O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 169.8 Kb.
bet3/7
Sana15.09.2023
Hajmi169.8 Kb.
#1679146
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dilsora kurs ishi

Qizlar guruhlari

1

3 yoshdan 5 yosh 11 oygacha

80, 86, 92, 98, 104, 110

2

6 yoshdan 11 yosh 11 oygacha

116, 122, 128, 134, 140, 146

3

12 yoshdan 14 yosh 11 oygacha

152, 158

4

15 yoshdan 17 yosh 11 oygacha

164, 170, 176 va balandroq

Bolalar kiyimini ishlab chiqarish maqsadida sanoat va savdo talablariga mos tuzilgan standartlarga 6 oydan 18 yoshgacha bo‘lgan 63 tip o‘g‘il bolalar va 58 tip qizlar tipaviy qomatlari kiritiladi.


5. MODEL KO‘RINISHI VA TASNIFI
1-model. Tanlangan va tavsiya etilayotgan ushbu maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar kuylagi yaxlit tik yoqali qaytarma yoqa, mag‘izli qoplama cho‘ntak va monjetli uzun o‘tqazma yengdan iborat. Ustki yoqa qaytarmasi, qoplama cho‘ntak og‘zi va yeng manjetiga bezak sifatida o‘xshash matodan kombinatsiyalangan. Bort taqilmasi yaxlit loyihalangan bo‘lib, old bo‘lak chap ko‘krak qafasida qoplama cho‘ntagi bor. Ushbu klassik uslubdagi eskiz modelni yilning bahor va kuz faslida kiyishga tavsiya etiladi (1-M).
2-model. Birinchi modeldek loyihalanadi. Farqi: ostki yoqa kattaroq loyihalanib, ustki yoqaga biriktirilmaydi. Bort qaytarmasi alohida loyihalanadi. Ostki yoqa va bort qaytarmasiga o‘xshash matodan kombinatsiyalanib, yeng manjeti yuqori qismiga bezak mag‘iz qo‘yib tikiladi. Ushbu sport uslubidagi eskiz modelni yilning bahor va kuz faslida kiyishga tavsiya etiladi (2-M).
3-model. Kundalik va formali uslubda loyihalangan ushbu modelning avvalgilaridan farqi: qaytarma yoqa tik yoqasidan alohida loyihalanadi. Yeng manjetining taqilma qismi va chap ko‘krak qafasidagi qoplama cho‘ntagi ovalsimon loyihalanib, cho‘ntak yuqori qismiga bezak ro‘molcha taxlamasi tikiladi. Ushbu eskiz modelni yilning bahor va kuz faslida kiyishga tavsiya etiladi (3-M).
4-model. Ushbu eskiz modelni maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar uy kiyimi sifatida yilning yoz mavsumida kiyish uchun tavsiya etiladi. Ko‘ylakning yengi kalta, o‘tqazma. Bolaning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida, yengning chap o‘rta qismiga doirasimon, old bo‘lak chap taqilmasining etagiga esa to‘rtburchak shaklda bezak emblema tikiladi. Yozgi mavsum uchun mo‘ljallanganligi sababli kuylakni tabiiy tolali matolardan tikish tavsiya etiladi (4-M).
Ushbu tavsiya etilayotgan eskiz modellarimiz murakkab bo‘lmagan konstruksiyada loyihalanadi. Choklarini ham kattalarnikiga nisbatan ancha kamaytirish tavsiya etiladi.
4.O’G’IL BOLALAR YOZGI KUYLAK FASONIDA MODELLASHTIRISH
Mahsulotni sifatli ishlab chiqarilishi loyihalash jarayonida hisobga olinadi, uni ishlab chiqarilganda va ekspluatatsiya davrida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni murakkab «tizim» deb baholash mumkin. Sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining har bir pog‘onasida uni boshqarish kerak. Mahsulot sifatini boshqarish deganda, unga ta’sir etuvchi omillarni tinimsiz nazorat qilib, mahsulotni loyihalash, ishlab chiqish va iste’mol jarayonlarida yetarlicha sifat darajasini ta’minlab turish tushuniladi.
Mahsulotning sifati insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Mahsulotning sifati unga oid ko‘rsatkichlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun sifat deganda, mahsulotning vazifasiga ko‘ra, insondagi muayyan talablarni qondirishga yaraydigan xususiyatlari majmui tushuniladi. Har qanday buyum xususiyatlarga ega bo‘lib, bular buyumni u yoki bu usulda tayyorlanganda yoki ekspluatatsiya jarayonlarida namoyon bo‘ladi va miqdoriy hamda sifat darajasida ifodalanadi.
Buyum sifatini aniqlash — bu mahsulotga xos xususiyatlarning miqdoriy darajasini aniqlash va uni baholash demakdir. Mahsulot sifati unga ta’sir ko‘rsatadigan yetakchi xususiyatlar nomlarini aniqlashdan boshlanadi. Sifat ko‘rsatkichlar nomlarining ro‘yxati maxsulotning vazifasiga bog‘liq. Shu bois mahsulot sifatini baholashdan avval, unga xos inson (iste’molchi) talablarini qondiradigan xususiyatlarini aniqlash kerak. Shu bilan birga ishlab chiqarish talablarini ham unutib bo‘lmaydi. Negaki, mahsulotni sanoatdan tashqarida, materiallar, energiya, inson mehnati va asosiy fondlar harajatisiz yaratib bo‘lmaydi. Bundan sifat yaratiladigan mahsulotning murakkab tavsifi ekanligini bildiradi.
Kiyim sifatini baholash uchun belgilangan ko‘rsatkichlar tuzilishi (strukturasi) kiyimga xos harid qiymatini va ommaviy tarzda tayyorlangan mahsulotning qiymatini o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘yilgan talablarga YE.B.Koblyakova yaratgan sifat ko‘rsatkichlarining tasnifi javob beradi. Kiyim sifatini baholash uchun muayyan tizimda mayda xususiyatlar bosqichma-bosqich umumiyroqlarga bo‘ysungan va «umumiydan maydaroqqa o‘tish» tamoyilida tuzilgan (2.1 -chizma).
Kiyim sifati iste’molga oid sifat ko‘rsatkichlari va texnik-iqtisodiy sifat ko‘rsatkichlariga bo‘linadi. Ularning qiymati 2 - chizmaning quyida joylashgan sinf, guruh va ayrim ko‘rsatkichlari darajasiga bog‘liq. Ko‘rsatkichlarning soni yuqori bosqichdan keyingi bosqichga o‘tgan sari oshadi, ularning murakkablik darajasi esa kamayadi. Chizmada keltirilganidek, yuqori bosqichda kiyim sifati bitta ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholansa, birinchi bosqichda ikkita, ikkinchida — sakkizta, uchinchida — yigirmata ko‘rsatkichlar majmuidan iborat bo‘ladi, shu bois chizmaning 4-5 — pastki bosqichlari esa 70 taga yaqin baholanadigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ayni holda, bu chizmani mukammallashtirish mumkin. Masalan, kiyim sifati uning tuzuvchi materiallari sifatiga, materiallar sifati esa o‘z navbatida texnik jihatdan tuzilishiga, xom iplar xususiyatiga va ularning o‘rilishiga bog‘liq.

E s t ye tik ko‘rsatkichlar kiyimni shaxsiy iste’mol predmeti sifatida baholashda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Estetik xususiyatga ega bo‘lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o‘z maqsadli funksiyasini — insonning estetik talabini qondiradigan o‘ziga xos xususiyatni bajara olmaydi. I j t i m o i y ko‘rsatkichda buyumni ishlab chiqarish va sotishga muvofiqligini bildirgan ommaviy ehtiyojlarga mosligi, ya’ni tashqi va ichki bozorda iste’molchilarning kiyimga bo‘lgan ehtiyojlari tavsiflanadi. Mahsulot sifatini ta’minlashda ijtimoiy omillar roli ilmiy-texnik taraqqiyot va moddiy farovonlik o‘sgan sari oshaveradi. Korxonalarda maxsus tuzilgan ijtimoiy xizmatlar tashkiloti aholi ehtiyojini tahlil qilib, yangi mahsulot assortimentiga talablarni shakllantirishi kerak. Aks holda, mahsulot ko‘p chiqarilib, zarar ko‘riladi.
F u n k s i o n a l ko‘rsatkichlar kiyimning asosiy vazifasiga, iste’molchining tashqi ko‘rinishiga va uning psixologik xususiyatlariga mosligini bildiradi. Shuningdek, kiyimning kiyib yuriladigan sharoitga mosligini va qulayligini, shaklini saqlashini va hokazolarni bildiradi. Kiyimning barcha xossalari uning vazifasiga bog‘liq holda tanlansa, kiyim insonning ehtiyojini qondira oladi. Ayni kiyimning vazifasi modelga, uning konstruksiyasiga va materiallariga qo‘yiladigan talablarni shakllantira oladi.
E s t ye tik ko‘rsatkichlar kiyimni shaxsiy iste’mol predmeti sifatida baholashda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Estetik xususiyatga ega bo‘lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o‘z maqsadli funksiyasini — insonning estetik talabini qondiradigan o‘ziga xos xususiyatni bajara olmaydi. Estetik ehtiyoj, go‘zallik qonunlariga ko‘ra, insonning go‘zallikka va ijodga bo‘lgan talablarini bildiradi. Kiyim muayyan davrga xos yetakchi badiiy tarzlarga mos loyihalanadi. Kiyimning sifati yetakchi mezon ekanligini e’tiborga olib, uning shaklini yaqqol ko‘zga tashlanishi, kiyimning gazlama bilan bog‘liqligi hamda tanlangan ranglari va hokazolar nuqtai nazaridan moda talablariga muvofiqlik darajasini aniqlaydi.
Kiyimning estetik ko‘rinishi barcha konstruktiv elementlarning (detallar simmetrik joylanishi, biriktiruvchi va bezatuvchi choklarning ravonligi, astarning sifati va buyumning rangiga mosligi va h.k) o‘ziga xos yechimi, ifodaliligi, buyumning haridorgir ko‘rinishini ta’minlaydigan elementlari majmuiga (firma savdo belgisi, yorliq, qadoqlashga) bog‘liq bo‘ladi.
Ergonomik ko‘rsatkichlar buyumning insonga moslashganlik darajasini bildiradi. Ergonomika (ergon — mehnat, nomog — qonun) insonni muayyan faoliyat sharoitida o‘rganadigan hamda inson, buyum va atrofdagi muhitning o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarini o‘rganadigan ilmiy fandir.
Bu ko‘rsatkich kiyim inson qomatiga va uni kiyish sharoitiga, statika(harakatsiz holati) va dinamika(harakat holati)da uning ayrim (antropometrik) harakteristikalariga hamda psixo-fiziologik o‘ziga xos xususiyatlariga mosligini, shuningdek, gigiyenik va hokazo darajasini aniqlaydi.
Psixofiziologik ko‘rsatkichlar guruhi kiyimni odamning ruhiy va fiziologik xususiyatlariga mosligini aniqlaydi. Bu ko‘rsatkichlarga kiyim oson kiyilishi va yechilishi, kiyim ayrim elementlarining qulayligi hamda kiyimning massasini kiritish mumkin.
E k s p l u a t a s i o n ko‘rsatkichlar. Kagor sanoat mahsulotlari kabi kiyimga ham muhim ekspluatatsion ko‘rsatkich bo‘lgan «ishonchlilik» xosdir. Eksplutatsiya davrida kiyimning ishonchlilik ko‘rsatkichi detallarning shakl saqlovchanligi, chidamliligi, choklarning pishiqligi bilan harakterlanadi.
Texnik -iqtisodiy ko‘rsatkichlar konstruksiyaning texnik jihatdan mukammallik darajasini, ishlab chiqarish va iste’molchi harajatlarini hisobga olgan holda kiyimni loyihalash va texnologik usullarini bildiradi. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar ikkinchi darajada standartlash va unifikatsiyalash, konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik darajasi va tejamlilik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan.
S t a n d a r t l a sh va u n i f i k a s i ya l a sh ko‘rsatkichlari modellarning konstruktiv va texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanish darajasini ko‘rsatadi.
Standartlashning asosiy vazifalaridan biri - barcha yechimlar sonini minimal oqilona yechimlarga keltirishdir. Shu bilan birga mahsulotni loyihalash muddatini qisqartirishda hamda ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarish uchun sarf-harajatlarni kamaytirishda ko‘rinadi.
Unifikatsiyalash ham standartlashning usullaridan biri hisoblanadi. Uning vazifasi mahsulotning keng miqyosda tarqalgan tur, xil va o‘lcham tiplarini kamaytirishga qaratilgan.
K o n s t r u k s i ya n i n g i sh l o v b ye r i sh g a q u l a y l i k ko‘rsatkichi mahsulotni yaratish, ishlab chiqish va foydalanish bosqichlarida barcha mehnat, vaqt hamda boshqa vositalarning sarf -harajatlarini kamaytirishga qaratilgan, ya’ni ishlov berishga qulay bo‘lgan konstruksiya shakli sodda, ishlov berishda kam mehnat talab qiladigan, zamonaviy texnologik jarayonlarni qo‘llashga imkon beradigan va bichishda rejali bo‘lishi kerak.
I q t i s o d i y ko‘rsatkichlar iste’molchiga va ishlab chiqarishga oid talablarni o‘zaro bog‘lab, mahsulotni konstruksiyalash, ishlab chiqarishda texnologik ishlarni tayyorlash va ishlov berish hamda foydalanish jarayonlaridagi sarf-harajatlarni bildiradi.
Kiyimni ekspluatatsiya qilish jarayonida iste’molchiga oid sarf-harajatlarni, masalan, kimyoviy tozalashga, yuvishga va ta’mirlashga sarf qilingan harajatlarni ham iqgisodiy ko‘rsatkichlarga kiritish mumkin [
Elektr yuritgich elektron to‘xtatish qurilmasi yordamida boshqariladi. Mashina igna, ip tortgich, gazlama surish, moki mexanizmlaridan, avtomatik moylash sistemasi, ipni avtomatik qirqish va turli avtomatik qurilmalaridan tuzilgan. Igna yuritgich ramkasi germetik mahkamlanganligi, avtomatik moylash ishi va umumiy muvozanatlanganligi titrash va shovqinni kamaytiradi. Mashinada bajariladigan barcha texnologik jarayonlar elektron boshqaruv pulti yordamida boshqariladi.
DURKOPP 556-1101 xalqa yo‘rmash yarim avtomatik tikuv mashinasi kiyimlarning tugmalari uchun ikki ipli moki baxyaqatorlar yuritib halqa yo‘rmash uchun ishlatiladi. Asosiy valining aylanishlar soni 4500 ayl/min. Halqaning uzunligi 15,88, 1746, 1905, 2064 mm, halqa milkining kengligi 4 mm gacha. Mashinada krivoship-shatunli igna mexanizmi bo‘lib, u faqat vertikal harakat qilmay, balki mashina platformasining ko‘ndalangiga ham og‘a oladi; yan unda sharnir-sterjenli ip tortgich, chetlagich bilan ta’minlangan markaziy-naychali aylanma mokisi bor. Material faqat mashina platformasining uzunasiga harakatlanadigan bosish tepkisi yordamida suriladi. Pichoq izma teshigini izma yasalgandan keyin o‘yadi. Ustki ip uzilganida izma teshigini o‘yayotgan pichoq avtomatik to‘xtaydi. To‘xtash paytida mashina mexanizmlarining detallarini yeyilishdan saqlash uchun avtomatik ajratgichda halqa yasash oxirlab qolganda asosiy valning aylanish chastotasini kamaytiradign qurilma bor. Ustki ipning qirqichi esa platformaning tagida joylashgan.
Mashinada ignani sovutadigan kinematik qurilma bor. Izmani qirquvchi pichoq pnevmatik ta’sirda ishlaydi. Pichoqning to‘g‘ri burchakli kesish yuzasi va plastmassali kesuvchi blok ipni aniq qirqilishini ta’minlaydi. Agar mashina ishida nuqsonlar yuzaga kelsa (ip uzunligi, igna sinishi, naychada ip tugashi), maxsus o‘rnatilgan datchiklar bilan yuritma to‘xtatish qurilmasi o‘rtasida qisqa tutashuv bo‘lib, mashina avtomatik to‘xtaydi. Mashinada platformaga nisbatan ko‘ndalang va bo‘ylama izmalash bajarilishi mumkin.
PFAFF 3306-7/20-966/11 avtomati tugma qadash kostyum va paltolarga ikki va to‘rt tishli yassi tugmalarni ikki ipli moki baxyasi bilan qadashga mo‘ljallangan. Bosh valining aylanishlar soni 1800 ayl/min. Tugmalar yigirma marta igna sanchilganda qadaladi.
Mashinada krivoship-shatunli igna mexanizmi bor, ip uzatgich igna yuritgich orqali harakatlanadi, noteks aylanadigan chalishtirgich tebranma chetlatgich bilan ta’minlangan., tugmalar bilan material platformaning bo‘ylamasiga suriladi, lekin igna vertikal surilishdan tashqari mashina platformasining ko‘ndalangiga ham suriladi. Ip qirqish mexanizmi bor.
2.9. Tanlangan model hususiyatidan kelib chiqib gazlama tanlash va asoslash
Kuylaklik gazlamalar guruhi juda turli-tuman. Bu guruhga yozgi, qishki, mavsumbop va kimyoviy kompleks iplar qo‘shib to‘qilgan gazlamalar kiradi.
Yozgi gazlamalar kichik guruhiga siyrak, yupqa va yengil gazlamalar kiradi. Ular asosan gulli qilib ishlab chiqariladi, lekin oqartirilganlari ham bo‘ladi.
Ko‘ylaklik gazlamalarning yangi assortimenti asosan mayda gulli ba’zan esa yirik gulli o‘rilishdagi har xil gazlamalarni, shuningdek dokasimon gazlamalarni o‘z ichiga oladi.

Download 169.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling