O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 169.8 Kb.
bet1/7
Sana15.09.2023
Hajmi169.8 Kb.
#1679146
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dilsora kurs ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


“Himoyaga ruxsat etildi”

Texnologik ta‘lim kaf. mudiri::
__________ ________________
“___”_________________2023 yil.


“Texnologiya ta’limi” yo’nalishi, sirtqi III-kurs 020-38 s guruh talabasi


ISMATOVA DILSORA NURILLO QIZINING

Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash
fanidan

KURS ISHI



MAVZU: O’g’il bolalar kuylagi asos chizmasini konstruksiyalash va yozgi kuylak fasonida modellashtirish, andozalarini tayyorlash
Bajardi: _ _ ISMATOVA DILSORA ________


Ilmiy rahbar: ________

QARSHI - 2023
MAVZU: O’G’IL BOLALAR KUYLAGI ASOS CHIZMASINI KONSTRUKSIYALASH VA YOZGI KUYLAK FASONIDA MODELLASHTIRISH, ANDOZALARINI TAYYORLASH
Mundarija


Kirish…………………………………………………….....….………3
1.O’g’il bolalar kuylagi asos chizmasini konstruksiyalash
2.Kiyim konstruksiyasi hisobi…………………………………
3.Bolalar razmerlari tipologiyasi tuzilishining xususiyatlar …..
4.O’g’il bolalar yozgi kuylak fasonida modellashtirish……….
5.Model ko‘rinishi va tasnifi …………………………………
6.O’g’il bolalar kuylagi andozalarini tayyorlash…………….
Хulоsa………………………………………………………………...21
Adabiyotlar……………………………………………………..….…22







Kirish


Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi,madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi”.
Sh. Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining IX bobining 42-moddasida Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, ma’daniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning ma’daniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi. Hamda 56-moddasida O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy omillarning jamiyatlari, xotin-qizlar, fahriylar va yoshlar tashkilotlari ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqorolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Shu qonunlarga muvofiq Respublikamizda halq ijodkorlik tizimi rivojlanib kelmoqda. Yurtimiz ta’lim muassasalarida, ko’pgina oliy o’quv yurtlari talabalari uchun ular qoshida, maxsus ixtidorli yoshlar qoshida to’garaklar ish olib bormoqda. Shu to’garaklarga misol qilib joylarda tashkil etilgan “O’quvchilar ijodkorlik uyi”ni aytishimiz mumkin. Bular qizlar zardo’zchilik, tikuvchilik, qandolatchilik va boshqa to’garaklarga qatnashadilar.
Bolalar kiyimini loyihalash jarayoni konstruktordan ularning psixologiyasi, jismoniy rivojlanishi, fiziologiyasi va h.k. sohalar to‘g‘risida maxsus ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Birinchi navbatda bolalar kiyimi yengil, qulay va pishiq bo‘lishi kerak. Bolalar kiyimidagi eng ahamiyatli ko‘rsatkichi bu - kiyimning estitikaviyligidir. Chiroyli kiyim bolani ozodalik, botartiblik, saramjon - sarishtalikka o‘rgatadi va uning badiiy didini rivojlantiradi .
Tabiiy xomashyolardan qulay va sifatli tayyorlangan kiyim esa bolani harakatlanishi jarayonida muhim bo‘lib, turli teri tanosil kasalliklari va yurak xastaliklarini oldini oladi.
Ushbu kurs ishida berilgan vazifaga ko‘ra yozgi, havoni yaxshi o‘tkazuvchan, yengil va qulay zamonaviy ko‘rinishdagi maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar kuylagi eskiz modellarini yaratish, loyihalash, andazalarini ishlab chiqish shuningdek uni tikish texnologik jarayonlarini loyihalash asosida tejamkorlikka erishish, mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ichki va tashqi bozorlarga chiqishdan iborat.
O‘g‘il bolalar kuylagini konstruksiyasini qurish, modellashtirish va texnologik jarayonlarini loyihalashdan iborat.



1.O’G’IL BOLALAR KUYLAGI ASOS CHIZMASINI KONSTRUKSIYALASH


Kiyimni konstrutsiyalash jarayonini takomillashtirish hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoati oldida turgan juda muhim masalalardan biridir.
Ilgarilari kiyimni konstrutsiyalash deganda uning detallar chizmasini tushinilar edi. Aslida, kiyim-kechak ko‘plab ishlab chiqarilishi va ilmiy tadqiqot ishlari avj olishi natijasida konstrutsiyalash jarayonining mohiyati va mazmuni to‘g‘risidagi fikirlar o‘zgardi.
Maishiy xizmat sistemasida kiyim loyihalash o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Kiyimni loyihalash ishining asosini model tuzish va konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqarish tashkil etadi. Modellashtiruvchi tashkilotlar bu model va hujjatlarni modelning yo‘nalishiga hamda axolining talabiga qarab va yakka buyurtma tarkibiga kiyim tikadigan barcha korxonalar maksimal ravishda foydalana oladigan qilib tuziladi.
Ishlab chiqarish sistemasida kiyim loyihalash jarayoni uch bosqichni o‘z ichiga oladi.
Kiyim tikish bosqichda modellashtiruvchi bosh tashkilot har yili hamda kiyim loyihalashda muhim metodik ma’lumotlarni tayyorlaydi. Modaning yo‘nalishi bo‘yicha modaga mos formadagi va bichimdagi kiyimlarni loyihalash hamda tikishni o‘ziga xos tomonlari to‘g‘risida yangi materiallardan foydalanish haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqadi. Shuningdek baza konstruktorlik hujjatlarini va rassom ishi papkasini na’munasini tayyorlaydi, hamda bu mateiallarni korxonaning eksperimental xizmat mutaxasislariga yetkaziladi.
Ikkinchi bosqich- korxonani eksrerimental xizmat xodimlari modellashtiruvchi bosh tashkilotdan olingan materiallarga asoslanib kiyimlarni modaga mos modellari kolleksiyasini tuzdi. Kolleksiyaga kiritilgan modellar uchun konstruktorlik hujjatlari tayyorlanadi. Yaratilgan modellarning eskizlari rassom papkasiga joylashtirib ularni ishlab chiqarish uchastkalariga tarqatadi. Hamda mutaxasislarga ilg‘or ish metodlarini va kiyim bichishning yangi usullarini o‘rgatadi.
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarish uchastkalari sharoitida muayyan gavda uchun andoza tayyorlanadi. Bunga rassomning xizmati mutaxasislardan olingan konstruktorlik hujjatlaridan foydalaniladi.
Sohani yanada rivojlantirish maqsadida 2013 yilda 30 ta korxona ishga tushirilishi, 76 ta hududiy investitsion loyihaning amalga oshirilishi va barcha tumanlarda 1160 ta tikuvchilik sexi tashkil etilishi kutilgan edi va bunga erishildi
Bolalar kiyimi modelning shakli va hajmiga, chiziqlari va detallariga mos tanlangan gazlama va bezaklari, ularning rangi va tuzilishlari ko‘zni quvontirib, bahri-dilni ochmog‘i kerak. Birinchi navbatda bolalar kiyimi yengil, qulay va pishiq bo‘lishi kerak. Kiyimning tarbiyaviy ahamiyati ham ma’lum kuchga ega. Chiroyli kiyim bolani ozodalik, botartiblik, saranjom-sarishtalikka o‘rgatadi va uning badiiy didini rivojlantiradi [3].
Bolalar yozgi assortimentiga estetik va ekspluatatsion talablar qo‘yiladi.
Estetik ehtiyoj, go‘zallik qonunlariga ko‘ra insonning go‘zallikka va ijodga bo‘lgan talablarini bildiradi. Estetik ko‘rsatkichlar sinfi uch guruhga bo‘linadi: zamonaviy uslub va modaga mosligi, model kompozitsiyasining mukammallik arajasi va buyumning haridorgirligi.
Ekspluatatsion talabga - ishonchlilik xosdir. Ishonchlilik-tikuv buyumlarini iste’mol jarayonida ma’naviy yoki fizik yaroqsizlikka kelgan vaqt bilan o‘lchanadi.
Ekspluatatsiya davrida kiyimning ishonchlilik ko‘rsatkichi detallarning shakl saqlovchanligi, chidamliligi, choklarining pishiqliligi bilan xarakterlanadi.



  1. O‘g‘il bolalar ko‘ylagini loyihalash uchun quyidagi asosiy o‘lchovlar va qo‘shimchalar kerak bo‘ladi.

  2. BnYAA = 14( 5 sm Yeo‘CH = 15(3 sm

  3. KYAA = 32 sm YEK = 10 sm

  4. OrbU = 31 sm OlbU = 29 sm

  5. YelA = 19 sm KU = 45 sm

  6. OrK = 13(5 sm YEU = 39 sm

  7. OlK = 11(7 sm TU = 22 sm

  8. Qo‘shimchalar:

  9. QK = 6-8 sm bundan QOrK = 1(5 sm

  10. QOlK = 1 sm

  11. QEO‘ = 3(5 sm

  12. QElA = 6-8 sm

  13. QEo‘CH = 1(5-2 sm.

  14. 9.1. Ko‘ylakning to‘r qismi

  15. To‘g‘ri burchak chizilib( burchakka Bn nuqta qo‘yiladi.

  16. BnBl = OrbU = 31 sm (ort bo‘lakdagi bel chizig‘i).

  17. BnK = Yeo‘CH+QEo‘CH = 15(3+(1(5-2) = 17(3 sm.

  18. BnE = KU = 45 sm (ko‘ylak uzunligi).

  19. Bn( K( Bl( E nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi.

  20. KK1 = KYAA+QK = 32+(5-6) = 38 sm.

  21. K1 nuqtadan pastga etak qismi bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va mos ravishda Bl( E1 nuqtalar bilan belgilanadi.

  22. Bl1( Bn1 = OlbU = 29 sm (old bo‘lakdagi bel chizig‘i).

  23. Bn1 nuqtadan chap tomonga gorizontal chiziq o‘tkaziladi.

  24. KK2 = OrK+QOrK = 13(5+1(5 = 15 sm (orqa kenglikni aniqlovchi chiziq holati).

  25. K2 nuqtadan bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishish nuqtasi a bilan belgilanadi.

  26. K2K3 = YE1A:3+QElA = 19:3+3(5 = 9(8 sm (yeng o‘mizi kengligi).

  27. K1K3 = OrK+QOlK = 11(7+1 = 12(7 sm (old bo‘lak kengligini aniqlovchi chiziq).

  28. K3 nuqtadan bo‘yin chizig‘i bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishish nuqtasi a1 bilan belgilanadi.

  29. K2K4 = K2K3:2 = 9(8:2 = 4(9 sm (yon chiziq).

  30. K4 nuqtadan pastga etak bilan kesishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va Bl2( E2 nuqta bilan belgilanadi.




O‘g‘il bolalar ko‘ylagining chizmasi


9.2. Ort bo‘lak chizmasi


BnBn2 = BnYAA:3+1 = 14(5:3+1 = 5(8 sm (bo‘yin o‘mizi kengligi).
BnBn3 = BnBn2:3 = 5(8:3 = 19 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi).
Bn3( Bn2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.
BlYE = OrbU = 31 sm (yelka chizig‘ini aniqlovchi nuqta).
Bn2 va YE nuqtalar tutashtirilib( o‘ng tomonga davom ettiriladi.
Bn2YE1 = YelK+1(5 = 10+1(5 = 11(5 sm (yelka uzunligi).
Bn2v = 3 sm (vitochkagacha bo‘lgan oraliq).
qa parallel qilib vertikal chiziq o‘tkaziladi.
vv1 = 6 sm (vitochka uzunligi).
vv2 = 1(5 sm (vitochka kengligi).
v1v2 = 6 sm (vitochka ikkinchi tomon uzunligi).
v2 nuqtani YE1 nuqta bilan tutashtiriladi.
K2b = K2YE:2 (chizmadan olinadigan yordamchi nuqta).
K2O = 2 sm (bK2K4 burchak bissektrissasi).
YE1( b( O( K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi..
E2E5 = 1 sm (etak qismining kengayishi).
K4( E3 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi.
9.3. Old bo‘lak chizmasi


Bn1Bn4 = 1 sm (yordamchi nuqta( o‘rta chiziq holatini o‘zgartirish).
Bn4 va K1 nuqtalar tutashtirilib( etak qismi bilan kesishguncha davom ettiriladi.
Bn4Bn5 = BnBn2 = 5(8 sm (bo‘yin o‘mizi kengligi).
Bn4Bn6 = BnBn2 = 5(8 sm (bo‘yin o‘mizi chuqurligi).
Bn5( Bn6 nuqtalar tutashtirilib( o‘rtasidan pastga o‘tkazilgan perpendikulyarda 1(5 sm qo‘yiladi.
Bn5( 1(5 sm( Bn6 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.
a1YE2 = 1(5-2 sm (yelka chizig‘i o‘tadigan nuqta).
YE2 nuqta bilan Bn5 nuqta tutashtiriladi va chap tomonga davom ettiriladi.
Bn5YE3 = YelK = 10 sm (yelka kengligi).
K3b1 = K3a1:4 (yordamchi nuqta).
K3O1 = 1(5 sm (b1K3K4 burchak bissektrissasi).
YE3( b1( O1( K4 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi).
E2E4 = 1 sm (etak qismining kengayishi).
K4( E4 nuqtalar chizg‘ich yordamida tutashtiriladi.


9.4. O‘tkazma yeng chizmasi (57-rasm( a)



O‘tkazma yeng va yoqalar chizmasi

  1. To‘g‘ri burchak chizib( burchagiga A nuqta qo‘yiladi.

  2. AE = YEU = 39 sm (yeng uzunligi).

  3. Asos chizmasidagi YE1( YE3 nuqtalar tutashtiriladi( o‘rtasini topib X bilan belgilanadi va K4 nuqta bilan birlashtiriladi.

  4. AO = K4X-3(5 = 12(5-3(5 = 9 sm (yeng boshi balandligi( 3(5 sm – hamma razmerlar uchun).

  5. A( O( E nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi.

  6. AA1 = YelA+QElA = 19+(6-8) = 26 sm (yeng kengligi).

  7. A1 nuqtadan pastga vertikal chiziq o‘tkazilib( yeng boshi balandligi chizig‘i va etak chizig‘i bilan kesishgan nuqtalar O1( E1 bilan belgilanadi.

  8. Aa = AA1:2 = 26:2 = 13 sm (yeng o‘rtasi).

  9. a nuqtadan pastga vertikal chiziq o‘tkaziladi va E2 nuqta aniqlanadi.

  10. O1 va O nuqtalar a nuqta bilan birlashtiriladi.

  11. aO1 chiziq o‘rtasini O2 nuqta bilan belgilanadi.

  12. O1O2 chiziq o‘rtasidan pastga perpendikulyar o‘tkazilib( unda 1 sm qo‘yiladi.

  13. O2a chiziq o‘rtasidan yuqoriga perpendikulyar o‘tkazilib( unda 1 sm qo‘yiladi.

  14. Oa chiziq o‘rtasidan yuqoriga perpendikulyar o‘tkazilib( unda 1(5 sm qo‘yiladi.

  15. O( 1(5 sm( a( 1 sm( O2( 1 sm( O1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.

  16. EE2 chiziq o‘rtasidan perpendikulyarda pastga( E2E1 chiziq o‘rtasidan perpendikulyarda yuqoriga 1 smdan qo‘yiladi.

  17. E( 1 sm( E2( 1 sm( E1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi.

  18. EE3 = EE2:2 (taqilma o‘rni).

  19. E3E4 = 6-8 sm (taqilma uzunligi).

2.KIYIM KONSTRUKSIYASI HISOBI


Bolalar ko‘ylagida uchraydigan yoqalar


Yaxlit qaytarmali tik yoqa


To‘g‘ri burchak chizilib( burchakka A nuqta qo‘yiladi.
AA1 = BnYAA+(0(5-1) = 14(5+(0(5-1) = 15 sm (yoqa uzunligi).
Aa = 1-2 sm (o‘tkazma nuqtasi).
a nuqta A1 nuqta bilan birlashtiriladi va 3 bo‘lakka bo‘linadi( hamda I( II nuqtalar bilan belgilanadi.
I nuqtadan yuqoriga 0(3 sm qo‘yiladi.
A1 va II nuqtalar orasiga 2 ga bo‘linib( pastga 0(2 sm qo‘yiladi.
a( 0(3 sm( II( 0(2 sm( A1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi (o‘tkazma chizig‘i).
A1 nuqtadan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkaziladi.
aa1 = 7-8 sm (yoqa kengligi).
a1 nuqtadan gorizontal chiziq o‘tkazilib( A1 nuqtadan o‘tkazilgan vertikal bilan kesishgan nuqta V bilan belgilanadi.
VV1 = 3-5 sm (yoqaning uchi).
A1A2 = 2-2(5 sm (o‘tim haqi).
A2A3 = 0(5-1 sm (yordamchi nuqta).
A1A4 = 2-2(5 sm (yoqaning tik qismi).
a2A4 chiziq o‘tkazma, ya’ni aA1 chizig‘iga parallel qilib o‘tkaziladi.
A4 nuqta V1 nuqta chizg‘ich bilan birlashtiriladi.
A4 nuqta A3 nuqta bilan ravon egri chiziq bilan birlashtiriladi.


Ochiq bortli qaytarma yoqa (57-rasm( v)



  1. To‘g‘ri burchak chizilib( burchakka A nuqta qo‘yiladi.

  2. AA1 = BnYAA+1 = 14(5+1 = 15(5 sm (yoqa uzunligi).

  3. A1 nuqtadan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkaziladi.

  4. A1A2 = 1 sm (yordamchi nuqta).

  5. AA3 = AA1:2 (yoqaning o‘rtasi).

  6. A1( A2( A3 nuqtalar ravon egri chiziq yordamida tutashtiriladi.

  7. AV = A1V1 = 7-8 sm (yoqa kengligi).

  8. V1V2 = 3-5 sm (yoqa uchi).

  9. V2 nuqta A2 nuqta bilan birlashtiriladi.

  10. VV3 = 1 sm (yoqa kengligini to‘g‘rilash).

  11. V3 nuqta V1 nuqta bilan birlashtiriladi.



Download 169.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling