O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti urdu bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti magistratura
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 2-haftasi
Download 287.18 Kb.
|
Shuhrat UrDU kundalik
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 2-haftasi.
Amaliyotning 2-xaftasida biz laboratoriya qoidalari: maxsus kiyim-boshlar komplektli xalat, qalpochalar, fartuk, rezina qo’lqoplar va himoya ko‘zoynaklardan foydalanish tartib qoidalari bilan tanishdik. Laboratoriyada ishlashda quyidagi shartlarga rioya etilishi shart: - Apparat yoki mashinani ishga tushirishdan oldin, atrofdagilar ogohlantiriladi. - Ish joyini bajariladigan ishga taalluqli bo‘lmagan buyumlar bilan band qilmaslik. - Idishlar, priborlar, reaktiv aralashmalardan foydalanishdan oldin kimyoviy reaksiyalar o‘tkazishda instruksiya ko‘rsatmalariga rioya etish. - Kimyoviy idishlarda suv ichish, ruxsatsiz noma’lum moddalar xidini va ta’mini ta’tib ko‘rish qat’iyan man etiladi. - Gazli va spirtli yonib turgan asboblardan kamida 3 metr masofada, idishdan probirkalarga benzin, efir, spirt o‘trish mumkin emas. - Ichida reaktiv bo‘lgan barcha shisha va kolba (sklyanka) idishlarida, reaktiv nomi va tayyorlangan vaqti ko‘rsatilgan yorliq bo‘lishi kerak. - Laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan reaktivlar faqat maxsus joylarda saqlanishi kerak. - Oltingugurt kislotasi aralashmasini tayyorlash faqat laboratoriyada amalga oshiriladi. Bu kislota bilan ishlash joylarida har ehtimolga qarshi uni zararsizlantiruvchi soda va kiyim, boshqa yoki badanga sachrasa yuvish uchun toza suv zaxirasi bo‘lishi kerak. Kislotani tashish va idishga quyishda rezina qo’lqop, rezinali fartuk kiyilishi va ximoya ko‘zoynagi taqiladi. - Kislotali shisha idishlarni futlyarsiz yoki savatlarsiz tashish mumkin emas. - Kislota va ishqorlarni idishlarga quyishda varonkadan, eng yaxshisi maxsus qurilmadan foydalangan masadga muvofiq. - Aralashtiriladigan kislota va suv midqori oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Kislotani suvga birdan emas, balki oz-ozdan, sekinlik bilan qo‘shiladi. Bunda shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirib, sovitib boriladi. Kislota aralashmasi tayyorlanayotgan stakan va kolbalar (yupa bo‘lsa), suvli idishga solib qo‘shiladi. - Qo‘lga, yuzga yoki kiyimga tekkan kislota soda bilan zararsizlantiriladi va suv bilan yuvib tashlanadi. Atrofdagi buyumlarga (stol, devor, pol) tekkan kuchli kislota ham yuqoridagi usul yordamida zararsizlantiriladi. - Xromli aralashma (pipetkalarni yuvish uchun) ham tashlanmaydi. Ishlatilgan aralashma ham kislota kabi maxsus idishlarga olib qo‘yiladi. - Ish tugagandan keyin, ish joyi tartibga keltirib qo‘yiladi. Degradatsiyaga uchragan unumdorligi juda past (tashlandiq) yerlarga ekilgan tabiiy daraxtlar ustidagi ilmiy tadqiqotlar natijasi ko‘rsatishicha, normadan 40% kam sug‘orilganda ham daraxtlar jadal o‘sib rivojlangan. Shunday bo‘lsa-da, aniq bir yerda daraxtlarni o‘stirish uchun ularning turlari sinchkovlik bilan tanlanishi zarur. Chunki daraxtlardan turli maqsadlarda chunonchi, qurilish materiali, biomassa olish, yoqilg‘i, chorva uchun yem-xashak yoki yer yuzasiga maydalab tashlab, tuproqning organikasi miqdorini ko‘paytirish va boshqalarda foydalanish mumkin. Download 287.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling