О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti
- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining guruhlanishi
Download 163.6 Kb.
|
2iqtisodiy xavfsizlik
3- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining guruhlanishi
Xo’jalik yuritishning istalgan sohasida – ishlab chiqarish, tashqi savdo, ilmiy- texnikaviy hamkorlik va boshqalarda, barcha mamlakatlar uchun xavfsizlikning ma’lum chegaralari mavjud bo’lib, ularni ilmiy asoslangan me’yorlar asosida aniqlash mumkin. Ayni paytda ayrim olingan mamlakatda mavjud bo’lgan vaziyatga to’liq baho beruvchi universal ko’rsatkich mavjud ekanligi to’g’risida gapirish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. CHunki iqtisodiy xavfsizlik ko’p omillar ta’sirida bo’ladigan hodisa hisoblanib, u milliy ishlab chiqarishning uzluksiz o’zgarib turuvchi ichki va tashqi sharoitlarining yig’indisini aks ettiradi. Akademik V.K Senchagovning umumiy tahriri ostida chop etilgan “Ekonomicheskaya bezopasnost Rossii” nomli dasrlikda ta’kidlanishicha, iqtisodiyot holati, uning xavfsizligi uchta indikator, ya’ni iste’mol narxlari, milliy valyuta kursi va aholining pul daromadlari bilan belgilanadi. Mana shu uchta indikator iqtisodiy xavfsizlikning boshqa indikatorlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ular iqtisodiy xavfsizlik vositasi sifatida xizmat qiladi15. Bunday ko’rsatkichlar davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. CHegara ko’rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarning miqdor jihatdan ifodalanishidir. Mazkur ko’rsatkichlar tizimli tahlil, prognoz va ijtimoiy- iqtisodiy rejalashtirishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasida asosiy ustuvorlik aholining turmush darajasini yuksaltirish bo’lganligi bois YAIM hajmi va u bilan bog’liq ko’rsatkichlarning quyi chegaraviy miqdorlarini belgilashda aynan shu ko’rsatkich asos sifatida olinishi kerak. Jahon tajribasidan ma’lumki, ijtimoiy sohada tahdidlar minimal darajada bo’lishi uchun yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan aholi ulushi 7-10 foizni tashkil etishi, boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut esa sakkiz martadan oshmasligi kerak. Bir guruh rossiyalik olimlar iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlarini belgilashda BMT tomonidan 1990 yilda qabul qilingan insoniy rivojlanish indeksini taklif etadilar. Mazkur indeks ijtimoiy taraqqiyotning eng aniq umumlashgan ko’rsatkichi (mezoni) bo’lib hisoblanadi16. Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlari uchta guruhga ajratib ko’rsatiladi:17 birinchi guruhga ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi dunyoga minimal darajada bog’liqlik sharoitida faoliyat yuritish qobiliyatini kiritadilar. Ushbu guruhga quyidagi chegaraviy miqdorlar kiritilgan: YAIM umumiy hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 75 foiz miqdorida; aholi jon boshiga YAIM hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 50 foiz miqdorida; dunyo bo’yicha o’rtacha indikatorning 100 foiz miqdorida; sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi umumiy hajmida qayta ishlash sanoati ulushi – 70 foiz; YAIMda investitsiyalar ulushi – 25 foiz; sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik ulushi – 20 foiz; aholining ichki iste’molida import ulushi – 30 foiz, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari – 25 foiz; mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida yangi mahsulotlar ulushi – 6 foiz. Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari tarkibiga aholi turmush darajasi va sifati bilan bog’liq chegaraviy miqdorlar kiritilgan: aholining umumiy sonida yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan fuqarolar ulushi - 7 foiz; umr ko’rish uzunligi – 70 yosh; boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut – 8 marta; ishsizlik darajasi – 7 foiz. Uchinchi guruh ko’rsatkichlari moliyaviy holat bilan bog’liq bo’lib, ular quyidagilardan iborat: YAIMga nisbatan ichki qarz miqdori – 30 foiz; YAIMga nisbatan tashqi qarz miqdori – 25 foiz; YAIMga nisbatan byudjet defitsiti – 5 foizgacha; naqd xorijiy valyuta hajmining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati 25 foiz; YAIMga nisbatan pul massasi (M2) – 50 foiz. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, chegaraviy ko’rsatkichlarning bir xil miqdorini belgilab qo’yish uslubiy jihatdan uncha to’g’ri bo’lmaydi. Masalan, birinchi guruh ko’rsatkichlarida keltirilganidek, investitsiyalar ulushi YAIMga nisbatan hisoblaganda 25 foizdan kam bo’lgan holatda iqtisodiyotga tahdid yuzaga keladi. Lekin, ayni paytda investitsiyalar ulushi 40 foiz bo’lganida ham tahdid yuzaga kelishi mumkin. Farq shundaki, birinchi holatda mehnat qurollarining moddiy va ma’naviy jihatdan eskirishi natijasi sifatida tahdid yuzaga kelsa, ikkinchi holat aholi turmush darajasi va sifatining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. SHundan kelib chiqib, iqtisodiy xavfsizlikning ayrim chegaraviy miqdorlarini qat’iy qilib emas, balki ma’lum doira chegarasida belgilash maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 163.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling