O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


Download 2.21 Mb.
bet3/3
Sana11.09.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1675440
1   2   3
Bog'liq
Tanlov uchun slayd Ochilova Zuhira

Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning vazifalari har bir jamiyatdagi barqarorligiga bog‘liq. Barqaror rivojlanishning natijasi “barqaror iqtisodiyot” bo‘lib, eng zamonaviy texnologiyalar, resurslarni har taraflama tejalishi, zamonaviy ilm-fan va tajribalarga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkillashtirish tufayli vujudga keladi. Va, nihoyat, “barqaror foydalanish imkon qadar takror tiklanayotgan resurslardan foydalanish” tushunchasi bilan bog‘liq. “Barqaror rivojlanish“ strategiyasi tabiat, nabotot va hayvonot dunyosining xilma-xilligini, shuningdek yashay olish imkoniyatini saqlagan holda inson turmush tarzining yaxshilanishidir. Ko‘pgina olimlarning hisoblashicha, rivojlanishning bugungi shakli samarasiz yoki kam samarador bo‘lib, insonning manfaatlariga yetarli darajada javob bermaydi va resurs manbalari degradatsiyasiga olib keladi. Rivojlanishning shunday shakli zarurki, insonning tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini tabiatning mahsuldorligini oshirish hisobiga qondirish va tabiatning saqlanishi ta’minlanishi kerak. Bunda insonning ehtiyojlari tabiat bera oladigan darajadan ortib ketmasligi kerak.

Barqaror rivojlanish ishlab chiqarish jarayonida tabiatga ta’sir etish cheklangan doirada amalga oshirilishi, inson ehtiyojlarini asoslangan ravishda ratsionallashtirish orqali tabiat bilan uyg‘unlashtirishning yangi yo‘llari va yo‘nalishlarini izlashni nazarda tutadi. Jamiyatning bunday tarzdagi barqaror rivojlanishi o‘ziga xos tamoyillariga tayanadi.


Yerlar degradatsiyasi tuproq tarkibini buzadi va suv, shamol eroziyasi, botqoqlashish, sho‘rlanish, shuningdek yerlarning zaranglashuvi tuproqning oziq xususiyatlarining barham topishiga olib keladi. Yerlarning degradatsiyasiga olib keluvi (ko‘pchilik tan olgan) bevosita sabab yer resurslaridan muqobil foydalanmaslik, qishloq xo‘jaligining beqaror faoliyati, yaylovlar va o‘rmonlarga qiron keltirishdir.
Yerdan oqilona va samarali foydalanishning mohiyati turlicha bo‘lsa-da, bitta maqsadni ko‘zlaydi. Yerlardan oqilona foydalanish deyilganda, insonning yerga nisbatan oqilona, maqsadli xatti-harakati tushuniladi, ya’ni betartib jarayon bo‘lmay, u oldindan o‘rganilgan, rejalashtirilgan, shakllantirilgan bo‘ladi. SHuning uchun uni amalga oshirish yerning jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar va munosabatlar ob’ekti sifatidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Yerlardan foydalanish, odatda, qabul qilingan kriteriylar, sharoitlar nuqtai nazaridan jarayonning samaradorligini belgilovchi u yoki bu cheklashlarni nazarda tutadi. Masalan, yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligiga ziyon bo‘lsa-da, ayrim ijtimoiy samaradorlikka erishish avvaldan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Yerdan oqilona foydalanish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yer resurslaridan ilmiy asoslangan, maqsadli foydalanishni ko‘zda tutadi. U mamlakat yer fondining imkon qadar samaraliroq, va maqsadga yo‘naltirilgan taqsimoti (tarkibini belgilash)ni o‘z ichiga oladi. Bunda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yerlarni tejamkor ajratilishi, yerning unumdorligini oshirgan holda ishlab chiqarish xususiyatlarini tejamli sarflash, yerlardan ratsional foydalanishning huquqiy va ekologik tartibiga rioya etilishi amalga oshirilishi kerak.
“Ratsional” tushunchasi yerlardan foydalanish tarkibini optimallashtirish bo‘yicha harakatlarni bildiradi, unga ko‘ra avvaldan belgilangan shartlar asosida yerdan foydalanish jarayoni amalga oshadi, mazkur jarayonning natijasi – “samaradorlik” tushunchasidir. Vaqtinchalik belgilarga ko‘ra, “ratsional” tushunchasi ”samarador” tushunchasidan oldingi holat, ya’ni birlamchi tushuncha taassurotini qoldiradi. Biroq, yerdan “ratsional” foydalanish jamiyatning ko‘p yo‘nalishli manfaatlariga mos keluvchi mazkur jarayon samaradorligining avvaldan belgilangan parametrlari nuqtai nazaridan amalga oshirish mumkin
Ko‘rilayotgan tushunchalar mohiyatan bir muammoning ikki tarafini ifodalaydi, ular bir-biridan ajratilgan holda mavjud bo‘lolmaydi, yerdan foydalanishda bir yaxlit tushuncha sifatida qo‘llanadi. Yerdan ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda foydalanish nuqtai nazaridan “ratsionallik”siz foydalanishning “samardorligi” mavjud bo‘lolmaydi, avvaldan belgilangan samardorlik yig‘indisi esa yerlardan samarali foydalanish ham bo‘lmaydi. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat uchun yerdan foydalanish natijalari, ya’ni samaradorlik ham farqsiz emas. Birinchi omilsiz umumiy samaradorlikka erishish dastlabki shart-sharoitlari mavjud bo‘lmaydi, ikkinchi omilsiz yerdan foydalanishdan ma’no qolmaydi. Birinchi tushuncha yerdan foydalanish qanday shartlar, parametrlar, cheklashlar, talablar orqali amalga oshirilishini belgilaydi, ikkinchi tushuncha – mazkur sharoitlarda amalga oshirilgan yerdan foydalanish qanday umumiy samara berishini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, yerdan foydalanishning “samaradorligi”ga mazkur jarayonni amalga oshirishning avvaldan belgilab qo‘yilgan aniq sharoitlarni belgilash orqali erishiladi, ”ratsionallik” yerdan foydalanishda amalga oshirilib, samaradorlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, “yerdan barqaror foydalanish” iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik mazmunga ega bo‘lib, ular uzviy bog‘liqdir. Jamiyatning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer resurslaridan foydalanishining ob’ektiv zarurati bir vaqtning o‘zida tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatilishiga olib keladi. Bu holat bir tarafdan, yerdan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishni oqilona miqdorda cheklash, ikkinchi tarafdan, iste’mol qilingan resurslarni takror ishlab chiqarilishini taqozo etadi. “Yerdan barqaror foydalanish” mazmunan ko‘p tarkibli, murakkab bo‘lib, yerlardan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek yerdan foydalanishning bozor tamoyilarini o‘z ichiga oladi.
  • 1. “Barqaror rivojlanish” deganda nimalarni tushunasiz?
  • 2. Yer resurslaridan barqaror foydalanish qanday xolatlarni o‘z ichiga oladi?
  • 3. Yerdan foydalanishni barqaror boshqarish deganda nimani tushunasiz?
  • 4. Yerlar sifatining buzilish muammosini vujudga kelishiga qanday sabablar mavjud?

Blits savollar

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling