О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)


Download 163.6 Kb.
bet7/16
Sana01.07.2023
Hajmi163.6 Kb.
#1657951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2iqtisodiy xavfsizlik

Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)


Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makro va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni tahlil qilish va bashoratlashda iqtisodiy xavfsizlikning mingdan ziyod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida 19 ta indikatordan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezon va ko’rsatkichlari asosida iqtisodiy tizimning
amal qilishidagi tahlikali chegaralar belgilanadi. Ko’rsatkichlar tahlikali chegaralar sifatida qabul qilingan birliklardan chekingan holatlarda tizim izchil rivojlanishga
bo’lgan qobiliyatini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini yo’qotib boradi, transmilliy korporatsiyalarning ekspansiyasi ob’yektiga aylanib qoladi, milliy boyliklarning talon-taroj qilinishi, xufiyona iqtisodiyot va korrupsiya miqyoslarining kengayishidan zarar ko’radi.
Davlat siyosatini ishlab chiqishda iqtisodiyotni nafaqat sifat, balki xavflardan xoli bo’lgan tarzda rivojlanish chegaralarini son jihatdan ham belgilashi talab etiladi.
Demak mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir chegara doirasida yo’l qo’yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun ko’rsatkichlarning o’zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega. SHu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini normal taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikda negativ, buzuvchi jarayonlarning shakllanishiga olib keladi. Iqtisodiy xavfsizlikning miqdoriy ko’rsatkichlari bo’yicha milliy manfaatlarni ta’minlash maqsadida ko’rsatkichlarning eng quyi yoki yuqori chegaralari aniqlanadi.
Hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy xavfsizlik
siyosati ko’rsatkichlarning barchasini me’yorida saqlab turishga qaratilishi kerak. Iqtisodiy xavfsizlikning bir chegaraviy ko’rsatkichi boshqa shunday ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga ta’minlanishi mumkin emas. Davlat har bir konkret holatda xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni uyg’unlashuvini ta’minlashga harakat qilishi kerak bo’ladi. Ayni paytda qisqa davr oralig’ida foyda keltirishi mumkin bo’lgan ish, strategik jihatdan umuman foydasiz bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;

  • resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash;

  • iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;

  • hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash;

  • suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini baholash;

  • ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish imkoniyatlarini baholash.

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va ularning o’zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, mezonlar biror-bir harakatni amalga oshirish uchun yo’llanma sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Uni amalga oshirishda jamiyat bazisini qayta tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish salohiyatini qayta qurish, yangi bozor institutlarini, xo’jalik yuritish dastaklarini, boshqarish tizimini yaratishga muvofiq bosqichma-bosqich harakat qilish zarur bo’ladi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud:


yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot); inflyatsiya darajasi; davlat byudjeti kamomadi; ichki qarz darajasi; tashqi qarz darajasi; ishsizlik darajasi; turmush darajasi va sifati; oltin valyuta zahiralari;
xufiyona iqtisodiyot faoliyati; ekologik holat.
YUqoridagi ko’rsatkichlardan tashqari yana bir qator ko’rsatkichlar ham mavjud. Masalan, aholi daromadlari, chakana narxlar miqdori, uy-joy bilan ta’minlanganlik, hududning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, hududning to’lov balansi, eksport-import saldosi va boshqalar.
YUqorida ta’kidlanganidek, ko’rsatkichlarning barcha majmuasi qabul qilingan chegaralar doirasida bo’lgan va bir chegaraviy ko’rsatkich boshqa bir chegaraviy ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga yaxshilanmagan taqdirdagina xavfsizlikning eng yuqori darajasiga erishiladi.
Xavfsizlik ko’rsatkichlari bilan ularning tahlikali chegara miqdorlari o’rtasidagi bog’liqlik dinamikada o’rganilishi zarur.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50 ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan:

  • iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;

  • moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;

  • ijtimoiy soha ko’rsatkichlari;

  • tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari14.

Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan
tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi.







YaIM hajmi, sanoat ishlab chiqarishi hajmi va tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar va b.


davlat byudjеti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o’zaro hisob- kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar


aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik darajasi


mamlakat ichki istе'molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi




Download 163.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling