O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana10.09.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1675120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TOSHPO’LATOVA DILRABO MIKROORGANIZMLAR ASOSIDA BIOO’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH

o‘zlashtiruvchi bakteriyalar deb nomlanadi. Tuproqda bu bakteriyalar qanchalik 
ko‘p bo‘lsa tuproq shunchalik unumdor, hosildorlik shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Xorijda bu bakteriyalar asosida tayyorlangan ko‘plab bioo‘g‘itlar keng 
qo‘llaniladi. Masalan, Hindiston, Pokiston, Xitoy, AQSh yoki Yevropa davlatlarida 
azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar asosidagi bioo‘g‘itlar uzoq yillardan beri 
ishlatiladi. Birgina Xitoy tajribasini olaylik. Xitoyning ayrim hududlarida paxtadan 
gektariga o‘rtacha 70-80 sentner hosil olinadi. Sabablariga to‘xtalsak, birinchidan, 
zich ekiladi, ikkinchidan, mineral o‘g‘itlar bilan bir qatorda bioo‘g‘itlar ko‘p 
qo‘llaniladi. 
Paxta yetishtiradigan AQSh, Misr yoki Avstraliyada ham bioo‘g‘itlar mineral 
o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Bangladesh, Hindiston yoki Vetnamda 
fermerlar faqat bioo‘g‘itlar yordamida hosil olishlari ma'lum. 
Biologik o‘g‘itlarning afzal tomoni – ularning o‘ta arzonligi, ekologik muqobilligi 
va tez ta'sir etishidir. Bundan tashqari, bioo‘g‘itlar mineral o‘g‘itlarning o‘simlikka 
tez singishi yoki o‘zlashishiga katta yordam beradi. Tajribadan ma'lum, NPKning 
10-15 foiz me'yori va bioo‘g‘it suspenziyasi yordamida bug‘doy yoki paxtadan 
an'anaviy usulga qaraganda ikki marta ko‘p hosil olish mumkin. 
II. Asosiy qisim 


1. Mikroorganizmlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. 
Bioo‘g‘itlarning yana bir afzal tomoni – ular tuproqlarning biologik potensiali 
va holatini tiklaydi. Buning sababi oddiy: asosan, tuproq tarkibidagi foydali 
mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Xuddi o‘sha mikroorganizmning bir hujayrasi 
milliard martagacha ko‘paytirilib, tuproqning o‘ziga qaytariladi. Tushunish uchun 
birgina misol keltirish mumkin. Aytaylik, tuproqda azot o‘zlashtiruvchi bitta hujayra 
bor. O‘sha hujayra bir molekula azotni olib o‘simlikka beradi. Biz esa xuddi o‘sha 
hujayrani milliard marta ko‘paytirib tuproqqa qaytaramiz. Demak, havodan milliard 
molekula azot o‘zlashib biologik azotga aylanadi va o‘simlikka yetkaziladi (1-rasm). 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling