O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali
Uyg‘onish davridagi ijtimoiy- siyosiy g‘oyalar
Download 51.92 Kb.
|
3. Uyg‘onish davridagi ijtimoiy- siyosiy g‘oyalar.
Sharqdagi uyg‘onish davrining buyuk siymolaridan biri - Yusuf Xos Hojib (XI asr) ham davlat va siyosat masalalariga katta e’tibor bergan. Uni butun olamga tanitgan asar "Qutadg‘u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim") dir. Bu asar nafaqat o‘zbek adabiyotining, shu bilan birga, siyosat fanining ham muhim manbalaridan biridir. U davlat va uni idora qilishning qonun - qoidalari, usullari, turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning mavqei va munosabatlari, axloq va odoblarini ifoda etuvchi o‘ziga xos nizomnomadir. Asardagi davlatni idora etishning yo‘l–yo‘riqlari haqidagi g‘oya alohida diqqatga sazovordir. Bu yo‘l-yo‘riqlar donishmandlik, adolatparvarlik, ko‘ngil muloyimligi, til, so‘z yumshoqligi, ehtiyotkorlik, takabburlikdan yiroqlik, yovuz va yaramas ishlardan uzoqlik, har ishda me’yorga rioya qilish, kattalar hurmatini va kichiklar mehrini o‘rnida tutish va boshqalardir. O‘rta asrlar siyosiy fikrining eng yirik manbalaridan biri - Nizomulmulkning (1018 - 1092) «Siyosatnoma» yoki «Siyarulmuluk» ("Podshohlar turmushi") asaridir. Bu asar o‘zining mazmun - mohiyatiga ko‘ra saljuqiylarning siyosiy dasturi hisoblanadi. Nizomulmulk asarida shohlar tarixi va hayotiy tajribasini umumlashtiradi, davlatni boshqarish qonun - qoidalarini, tartiboti va usullarini asoslab beradi. U asarda shoh va hokimlarni adlu insof va diyonatga, murosayu - madora va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartib o‘rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo‘lishga, mamlakatning obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchligi va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilish va mehnat kilishga da’vat etadi. O‘rta asrlar siyosiy fikrining vujudga kelishi va rivojlanishida Amir Temurning (1342 - 1405) o‘rni benihoya kattadir. U kuch va g‘ayratini siyosiy hayot masalalarini o‘rganishga va ularning yechimini topishga, vasiyat va tuzuklarni ishlab chiqish va meros qoldirishga sarfladi. Bunga "Temur tuzuklari" guvohlik beradi. "Temur tuzuklari" - jahon siyosiy fanining eng yirik va noyob manbalaridan biri hisoblanadi. Unda davlatni idora qilishning asosiy qonun - qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari asoslab beriladi. Bunday qonun - qoidalarni teran ifoda etgan manba jahon siyosiy fikri tarixida kamdan - kam topiladi. Mazkur manbada ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ulardan nazariy va amaliy ishda foydalanish qo‘l keladi. XV asr buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy(1441 - 15O1) ijodida bir qator muhim fikrlarni uchratamiz. U xalqqa nisbatan adolatsizlik va yovuzlikni qoralaydi, odamzotni hayotda adolatni qaror toptirishga, uni asrab-avaylashga chorlaydi. Navoiy markazlashgan kuchli podsholik hokimiyatini yoqlab chiqadi. Negaki, kuchsiz shoh poraxo‘r qozilar, zo‘ravon va ta’magir amaldorlarga yo‘l ochib beradi. Kuchli shoh hokimiyatida faqat munosib, barkamol shaxslar o‘rin oladi. Zulm uchun zolimning o‘zi javob beradi, negaki, ko‘mir tashiganning qo‘li qoradir. Insonlar ma’naviy kamolotga intilishlari lozim. Buning asosiy shartlari esa, Navoiy fikricha, halol mehnatdadir. Uyg‘onish davri, uning uyalari insoniyat tarixidagi tub burilish daqiqalaridir. Inson qadr - qimmati, uning huquqlarini himoya qilish inson uchun munosib hayot yaratish g‘oyalari aynan G‘arb mamlakatlarida ularning davlatchilik va siyosat sohasidagi amaliy izlanishlari davomida vaqt chig‘irig‘idan o‘tib, real voqelikka aylanadi. Ushbu davr siyosatchilari va olimlaridan eng yirigi, albatta, Nikollo Bernardo Makiavelli (1469 - 1527) dir. U "Hukmdor", "Florensiya tarixi" asarlarida birinchi bor siyosatni mustaqil fan sifatida asoslaydi, jamiyat ilohiy emas, balki tabiiy qonunlar negizida rivojlanishini ta’kidlaydi. Makiavelli tarixiy taraqqiyot zaminida manfaat va kuch, omma va hukmron tabaqalar qarama-qarshiligi yotadi, deb hisoblaydi. U kuchli milliy davlat tarafdori bo‘lgan. Siyosiy kurashda, hokimiyaga intilishlarda buyuk maqsadga erishish yo‘lida har qanday vositalardan foydalanish zarur, deb hisoblagan. Makiavelli odamlar faoliyati sabablarini boylikka hirs qo‘yishda ko‘rgan: «Odamlar yo‘qotgan mablag‘ni otasining o‘limidan ko‘ra ko‘proq eslab yuradi». Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunishini angladi va uni fortuna (tasodif, omad, taqdir) deb atadi. Inson uni bilishi va o‘z manfaatiga yo‘naltirishi mumkin. N.Makiavyolli Leonardo da Vinchi zamondoshi, Mikelandjelo do‘sti, Florensiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi, shoir, yozuvchidir. U XV asr oxiri XVI acp boshlarida uzluksiz urushlardan jabr ko‘rgan, kuchli markazlashgan davlatga ehtiyoj sezayotgan Italiya manfaatlarining ifodachisi bo‘ldi. 1512-yilda Florensiya Respublikasi tugatilib, N.Makiavelli surgun qilinadi. Quvg‘inda u "Tit Liviyning birinchi o‘nta kitobi to‘g‘risida qaydlar", "Hukmdor" (Lorenso Medichiga bag‘ishlanadi)," Florensiya qo‘lyozmalari" asarlarini yozadi. Makiavelli mazkur asarlarda boshqaruv shakllaridan hech birini afzal ko‘rmaydi. Avval "yangi" yakka hokimlik o‘rnatilib, u Italiyani birlashtirishi, isloh qilishi va yuksaltirishi, so‘ng uning o‘rnini respublika boshqaruvining "aralash" shakli (demokratiya, aristokratiya, monarxiya elementlarini birlashtiradi) egallaydi, deb hisoblagan. Shu tariqa, Makiavelli davlatchilikning monarxiyadan respublikaga tomon rivojlanishini oldindan aytib bergan. Fransuz mutafakkiri Jan Bodenning qarashlari (153O - 1596) kishida muayyan qiziqish uyg‘otadi. Xususan, u davlat manfaatlari din manfaatlaridan ustunligini ta’kidlaydi. Jamiyatda vijdon erkinligi qaror topib, biror din quvg‘inda bo‘lmasin, davlat asosini oila tashkil etadi, kabi g‘oyalarni targ‘ib etgan. Davlat - oilalar muammolarini hal qiluvchi, xususiy mulkka asoslangan ijtimoiy mulkni saqlovchi ittifoqdir. Mulkiy tengsizlik tabiiy va zaruriydir. Davlat ijtimoiy masalalar ustidan huquqiy hokimiyatga ega. Uning hokimiyati hal qiluvchidir. Monarx - hukmdor huquqining, suverenitetining, yagona, mutlaq manbaidir. Davlatning turi iqlim sharoitlariga bog‘liq. Mo‘tadil iqlimga aql - idrokka asoslangan davlat mos keladi, negaki, bu yerdagi xalqlar adolatni his etadi, mehnatsevardir. Janub xalqlari mehnatga loqaydlik bilan qaraydilar, shuning uchun ular diniy hokimiyat va diniy davlatga ehtiyoj sezadilar. Shimolda dangasa, urushqoq xalqlar yashaydilar, shuning uchun ularning davlatlari, kattiq intizomga asoslangan va nihoyatda markazlashgan bo‘ladi. Download 51.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling