Mazkur uslubiy ko’rsatma yangi ilg’or pedagogic
texnologiya tamoyillari
asosida, mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislarning ham nazariy, ham amaliy
fikrlariga tayangan holda yaratilgan.
Bu uslubiy ko’rsatma CERF B1 darajasi talablariga asoslangan. Unda
ingliz tilini
xorijiy til sifatida o’rganuvchilar uchun doimo qiyinroq hisoblanib kelgan
zamonlar, ularning so’z tartibi, qo’llanishi, kalit so’zlari va boshqa
shu kabi
jihatlari batafsil yoritilgan. Har bir mavzudan so’ng berilgan topshiriqlar
o’quvchilarning grammatik mavzularga
oid bilimini mustahkamlashga, so’z
boyligini oshirishga qaratilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatmadan barcha til o’rganuvchilar fordalanishlari mumkin.
Amaliy mashg’ulotlarni qiziqarli tashkil etishga va o’quvchilarni mustaqil
ishlashga undash uchun o’qituvchiga samarali ko’makchi bo’la oladi.
Tuzuvchi: Satimbayeva.M
Taqrizchilar:
Filologiya fanlar nomzodi dotsent
N. Do’stbayeva
NamMQI akademik litseyi bosh o’qituvchisi
M. Ismoilova
Ushbu uslubiy ko’rsatma NamMQI akademik litsseyi xorijiy tillar
kafedrasining
____ sonli yig’ilishida, akademik litseyning ____ pedagogik kengashida ko’rib
chiqildi, muhokama qilindi va o’qituvchilar uchun darsda
fordalanishga tavsiya
etildi.