O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi
Download 0.65 Mb.
|
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111
Xulosa va takliflar.
Olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz natijasiga ko‘ra mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni yanada faollashtirish, investorlarga qulay investitsiya muhitini yaratib berish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz: - O‘zbekistondagi investitsion muhit va sharoitlar xaqida xorijliklarga to‘laroq va aniqroq ma’lumot yetkazib berish; - qo‘shma korxona va xorijiy investorlarning sarmoyalari ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi hozirda mavjud bo‘lgan turli xil to‘siqlarni butunlay bartaraf etish; - soliq va bojxona tizimlarida yanada qat’iy tizimni shakllantirish; - milliy va xorijiy tadbirkorlikni qo‘llab — quvvatlashga qaratilgan xuquqiy me’yorlarni yanada takomillashtirish; - xorijiy investorlar bilan ishlovchi maxsus tashkilotlar tuzish; - internet tarmoqlari tizimini takomillashtirish respublikadagi internet tezligini oshirish bo‘yicha shart — sharoitlarni yaratish va mavjud imtiyozlar xaqida kengroq ma’lumot berish. Yuqorida keltirilgan vazifalarning ijobiy hal etilishi 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida kelgusi davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga imkon yaratadi hamda bu davrda xayotiy zarur bo‘lgan investitsiya oqimi ko‘payishiga olib keladi. O‘zbekiston xozirgi davrda jaxon xo‘jaligiga faqatgina bir qancha turdagi tayyor mahsulotlar yetkazib berish bilan jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Xorijiy investitsiyalar esa O‘zbekistonning ushbu strategik vazifasini amalga oshirishiga yordam beruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, xozirgi davrda mustaqil respublikamiz iqdisodiyotini barqarorlashtirish uchun barcha turdagi investitsiyalarni asosan xorijiy investitsiyalarni jalb etish juda muhimdir. Bu borada keyingi yillarda chet el kapitalini o‘z iqtisodiyotiga keng jalb etish evaziga ilg‘or sanoati rivojlangan davlatlar tajribalarini har tomonlama chuqur tahlil etish va uni respublikamiz shart - sharoitlarimizni hisobga olgan holda, iqtisodiyotimizga kiritish maqsadga muvofiqdir. Biz uchun bugungi kunda birinchi navbatda O‘zbekiston bozorida tadbirkorlik sohasini izchil rivojlantirib borish muhimdir. Sarmoyalar sarflanishini kengaytiradigan hamkorlikka sharoit yaratish, ularning xuquqiy asoslarini yaratish va samarali foydalanish zarur. Ayni vaqtda, davlat va jamiyatni izchil rivojlantirishdagi har bir bosqich yangi qonunlar qabul qilishni, mamlakat va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning zamonaviy shartlariga mos va muvofiq bo‘lgan tamoyil va talablarni amalga oshirishni taqozo etadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling