O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti urdu bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti magistratura


PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 3-haftasi


Download 287.18 Kb.
bet3/6
Sana26.06.2023
Hajmi287.18 Kb.
#1655263
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shuhrat UrDU kundalik

PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 3-haftasi.
Ilmiy amaliyotning 3-haftasida “PSU va YeAITI Xorazm filalida” da davom qildirdik. Ilmiy amaliyotni davom qildirish davomida bu yerda qanday bo’limlardan iborat ekanligini tushuntirib o’tildi. Uning asosiy bo’limlariga laboratoriya, oziq-ovqat, yetishtirish bo’limlaridan iborat ekan. Ilmiy amaliyotni 1-2 haftasida o’rganishda laboratoriya bo’limidan boshladik. Laboratoriyada bizga texnik xodim ikki hafta davomida laboratoriyada texnika xavfsizligi bo‘yicha plakatlar, maxsus kiyim-boshlar komplektli xalat, qalpoqchalar, fartuk, rezina qo’lqoplar va ximoya ko‘zoynaklardan foydalanish qoidalari bilan tanishtirib chiqdi va amaliyot davomida ulardan foydalandim.
Laboratoriyada ishlashda quyidagi shartlarga rioya etilishi shart:
-Apparat yoki mashinani ishga tushirishdan oldin, atrofdagilar ogoxlantiriladi.
-Ish joyini bajariladigan ishga taalluqli bo‘lmagan buyumlar bilan band qilmaslik.
-Idishlar, priborlar, reaktiv aralashmalardan foydalanishdan oldin kimyoviy reaksiyalar o‘tkazishda instruksiya ko‘rsatmalariga rioya etish.
-Kimyoviy idishlarda suv ichish, ruxsatsiz noma’lum moddalar xidini va ta`mini ta’tib ko‘rish qat’iyan man etiladi.
-Gazli va spirtli yonib turgan asboblardan kamida 3 metr masofada, idishdan probirkalarga benzin, efir, spirt o‘trish mumkin emas. Ichida reaktiv bo‘lgan barcha shisha va kolba (sklyanka) idishlarida, reaktiv nomi va tayyorlangan vaqti ko‘rsatilgan yorliq bo‘lishi kerak.
-Laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan reaktivlar faqat maxsus joylarda saqlanishi kerak. Oltingugurt kislotasi aralashmasini tayyorlash faqat laboratoriyada amalga oshiriladi. Bu kislota bilan ishlash joylarida har ehtimolga qarshi uni zararsizlantiruvchi soda va kiyim, boshqa yoki badanga sachrasa yuvish uchun toza suv zaxirasi bo‘lishi kerak.Biz amaliyotning 3-xaftasi davomida turli xil laborotoriya jihozlarini qayta o’rgandik. O’simliklar fiziologiyasi haqida chuqurroq ma’lumotlarga ega bo’ldik.

O‘zbekiston o‘rmonchilik institutining Xiva tumanidagi tajriba stansiyasi va Yangibozor tumanida degradatsiyaga uchragan maydonlarida o‘rmonzorlar tashkil qilish va ularning biomeliorativ xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tajriba maydonlari sifatida tuproq mexanik tarkibi bo‘yicha farqli ikkita maydon tanlandi. Har maydonda tuproq kesmalari qazildi va genetik qatlamlardan tuproq namunalari olindi. Namunalarda tuproqning mexanik tarkibi, umumiy agrokimyoviy xossalari O‘zPITI (Metodы agroximicheskix, agrofizicheskix, mikrobiologicheskix issledovaniy oroshaemыx pochv, SoyuzNIXI, 1963) usulnomasiga binoan aniqlandi. Unda tuproq strukturasi, hajmiy og‘irligi va zichligi, azotning umumiy miqdori, kaliy va fosforning o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan miqdori, organik moddalar va tuproq eritmasi (rN) aniqlandi. Tuproq eritmasi tarkibini aniqlash uchun tuproq suv bilan 1:5 nisbatda aralashtirilib, eritma tayyorlandi. Xloridlar miqdori titrimetrik usulda aniqlandi. Natriy va kaliy miqdori fotometrik usulda mos filtrlar yordamida aniqlandi. Tuproqdagi organik moddalar miqdori Tyurin usulida [99] aniqlandi. Azot miqdorini aniqlashda Keldal usulidan foydalanildi. O‘zlashtiriladigan fosfor miqdori kolorimetrik usulda ammoniy karbonat bilan aniqlandi. Tuproq Kachinskiy usuliga muvofiq quyidagi diametrli yettita qismga-mexanik zarrachalarga ajratildi: 0.25, 0.1, 0.05, 0.01, 0.005, 0.001 va <0.001 mm.




Download 287.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling