O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 15.89 Kb.
Sana20.09.2023
Hajmi15.89 Kb.
#1681837
Bog'liq
Ergasheva U. Annotatsiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



Fakultet: Matematika-informatika
















Magistrant: Ergasheva U.B.

Kafedra: Informatika
















Ilmiy rahbar: dots.Yuldashev L.A.

O‘quv yili: 2021-2023.
















Mutaxassislik: Ta’limda axborot texnologiyalari



MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari, Talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish usullari, ta’lim jarayonida talabalarning intellektual kompetentligini rivojlantirish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, har bir boblar bo‘yicha xulosalar keltirilgan.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasida talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirishning pedagogik diagnostik parametrlari, talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirishning pedagogik-psixologik talablar, Pedagogik diagnostikaning umumiy tamoyillari, Pedagogik diagnostikani o‘tkazuvchi metodlar masalalarini bugungi kundagi eng dolzarb va eng muhim muammolardan biri sifatida o‘rganish rejalashtirilgan.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasidan foydalanuvchilar Talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha onlayn platforma ishlab chiqish, talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha web sayt yaratish foydalanishga oid malaka va kompetensiyasini oshiradi.
Ilmiy tadqiqot natijalari va magistrlik ishida ilgari surilgan g‘oyalardan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari samarali foydalanishlari mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlanishtirishning pedagogik-psixologik parametrlari takomillashtirilgan;
-kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’lim olishda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish aniqlangan;
-talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik diagnostik parametrlarini aniqlash bo‘yicha onlayn so‘rovnoma va web sayt ishlab chiqilgan.
Tadqiqot obyekti sifatida raqamli texnologiyalar muhitida talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini aniqlashda pedagogik diagnostika qilish jarayoni olingan.
Tadqiqot predmeti. Talabalarning intellektualva ijodiy qobiliyatlarini aniqlashning mazmuni, metodlari, shakli va vositalaridan iborat.



Ilmiy rahbar:




dots. I.A.Yuldashev










Magistrant:




U.B.Ergasheva

Download 15.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling