O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti


O’G’IL BOLALAR KUYLAGI ANDOZALARINI TAYYORLASH


Download 169.8 Kb.
bet4/7
Sana15.09.2023
Hajmi169.8 Kb.
#1679146
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dilsora kurs ishi

6.O’G’IL BOLALAR KUYLAGI ANDOZALARINI TAYYORLASH
Bolalar kiyimi loyihalanar ekan, o‘sish davri tana tuzilishida, mutanosibligida, tashqi qiyofasida, harakatlarida, odatlari va qiziqishlarida birin-ketin kuzatiladigan o‘zgarishlar hisobga olinadi. Bolalar katta bo‘lgan sari kiyimlarining komplekti va bezaklari o‘zgarib boradi.
Bolalar kiyimining shaklini, siluetini va bo‘linish chiziqlarini tanlashda birinchi navbatda bolalar qomatining mutanosibligi (boshi va tana uzunligining nisbati) o‘rganiladi.
Bolalar kiyimini loyihalash jarayonida, buyum uzunligini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buyum uzunligi bolalarning har yosh guruhiga mansub bo‘lgan tananing proporsiyasiga va oyoqlari uzunligiga bog‘liq holda tanlanadi, chunki kalta buyum fazoviy holda oyoqlarni uzunroq, qomatni xushbichimroq ko‘rsatadi. Bolalar kiyimining uzunligini asosan moda yo‘nalishi hal etadi.
Yasli yoshidagi va maktabgacha yoshdagi 3 yoshdan 6 yoshgacha o‘g‘il va qiz bolalar qomatlarining farqi oz. Bu yoshdagi bolalarga harakatchanlik va sport o‘yinlariga qiziqish xosdir. Kiyimga asosan qulaylik va tarbiyaviy talablar qo‘yiladi. Bolalar ozodlikka, ehtiyotkorlikka va mustaqil kiyinishga o‘rgatiladi. Kizlar kiyimiga sal yopishib turadigan trapetsiyasimon va to‘g‘ri siluetlar tavsiya etiladi. Yenglar o‘tqazma va yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin.
Bolalar kiyimini loyihalashda to‘g‘ri tanlangan materialning ahamiyati kattadir. Bolalar kiyimini tayyorlash uchun, arzonroq, yuqori darajali gigiyenik, ekspluatatsion va estetik sifatga ega bo‘lgan materiallar tavsiya etiladi.
Tadqiqotchilar ma’lumotlari bo‘yicha [3], gazlamaning rangi va guli bolaning kayfiyatiga ta’sir etadi. Eng kichik bolalarga tinchlatadigan (pastel) ranglar tavsiya etiladi.
Bolaning komfort holatini gigiyenik hususiyatlarga ega bo‘lgan, tabiiy tolali va yengil gazlamalar ta’minlaydi. Gazlamalar takroriy kir yuvishga chidamli va antistatik xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i darkor.
Bola kiyimining asosiy konstruksiyasi kattalar kiyimlarining hisoblari asosida tuziladi. Lekin har bir muayyan guruhga xos tipaviy qomatlarning tuzilishi va proporsiyalari hisoblash formulalarining erkin hid va koeffitsiyentlarida hamda konstruktiv uchastkalarning qo‘shimchalarida o‘z aksini topgan. Bolalar kiyimining konstruksiyasini tuzishda qo‘shimchalar qiymati model xususiyatlariga, siluetiga, tanlangan materiallarga bog‘liq holda kattaroq olindi [6].
Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar ko‘ylagini loyihalash uchun quyidagi asosiy o‘lcham va qo‘shimchalar kerak bo‘ladi: BnYaA=14,5 sm KYaA=32 sm OrbU=31 sm YelA=19 sm OrK=13,5 sm OlK=11,7 sm
QK=6-8 sm QYelA=6-8 sm QYeo,Ch=1,5-2 sm
Ulchamlar
Yeo'Ch=15,3 sm YeK=10 sm
OlbU=29 sm KU=45 sm YeU=39 sm
TU=22 sm Qo‘shimchalar
QOrK=1,5 sm QOlK=1,0 sm QYeO'=3,5 sm
3.2. Kiyim konstruksiyasi hisobi
Ko‘ylakning to‘r qismini qurish
1. BnBL=orbU=31 sm
2. BnK=Yeo,Ch+QYeo,Ch=15,3+(1,5-2)=17,3 sm
3. BnE=KU=45 sm
4. KK1=KYeA+QK=32+(6-8)=38 sm
5. BL1Bn1=OlbU=29 sm
6. KK2=OrK+QOrK=13,5+1,5=15 sm
7. K2K3=YelA/3+QYelA=19/3+3,5=9,8 sm
8. K1K3=OrK+QOlK=11,7+1=12,7 sm
9. K2K4=K2K3/2=9,8/2=4,9 sm
Ko‘ylakning ort bo‘lak chizmasini qurish
10. BnBn2=BnYaA/3+1=14,5/3+1=5,8 sm
11. BnBn3=BnBn2/3=5,8/3=1,9 sm
12. BlYe=OrbU=31 sm
13. Bn2Ye1=YelK+1,5=10+1,5=11,5 sm
14. Bn2v=3 sm
15. vv1=6 sm 16. vv2=1,5 sm
17. v1v2=6 sm
18. K2b=K2Ye/2
19. K2O=2 sm
20. E2E3=1 sm
Ko‘ylakning old bo‘lak chizmasini qurish
21. Bn1Bn4=1 sm
22. Bn4Bn5=BnBn2=5,8 sm
23. a1Ye2=1,5-2 sm
24. Bn5Ye3=YelK=10 sm
25. K3b1=K3a1/4
26. K3O1=1,5 sm
27. E2E4=1,0 sm
28. AE=YeU=39 sm
29. OE=K4X-3,5=12,5-3,5=9 sm
Ko‘ylakning o‘tqazma yeng chizmasini qurish
30. AA1=Yela+QYelA=19+(6-8)=26 sm
31. Aa=AA1/2=26/2=13 sm
32. EE3=EE2/2
33. E3E4=6-8 sm
Ko‘ylakning yaxlit qaytarmali tik yoqasi chizmasini qurish
34. AA1=BnYaA+(0,5-1)=14,5+(0,5-1)=15 sm
35. Aa=1-2 sm
36. aa1=7-8 sm
37. VV1=3-5 sm
38. A1A2=2-2,5 sm
39. A2A3=0,5-1,0 sm
40. A1A4=2-2,5 sm
Loyihalanayotgan modelni andazasini tayyorlash Andaza turlari va ularni qurish.
Detallar andazasining chizmasi ular konstruksiyasini, shakli va o‘lchamlarini, ishlov berish va bichishdagi texnik shartlarini ifodalaydigan texnik xujjatlar. Andazalarning chizmasi buyum tuzuvchi barcha detallarga, konstruktorlik xujjatlarning yagona sistemasi talablariga muvofiq tayyorlanadi. Kiyim detallari andazalarining chizmasi konstruksiyaning model hususiyatlari kiritilgun tehnik chizma asosida tavsiya qilingan materiallar hususiyatlari haqidagi va ularga texnologik ishlov berish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yordamida tuziladi. Andazalar chizmasi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
- konstruksiya chizmasi batafsil tekshiriladi;
- chizmaga gazlamaning kirishuvchanligi bilan bog‘liq aniqliklar kiritiladi;
- detallar chizmasining nushalari boshqa qog‘ozga tushiriladi;
- asosiy detallar andazalarining ishchi chizmasi quriladi;
- hosila va yordamchi andazalarning ishchi chizmalari quriladi;
- ishlab chiqarishda foydalanishga mo‘ljallangan andazalar chizmasidan andazalar shablonlari tayyorlanadi.
Qayd etilgan ketma-ketlik quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Konstruksiya chizmasini tekshirish maqsadida old va ort bo‘laklar, qirqma yon bo‘laklar, yenglar, ostki yoqa singari asosiy detallarning nusxasi mahsus moslama yordamida chizmadan qalin qog‘ozga ko‘chiriladi va qirqib olinadi. Qirqib olingan andazalar shablonida ko‘krak, bel, bo‘ksa chiziqlari, old o‘tar chizig‘i, vitochkalar, cho‘ntaklar chizig‘i va boshqa asosiy konstruktiv chiziqlar belgilanadi.
Ug‘il bolalar ko‘ylagini andazalarining spetsifikatsiyasi
3.1-jadval


Download 169.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling