O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Pedagogika fanlarini oʻqitishda muammoli vaziyatlardan foydalanish metodikasi


Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar


Download 407.32 Kb.
bet7/11
Sana23.06.2023
Hajmi407.32 Kb.
#1652609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogika fanlarini oʻqitishda muammoli vaziyatlardan foydalanish metodikasi

2. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar.
 
O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:
O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.
Muammoli ta'lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malkalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish bo'lib, muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
O’quv materialini muammolashtirish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
 Metod so’zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo’li, us uli deganidir. Bu so’zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsad ga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.

Ta’lim metodlari deyilganda, o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qit uvchining o’rgatuvchi ishi va talabalar o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.

Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida to moni, Metodlar bilan usullar munosabati o’zaro bir-biriga bog’lang an. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog’lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o’quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo’lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o’qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Qoida – tanlab olingan metod bilan bog’liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy ko’rsatmalardir.
Asosiy didaktik maqsadlariga ko’ra ta’lim metodlari tasnifi:
Yangi bilimlarni egallash metodlari;
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari; Bilimlarni amaliyotda qo’llash metodlari;
Bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi nizoda o‘qituvchi va o‘quvchining shaxsiy xislatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik nizoning kelib chiqishi va to‘qnashishning sodir bo‘lishi bir butun jarayon bo‘lib, bu jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi (1-chizma).

Download 407.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling