O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
UrDU Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti magistratura bo’limi II-bosqich 70810901- Agronomiya mutaxassisligi magistranti
Masharipova Shaydo Ozodboy qizining “Paxtachilik Seleksiyasi Urug`chiligi va Yetishtirish Agrotexnologiyalari Ilmiy Tadqiqot Instituti Xorazm filiali”da o`tagan amaliyot
KUNDALIGI
Topshirdi: Sh.Masharipova
Qabul qildi: PSU va YeAITI Xorazm filiali
direktori: R.Karimov
URGANCH-2023
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 1-haftasi.
Ilmiy amaliyotning 1-haftasida PSU va YeAITI Xorazm filialida bo’ldik. Bizga PSU va YeAITI Xorazm filiali direktori R.Karimov muassasaning tashkil topishi, nima bilan shug`ullanishi, maqsadi, vazifalari, qanday ilmiy ishlar olib borilayotgani, natijalar, kelajakdagi qilinadigan ishlar oldinga qo`yilgan rejalar, PSU va YeAITIning boshqa viloyatlardagi filiallari haqida batafsil ma`lumotlar berib bizni PSU va YeAITI bilan yaqindab tanishtirib chiqdilar. Va shu bilan birga biz amaliyotning birinchi xaftasida PSU va YeAITIning dala tajriba maydonlari bilan tanishib qanday tajribalar olib borilayotganini o`rganib tahlil qildik. Bir qancha adabiyotlardan PSU va YeAITI haqida, uning tarixi haqida, olimlarning, ilmiy hodimlarning bu muassasada qanday ishlar olib borgani va hozirda qanday ishlar qilinayotgani haqida ma`lumotlar to`plab o`rganib chiqdik.
PSU va YeAITI orazm filiali direktori R.Karimov bizni amaliyot davomida biz uchun zarur bo`lgan texnika xavfsizligi qoidalari haqida bir qancha ma`lumotlar berib, bizni yaqindan tanishtirib o`tdilar.
Xorazm viloyati sharoitida tuproq unumdorligini oshirish muammosi dolazarb bo‘lib, viloyat tuproqlarida organik va ozuqa moddalari miqdori juda past. Keyingi yillarda ekinlar almashlab ekish tizimi paxta va bug‘doy ekinlariga asoslanganligi, tizimda ko‘kat o‘g‘itlar (raygras, raps) va beda ulushining kamayishi sababli tuproqdagi organik modda gumus va ozuqa moddalarning kamayishi, sug‘orish suvlarining mineralizatsiya darajasini va tuproqlarning sho‘rlanish darajasining oshishi, cho‘llanish jarayonlarining jadallashuvi kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |