O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Pedagogika fanlarini oʻqitishda muammoli vaziyatlardan foydalanish metodikasi


Download 407.32 Kb.
bet3/11
Sana23.06.2023
Hajmi407.32 Kb.
#1652609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogika fanlarini oʻqitishda muammoli vaziyatlardan foydalanish metodikasi

Kurs ishining amaliy ahamiyati. Pedagogikaga oid o’quv qo’llanmalar va ulardan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish uchun chora tadbirlar tuzish, ularning psixalogik xususiyatlarini o`rganish, amalyotda ushbu yo`riqnomalardan foydalanish ishining amaliy ahamiyatini belgilaydi.

  • 1) Tadqiqot ishi mavzusiga doir maxsus adabiyotlar bilan tanishib, tegishli materiallarni to’plash va psixolik pedagogik tahlil asosida bayon etish.

  • 2) Pedagogikaga oid o’quv qo’llanmalar va ulardan foydalanish yo’llariga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash.

  • 3) Pedagogikaga oid o’quv qo’llanmalar va ulardan foydalanish yo’llari bo’yicha olib boriladigan korreksion dastur ishlab chiqish.

  • 4) Tadqiqot ishi muammosiga mos metodika tanlash, aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat tajribalarini o`tkazish.

  • 5) Pedagogikaga oid o’quv qo’llanmalar va ulardan foydalanishda o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini o`rganish maqsadi, mazmuni va tadqiqot ishining amaliy axamiyati yuzasidan psixologik –pedagogik tavsiyalar ishlab chiqarish.

  • Kurs ishining tuzulishi. Ushbu kurs ishi reja asosida yoritilgan bo‘lib , kirish, asosiy qism, 2 bob, 4 ta reja, xulosa, 32 varoqdan iborat, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tuzilgan.


    I Bob. Muammoli ta’lim tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
    1.1.Muammoli ta’lim tushunchasi va uning o’ziga xosliklari.
    Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas.
    Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
    Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
    Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
    talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;
     vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.
    Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi.
    Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chihargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o’quv muammosi shakllanadi.
    O’qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.

    · Muammoli ta'lim darajalari

    · O’qituvchi va talaba faoliyati

    · Mustaqil bo'lmagan (odatdagi) faollik darajasi

    · O’qituvchi tushuntirganini talaba tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat

    · Yarim mustaqil faollik darajasi

    · Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llashi va talabalarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish

    · Mustaqil
    · faollik darajasi

    · Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan talabaning o'zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo'llanadi, konstruktsiyaaydi, o'rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko'magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.

    · Ijodiy faollik darajasi

    · Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o'ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiharishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish
    .

    Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi.
    Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nixoyatda kupdir. Pedagogik nashrlarda “texnologiya“ atamasin ing xilma-xil kurinishlarini uchratish mumkin: “uqitish texnologiyasi“, “o’quv j arayoni texnologiyasi“, “ma’lumot texnologiyasi“ va xokazo. Pedagogik texnologiya o’qitish jarayoning uzaro bog’lik kisimlarini tashkiliy jixatdan tartibga keltirish, bosqichlarni kurish, ularni joriy etish shartlarini aniklash, mavjud imkoniyatlarni xisobga olgan xolda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Yoxud pedagogik texnologiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yigindisidir. Texnologiya uzining egiluvchanligi, natijalarning turgunligi, samaradorligi, oldindan loyixalanish zarurati bilan metodikadan farklanib turadi. Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb karab kelindi. Faqat 70 yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning moxiyati yangicha talkin etila boshlandi. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “o’qitish texnologiyasi bu o’qitishning makbulligini ta’minlovchi yul-yur iklar tizimi bilan bog’lik bilimlar soxasi“ ekanligi e’tirof etiladi Ob’ektiv borlikni urganishning tizimli yondashish metodi fanda keng qulamda qullanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya qmoxiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan o’quv maqsadiga erishishning okilona u sullarini aniklashdan iborat“ deb tushuntiradi. SHuningdek, olima zamonaviy texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: “O’qitish texnologiyasi - bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa usha, o’qituv chiga urnatilgan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayaanish zarur bulsa usha. Bu alohida fan.
    Pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish K.K Selevko tomonidan ham ma’qullandi: “Pedagogik texnologiya o’qitishnin g birmuncha oqilona yullarini tadkik kiluvchi fan sifatida ham, ta’limda qullaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o’qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir”. Olimning ta’qidlashicha “Pedagogik texn ologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi:
    Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal kilinish usuli o’quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo'la olmaydi.O’quv muammosini echish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning echilish usulini o'ylab topish yoki gipoteza qo’yish hamda gipotezani asoslashdir.
    Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi.
    Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishJashlariga yordam berishi lozim bo'ladi.
    Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi:
    o’quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
    mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;
    talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish.
    Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib haraganda ancha samarali bo'ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta'lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo'yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat.
    Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu harama-harshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.
    Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:
    talabalar uchun noma'lum yangilik mavjudligi;
    muammolarni o'zlari hal etishlari;
    shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o'zlari o'rganishga harakat qilishlari;
    nima noma'lum ekanligini bilib, ma'nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.

    1. shakllantirish, aloxida shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustakil ishlash texnologiyasi va boshqa). Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada echilganligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani amaliyotga joriy etishga bulgan urinishlar natijasini ifodalaydi.

    2. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar etarli. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi pedagogik texnologining asl moxiyatini aniklashga yo’l ochadi. Fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiya pedagogika fanining alohida tarmogi sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini makbullashtirishga yunaltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu soxadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.

    Darvoqe, pedagogik texnologiyaga “yangi“ so’zini qo’shib ishlatilishi nazariyachi olimlar va o’qituvchilarni bir kadar o’ylantirib qo’ydi, endilikda ta’lim-tarbiya jarayonini loyixalashga eskicha yondashish mumkin emasligini anglashga harakat qilmoqdalar. Shunday ekan, “yangi pedagogik texnologiya“ nimani anglatadi? Bu savolning echimini izohlashga harakat qilamiz.

    Birinchidan, pedagogik texnologiya ta’lim (tarbiya) jarayoni uchun loyixalanadi va belgilangan maqsadni echishga qaratiladi. Binobarin, har bir jamiyat shaxsni shakllantirishini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy o’quv yurti) mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta’sirini o ‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. “Maqsad“ esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.


    Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yunalishga burdi, ya’ni: “o’tmishdan qolgan mafkura viy qarashlar va sarqitdan to’la xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axlokiy talablarga javob beradigan yukori malakali kadrlar tayyorlash“ deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.
    Ikkinchidan, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nixoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o’qitish imkoniyatlari katta bulgan yangi texnologiyalar (sanoat, qishlok xujaligi, elektron, axborot va boshka) kirib kelmokda. Ruy berayotgan sifatiy uzgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda “urganish“ning birlamchi jarayonlari an’anaviy meto dika va o’qitish vositalari romiga sigmay, o’qituvchining individual kobiliyatariga mos kelmay koldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas kismiga aylanib borayotgan va unga uzining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi pedagogik texnologiyani real vokelikka aylantirdi.

    Download 407.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling