatida keyingi yillarda sanoat sohasining jadal rivojlanayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga asosiy sabab qayta ishlash sohasi korxonalari sonining oshishi bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 fevraldagi “2023-2025 yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-442023 qarorida ham yangi tashkil qilingan bu tumanni kompleks rivojlantirish to‘g‘risida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan Ko'kdala tumani to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilmagan. Bu tumanni istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mаhkamasining alohida qarori chiqarilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish aholini mehnatga layoqatli aholisini ish bilan ta’minlash maqsadida maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan. Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh turgan davlat aktivlari, mavjud tabiiy resurslar zaxiralari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidagi yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda investitsiyalarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan. III BOB. O‘ZBEKISTONNING JAHON KAPITAL BOZORIGA INTEGRATSIYALASHUVI VA INVESTITSIYA JIHATI 3.1. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotida chet el investitsiyalarining ahamiyati Jahon iqtisodiy rivojlanishining bugungi kundagi murakkab siyosiy-iqtisodiy vaziyatidagi eng muhim xususiyatlaridan biri bu global iqtisodiy vaziyatlarida dunyo mamlakatlarining ikki lagerga bo‘linishi bilan izohlanadi. Ushbu holatda har qanday iqtisodiy jarayon, xalqaro savdo aylanmasida har bir davlatning o‘z o‘rni va salmoqli hissasi bo‘lishini, eksportga yo‘naltirilgan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni talab etadi. Mustaqillik erishilgan dastlabki yillardanoq O‘zbekiston jahon bozoriga dadil qadam qo‘yib birinchi navbatda, o‘zining eksport salohiyatini yuksaltira boshladi. Bu sohada birinchi qadamlarimiz O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan taqdim etilgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ga asos solinishi hisoblanadi. Bu vaqtlar mobaynida I.Karimov tomonidan taqdim etilgan isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodni erkinlashtirishning ilmiy asoslangan, dunyo tajribasiga tayanadigan dasturi ishlab chiqildi. Ushbu model hayotga bosqichma - bosqich joriy etildi va ishlab chiqilgan bu dasturning muhim jihati mamlakat iqtisodiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ularni kafolatlash uchun zarur xuquqiy asosni yaratish hisoblandi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududlarining barqaror va muazanatli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash O‘zbekistonda olib boriladigan iqtisodiy siyosatning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bu birinchi navbatda aholi turmush sharoitining yaxshilanishi bilan ham va bevosita ularning iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiyoti bir tizim sifatida hududlardan tarkib topgan bo‘lib, bir butun tizim osti tarkiblarni o‘z ichiga olganligi sababli, uning har bir hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mamlakatimizning uzluksiz, barqaror taraqqiyotiga zamin yaratadi. Milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishining asosiy sharti bo‘lib mamlakat hududlariga investitsiyalarni mutanosib ravishda joylashtirish hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘ziqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – buiqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotnng yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”15. Investitsiya faoliyatini tartibga solishda va investitsiyalardan samarali foydalanishda eng muhim bo‘lgan masalalardan biri – bu chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni hududlar bo‘yicha optimal darajada bir tekis joylashtirish va xorijiy investorlarni hududlarga yanada ko‘proq jalb qilishdir. Hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ilmiy izlanishlarni xorijiy mamlakatlar olimlaridan Miriam Ruiz, Mehdi Behname, Henryk Dzwigol, Olena Aleinikova, Yuliia Umanska, Nadiia Shmygol, Yaroslav Pushak, Vitaliy Okulov Ann Vlasovets,Ataul Karim Rukon, Vlada Petrova Vitaliy Okulov, Vlada Petrova Vitaliy Okulov, Rudolf-Ferdinand Danckwerts, V.N.Vedyapina, G.A. Brok, K.M.Galyar, Kadochnikov, Kovalev, A.P. Kosinsev, A.A. Malsev, va boshqalar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida olib borishgan. O‘zbekistonda esa bu sohada mahalliy iqtisodchi olimlardan D.G‘.G‘ozibekov, N.G‘.Karimov, R.X.Xojimatov, H.H.Imomov, A.V.Vaxabov, B.K.G‘oyibnazarov, M.R.Raximova, A.E.Ishmuxamedov, T.M.Axmedov, O.O.Olimjonov, I.A.Yakubov, H.M.Saidaxmedov, A.M.Qodirov, Q.X.Abduraxmonov, Sh.I.Mustafaqulov, B.T.Bayxonov va boshqalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan Ularning ilmiy tadqiqot ishlarida investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati, vazifalari, mamlakat milliy iqtisodiyotida tutgan o‘rni, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va undan samarali foydalanish nazariyalari kabilar muammolar yechimi o‘z aksini topgan. Xususan, xorijiy investitsiyalar atamasiga 1947 yilda AQShda nashr etilgan F.Henius nomidagi Tashqi savdo lug‘atining 2-nashrida: "Xorijiy investitsiyalar -bir mamlakatdan eksport qilinadigan va boshqa mamlakat hududiga kiritilgan investitsiyalar" deya ta’riflanadi16 , rus olimi A.V.Kochemasovaning fikricha,to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - bu investorning kapital qo‘yilmalari ob’ektini boshqarishini ta’minlaydigan uzoq muddatli sarmoyadir. Shunday qilib,to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar - bu investor (yuridik shaxs, chet el kompaniyasi) tomonidan uzoq vaqt davomida nazorati amalda o‘rnatiladigan kapital (moliyaviy yoki asosiy vositalar) hisoblanadi17. Oksan Bayulgen esa o‘z izlanishlarida bir qancha mamlakatlar ichidagi qarorlarni qabul qilish jarayonini tahlil qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning muxoliflari va tarafdorlari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlaydigan va shakllantiruvchi institutsional tuzilish ilgari o‘ylagandan ko‘ra ancha murakkab va qiziqroq ekanligini isbotlagan.18 Professor D.G.G‘ozibekov xorijiy investitsiyalarni quyidagicha ta’riflaydi: “Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini o‘zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog‘lash bo‘lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko‘chishi yuz beradi”.19 Q. Xoshimov esa: “… chet el investitsiyalari - chet el mulkdorlari tomonidan ma’lum kapitalni bir iqtisodiyotdan mutlaqo boshqa mamlakat iqtisodiyotining qonun bilan ta’qiqlanmagan turli tarmoqlariga aniq va noaniq risklarni hisobga olgan holda o‘z manfaatiga erishish, nisbatan yuqori darajada samara olish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir” deya ta’riflaydi.20 Professor Sh.Mustafaqulov o‘z monografiyasida xorijiy investiyalarning mamlakat hududlariga ta’sirini baholay turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini mamlakat iqtisodiyotiga yo‘naltirish bilan bir qatorda, ijtimoiy-siyosiy masalalar ham hal etiladi, investorlarning qarorlariga nafaqat iqtisodiy naflik, balki ijtimoiy naflik ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi deya ta’kidlaydi.21 Xorijiy va milliy investitsiyalarni jalb qilishning eng asosiy shartlaridan biri bu mamlakatda va uning hududlarida yaratilgan investitsion jozibadorlik, qulay investitsion muhit va hududlarning nisbiy afzalliklari hisoblanadi. Mana shu yuqoridagi ko‘rsatilgan omillarga xorijiy investorlar tomonidan alohida e’tibor qaratiladi. Hozirgi davrda hududlarning investitsion jozibadorligini aniqlashda turli xil uslublardan foydalaniladi. Ularning bir-biridan farqi investitsion muhitni belgilaydigan omil va indikatorlarni tanlab olishda namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonda bugungi kunga kelib investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishning huquqiy bazalari yaratilgan. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, “Chet el investitsiyasi” to‘g‘risidagi qonuni va boshqa qonun osti hujjatlari qabul qilingan. Ushbu qonun va ular asosida qabul qilingan barcha qonuniy va me’yoriy hujjatlarda esa, investitsiyalar jarayonini rag‘batlantirish, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta ko‘rishni ta’minlashda ibratli ishlar boshlaganini ko‘rsatadi. Jumladan, chet el investorlari tomonidan kiritilgan sarmoya mamlakat investitsiya dasturidan joy olgan bo‘lsa, 7 yil davomida daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladilar. Chet el investitsiyalari davlat xisobiga o‘tkazilishi yoki olib qo‘yilishi mumkin emas. Agar respublikada investitsiyalash shart —sharoitlarini qiyinlashtiruvchi qonunlar qabul qilinsa, chet el investorlari uchun yana 10 yil davomida investitsiyani kiritish paytida amalda bo‘lgan qonunlar qo‘llaniladi Shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalarga qator imtiyozlar berilishi bu boradagi umumiy ahvolni yanada yaxshiladi. Endilikda agar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar investitsiya qo‘lamining ustav fondidagi ulushi o‘sib borsa, ularning soliq stavkalari kamayib boradi va ular quyidagicha bo‘ladi: umumiy eksport hajmida mahsulotlarini eksport qilish xajmi 30 foiz va undan ko‘proq oshsa, daromad solig‘ini to‘lash yengillashtiriladi; o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirishga sarflayotgan korxonalarga imtiyozli soliq tartibi ko‘zda tutiladi; o‘z ehtiyojlari uchun chetdan jihozlar keltirishda bojxona to‘lovlariga imtiyozlar beriladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar natijasida keyingi besh yilliklarida respublikamiz iqtisodiyotiga jalb etilgan chet el investitsiyalarining hajmi keskin oshib bordi. Xususan 2022 yilda malakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan innvestitsiyalar hajmi 9.5 milliard AQSh dollaridan oshib ketdi. O‘tgan davr mobaynida ortirilgan tajribalar ko‘rsatishicha, xorijiy investitsiyalar mahalliy tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat zaxiralari bilan birgalikda ilg‘or texnologiyalarni, boshqaruv va ishlab chiqarishning ilg‘or usullarini joriy qilishda samaradorlikning yuksak darajasini ta’minlaydi. Bu xo‘jalik faoliyatiga avvalari jalb qilish uchun imkoniyat yaratdi. Xorijiy investorlar o‘z sarmoyalarini milliy korxonalarga kiritibgina qolmay, balki ularni qayta ta’mirlaydilar, texnik jihatdan yangitdan qurollantiradilar. Shuningdek, ularga jahon bozoriga chiqish uchun yo‘l ochib beradilar. Bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor munosabatlariga moslashuvini yaxshilaydi, ularning faoliyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishga ko‘maklashadi. O‘zbekistonda taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotiga kiritilgan chet el investitsiyalarining 50 foizidan ortig‘i iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, telekommunikatsiya, yengil va oziq - ovqat sanoati sohalariga tug‘ri keladi. Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2021 yilda jami 10 milliard AQSh dollardan ortiq, jumladan, 8,1 milliard AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard AQSh dollardan ziyod eksport va 530 million AQSh dollarlik import o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega. Albatta, koronavirus pandemiyasi hali-hamon iqtisodiy jarayonlarga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Shunga qaramay, eksportda izchil o‘sishga erishilmoqda. Xususan, 2020 yilda mamlakatimizda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, 2021 yilda 12 milliard AQSh dollarni tashkil etgan. E’tiborlisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko‘paygan. Joriy yilda 9,5 milliard AQSh dollardan ziyodi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalar ishga tushirish mo‘ljallangan. Eksport hajmini 14 milliard AQSh dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgan edi. Bu Agentlikka investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish va hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi ko‘plab vazifalar yuklatilgan. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatida importga nisbatan eksport o‘sganligi e’tiborga loyiqdir. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda tovar va xizmatlar eksporti hajmi 17,0 milliard dollarni, import hajmi 26,6 milliard AQSh dollarni va tashqi savdo salbiy saldosi 9,6 milliard AQSh dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda 16,4 milliard dollar, 27,8 milliard AQSh dollar va 11,4 milliard AQSh dollarni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsuloti 69,2 milliard AQSh dollarni tashkil etuvchi mamlakat uchun tovar va xizmatlar balansidagi 11,4 milliard AQSh dollar miqdoridagi defitsit — bu sezilarli darajada yirik miqdor ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston iqtisodiyotida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha olib borilgan kompleks tadbirlar o‘z samarasini berayotganini quyida keltirilgan ma’lumotlardan xam ko‘rish mumkin. Yaqin o‘tmishda paxta tolasini xom -ashyo sifatida eksport qilish umumiy eksport xajmining teng yarmiga to‘g‘ri kelar edi. Qiska davr ichida bu mahsulot eksporti 27,5 foizga tushdi. Meva, sabzavot va poliz maxsulotlari xamda ularning qayta ishlanganlarini eksportga chiqarish hajmi ancha oshdi. Don mahsulotlari va oziq —ovqat mahsulotlarini import qilish hajmi ham keskin kamaydi. Ayni paytda ishlab chiqarish vositalari va extiyot qismlari, yangi texnologiyalarni import qilish muttasil o‘sib, uning xajmi 15,3 foizdan 50 foizga qadar ko‘tarildi. Shu yillar ichida uzoq xorij mamlakatlarining salmog‘i sezilarli darajada usdi. Xususan, 2001 yilda ularning eksportdagi ulushi 72 foizdan ziyodroq bo‘ldi. YeTTBning yillik anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish jarayonining o‘zi O‘zbekistonda demokratik rivojlanish va jamiyatni yangilash, erkin bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirish, tarkibiy o‘zgarishlarni va investitsiya dasturlarini amalga oshirish borasida bajarilgan ishlarni yana bir bor yuksak professional darajada tanqidiy baholash uchun qulay sharoit yaratdi. Biz, birinchi navbatda, Yevropa tiklanish va tarqqiyot banki bilan hamkorligimizning qanchalik foydali va samaradorligini xolis baholash imkoniga ega bo‘ldik. Keyingi yillarda mazkur bank O‘zbekiston iqtisodietiga 7,5 milliard AQSh dollardan ziyod sarmoya kiritdi. Uning ishtirokida oltin qazib olish bo‘yicha yirik qo‘shma korxonalar, bir qancha qo‘shma banklar va lizing kompaniyalari tashkil etildi. Jumladan, Fargona neftni qayta ishlash zavodi va Sirdare GRESi rekonstruksiya qilindi, Toshkent xalqaro aeroporti zamonaviy andozalar asosida qayta ta’mirlandi, hamda mamlakat iqtisodietini rivojlantirishda nafaqat katta, balki ustuvor axamiyatga ega bo‘lgan boshqa qator loyihalar amalga oshirildi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling