O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali
Download 51,92 Kb.
|
2. Abu Nasr Farobiy qarashlari.
Abu Nasr Farobiy (87O - 95O) "Fozil shahar aholisining qarashlari" asarida davlatning kelib chiqishini odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan istagiga bog‘laydi. Davlatni fazilatli, ma’rifatli hukmdor boshqarishi lozim. Davlatning zo‘ravonlik va beboshlikka qurilishi qoralanadi. O‘rta asrlarda Farobiy birinchilardan bo‘lib jamiyat va ijtimoiy-siyosiy hayot tarkibini jiddiy o‘rganish masalasini qo‘ydi. Ijtimoiy hayotni o‘rganish sohasida Farobiy bir qator masalalarni belgilab berdi.Ulardan, asosiylari quyidagilar: 1.Ijtimoiy hayot tushunchasi, fan predmeti va vazifalarini belgilash; 2.Ijtimoiy uyushmalarning kelib chiqishi, tarkibi, tuzilishi, turlari va bu masalaga oid noto‘g‘ri qarashlarni tanqid qilish; 3.Shahar - davlat xususiyatlari, vazifalari va boshqaruv shakllari; 4.Jamiyatda inson o‘rni va burchlari, mehnat faoliyati, ma’naviyat va tarbiya masalalari; 5.Davlat uyushmasining pirovard maqsadi, baxtga erishish yo‘llari va vositalari . Ijtimoiy hayot muammolarini o‘rganuvchi fanlarga u ilm - al - madaniya (shahar jamoasi to‘g‘risidagi fan), fiqh (huquqshunoslik), kalomni kiritgan. Kalomni Farobiy barcha bilimlarning asosi sifatida emas, qolgan fanlar qatorida tilga oladi. Farobiy ilm - al - madaniyaga katta e’tibor beradi. Davlat to‘g‘risidagi ta’limotida Farobiy uning ichki va tashqi vazifalarini aniqlab beradi. Tashqi vazifaga shahar - davlat fuqarolarini dushmanlardan saqlash, ya’ni mustahkam mudofaani tashkil etish kiritadi. Johil shahar - davlatlarga boshqa shaharlar bilan doimiy urushlar va nizolar xos bo‘lgan holda, fozil shahar aholisi o‘z fuqarolarini himoya qilish maqsadida faqat mudofaa urushlarini olib boradi. Davlatning ichki vazifasi uning o‘z fuqarolariga haqiqiy baxt beruvchi zaruriy tadbirlardan iborat. Ular quyidagilar: adolat o‘rnatish, maorifni rivojlantirish, bilimlarni xalq o‘rtasida tarqatish, ma’naviy va dunyoviy bilimlarni berish, yaxshilik va komil xulqlarni, odat va axloqiy qoidalarni targ‘ib qilish. Farobiyning boshqaruv shakllariga qarashi uning bevosita rahbarlarga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqadi. Farobiy, asosan, podsholik tuzumi to‘g‘risida fikr yuritadi va ideal davlatning boshlig‘iga bir qator talablar qo‘yadi: donishmandlik, qonunlar va boshqaruv qoidalarini bilish, ularni ijodiy qo‘llay olish, harbiy san’atni yaxshi bilish, adolatli bo‘lish, haqiqatni sevish va hokazo. Ammo, u shuncha xislatning bir insonda bo‘lishiga shubha bildirib, bunday hukmdorlarning eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini taklif etadi. Farobiyda xalq hokimiyati va demokratiya to‘g‘risidagi fikrlar ham bor, ammo ular rivojlantirilmagan. Buyuk Sharq mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (98O - 1O37). Uning fikricha, inson jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi. U aholisi, hukmdorlar, ishlab chiqaruvchilar va qo‘shindan iborat davlatda yashaydi. Ibn Sino aholini moddiy ahvoli va boyligi nuqtai nazaridan tabaqalarga bo‘ladi. U hamma narsada me’yor bo‘lishi tarafdoridir. Uning fikricha, agar hamma shoh va hukmdor bo‘lsa ham, hamma kambag‘al va nochor bo‘lsa ham - jamiyat falokaga yuz tutgan bo‘lar edi. Shuningdek, boylik jihatidan teng bo‘lsa ham odamlar mehnat qilishdan.va boshqalarga yordam berishdan to‘xtagan bo‘lar edi. Demak, eng ma’quli - odamlarning mulkiy va ijtimoiy har-xilligidir. Ibn Sino bu fikrlarni "Risolai tadbiri manzil" asarida bayon etgan. Ibn Sino qonunlar barchaga barobar bo‘lgan jamiyatda adolatsizlik bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, har qanday adolatsizlik jazosiz qolmasligi kerak. Agar hukmdor adolatsiz bo‘lsa, unga qarshi isyon oqlangan va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘ladi. Download 51,92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling