O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 0.57 Mb.
Sana25.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1119999
Bog'liq
Nodir




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
___________________________________Fakulteti
___________________________________Kafedrasi
____________________________________Fanidan

Mavzu:___________________________________________________
Guruh:__________
Bajardi:____________________________
Qabul qildi:__________________________

Toshkent-2023
Mavuz: O‘lchash vositalari va asboblarining turlari va vazifalari.

Reja
1. O`lchash vositalari va tizimlari haqida ma`lumot. 
2. O`lchashlarning tasnifi. O`lchash usullari. 
3. O`lchash xatoliklari va o`lchov asboblari haqida umumiy ma`lumotlar
4.Xulosa

O‘lchash — fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik vositalar yordamida aniqlash. Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalikni shunday fizik kattalik bilan takqoslanadiki, unga 1 ga teng bo‘lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o‘lchov birligi deyiladi.


O‘lchash natijasi — kattalikning o‘lchash usuli bilan, masalan, kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‘lchash natijasini tenglama ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:
yoki Q = U * q (1.1)
bu yerda, Q—o‘lchanayotgan fizik kattalik, U — o‘lchash natijasi yoki
o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati, q — fizik kattalik birligi.
(1.1) tenglama o‘lchashning asosiy tenglamasi deyiladi. Uning o‘ng tomoni o‘lchash natijasi deb yuritiladi. O‘lchash natijasi doimo o‘lchamli kattalik bo‘lib, u o‘z nomiga ega bo‘lgan q birlikdan hamda ayni birlikdan o‘lchanayotgan kattalikda nechta borligini anglatadigan U sondan tashkil topgan.
O‘lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita, bilvosita, birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullari yordamida topiladi. Laboratoriya amaliyotida va ilmiy tekshirishlarda birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi.
Bevosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan, uzunlikni chizg‘ich tizimdagi ko‘p shkalali, tor profilli asboblardan foydalaniladi.

O‘lchash axborotini bir xillashtirilgan chastotali signal bilan uzatish tizimi birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari asosida amalga oshirilib, bunda birlamchi o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan texnologik parametrni bir xillashtirilgan chastotaviy signalga o‘zgartiradi.


O‘zgartirish parametr → kuch → chastota sxemasi buyicha yuz beradi.
Kuch chastotali o‘zgartkichlarning ishlash prinsipi mexanik kuchlanishni torli elementning ko‘ndalang tebranishlar chastotasiga o‘zgartirishga asoslangan.

Tordan o‘zgaruvchan tok o‘tganda tor tebrana boshlaydi va unda shakliga ko‘ra sinusoydaga yaqin bo‘lgan EYUK induksiyalanadi. Torda kechadigan fizik jarayonlarga muvofiq uning magnit maydonidagi tebranishlarida tebranish konturi ko‘rinishiga ega bo‘lgan elektr sxema 2.10-rasmda berilgan.
Tebranish konturining parametrlari tor parametrlari bilan quyidagi munosabatlar orqali bog‘langan:
(2.5)
bu erda,L — ekvivalent induktivlik; V — doimiy magnit oralig‘idagi (tirqishidagi) induksiya; l — torning uzunligi; S — torning ko‘ndalang kesimi yuzi; G‘ — kuchlanish; S — ekvivalent sig‘im; ρ — tor materialning zichligi; v — havoga ishqalanish koeffisienti; R — tebranayotgan torning dinamik qarshiligi.
Ekvivalent sxemasidagi r qarshilik tor harakatsiz bo‘lganda uning aktiv qarshiligini ifodalaydi. Tor tebranayotganda sof aktiv qarshiliklarni o‘z ichiga olgan ko‘prik sxemasi chastota bog‘liqli elementlari bo‘lga ko‘prikka aylanadi O`lchash natijasida, odatda, o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Ko`pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati noma`lum bo`ladi va shu kattalikning qiymati o`rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymaglaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shuncha yaqin bo`ladiki, ko`zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. Kattalikning o`lchash usuli bilan topilgan qiymati o`lchash natijasi deyiladi. O`lchash natijasi bilan o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o`lchash xatoligi deyiladi. O`lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o`lchash xatoligi o`lchashning absolyut xatoligi deyiladi: ∆𝑋 = 𝑋 − 𝑋h (1.3) bunda ∆X – absolyut xatolik; X –o`lchash natijasi; Xh –o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati. O`lchash absolyut xatoligining o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati o`lchashning nisbiy xatoligi deyiladi. O`lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko`ra muntazam, tasodifiy va qo`pol xatoliklarga bo`linadi. Myntazam xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o`lchaganda o`zgarmas bo`lib qoladigan yoki biror qonun bo`yicha o`zgaradigan o`lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo`ladi, ularni tuzatmalar kiritish bilan yo`qotish mumkin. Kattalikni o`lchash natijasida olingan qiymatga muntazam xatolikni yuqotish maqsadida qo`shiladigan qiymat tuzatma deb agaladi. Odatda, muntazam xatoliklar instrumental (o`lchash asboblari), o`lchash usullari, sub`ektiv (noaniq o`qish), o`rnatish, metodik xatoliklariga bo`linadi. Instrumental xatolik deyilganda qo`llanayotgan o`lchov asboblari xatoliklariga bog`liq bo`lgan o`lchash xatoliklari tushuniladi. Yuqori aniqlikda o`lchaydigan asboblar qo`llanganda o`lchov asboblarining takomillashmagani orqasida kelib chiqadigan instrumental xatoliklar tuzatma kiritish usuli bilan yo`qotiladi. Texnik o`lchov asboblarining instrumental xatoliklarini yo`qotib bo`lmaydi, chunki bu asboblar ularni tekshirilganda tuzatmalar bilan ta`minlanmaydi. O`lchash usuli xatoligi deyilganda usulning takomillashmaganligi orqasida kelib chiqadigan xatolik tushuniladi. Ular, ko`pincha, yangi usullar qo`llanganda, mikdorlar orasidagi haqiqiy bog`lanishni taxminiy approksimasiya qiluvchi tenglamalardan foydalanilganda paydo bo`ladi. O`lchash usuli xatoligi o`lchov vositasi, xususan, o`lchash qurilmasi, ba`zida esa, o`lchash natijasi xatoliklarini baholashda e`tiborga olinishi lozim. Sub`ektiv xatoliklar kuzatuvchining shaxsiy xususiyatlaridan masalan, biror signal berilgan paytni qayd qilishda kechikish yoki shoshilishdan, shkala bir bo`limi chegarasida ko`rsatuvni noto`g`ri yozib olishdan, parallaksdan va hokazodan kelib chiqadi. Parallaksdan hosil bo`lgan xatolik deyilganda sanash xatoligiga kiradigan, shkala sirtidan biror masofada joylashgan strelkani shu sirtga perpendikulyar bo`lmagan yo`nalishda vizirlash (belgilash) natijasida kelib chiqadigan xatolik tushuniladi
Xulosa. Texnologik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish va rostlash mahsulot sifatini va ob'ektning texnologik kattaliklarini maqsadga muvofiq o'zgarishi to'g'risidagi va shuningdek energiya hamda moddiy resurslarning miqdor o'zgarishlari to'g'risidagi ko'p sonli o'lchov axborotlariga ishlov berish asosida olib boriladi. Ishlab chiqarish jarayonlari borishida texnologik kattalik (harorat, bosim, og'irlik, zichlik, namlik, mexanik ko'chish, kuchlanish, tezlik va boshqalar) o'zgarishi to'g'risidagi axborot o'lchov asboblari yordamida olinadi. Shu tufayli avtomatlashtirishda o'lchash usullari, texnik vositalar va o'lchash texnikasi to'g'risidagi qonunlarga amal qilib, o'lchash aniqliklarini oshirishga katta e'tibor beriladi.
Texnologik jarayon kattaliklarini o'lchash uning qay darajada borishi to'g'risida to'la ma'lumot olish imkonini beradi. Bu ma'lumot va kattaliklarning o'zgarishi esa o'lchov asboblari yordamida olindi.
O'lchash o'zgartgichi yoki datchik deb - o'lchanadigan kattalikni qabul qilish va uni avtomatik qurilmaning keyingi elementlariga uzatishga qulay signalga aylantirish uchun mo'ljallangan har qanday avtomatik rostlash sistemasining asosiy elementiga aytiladi.
O'lchash o'zgartgichlari mexanik va elektrik signali bo'lishlari mumkin. Mexanik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarida o'lchanadigan kattalik mexanik signalga, elektrik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarida esa elektrik signalning biror turiga aylantiriladi.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling