O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


-rasm. Bir pog’onali o’q chiziqli ventilyator sxemasi


Download 0.92 Mb.
bet2/4
Sana22.09.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1684693
1   2   3   4
Bog'liq
o\'q chiziqli ventilyatorlar

1-rasm. Bir pog’onali o’q chiziqli ventilyator sxemasi.

Yo’naltiruvchi apparat havo oqimi ishchi g’ildirakka kirayotganda uni burab berish uchun xizmat qiladi. Yo’naltiruvchi apparat kuraklari holatini o’zgartirib ventilyator ish rejimini o’zgartirish mumkin.


Shu ishni o’zini to’g’rilovchi apparat yordamida bajarish mumkin, bunda ishchi g’ildirak kuraklaridan chiqayotgan havo oqimi to’g’rilovchi apparatda to’g’rilanib dinamik bosim statik bosimga aylanadi.


Ko’p hollarda yo’naltiruvchi apparat bo’lmaydi, ventilyator ishchi pog’onasi ishchi g’ildirak va to’g’rilovchi apparatdan tashkil topgan bo’ladi.
Zamonaviy o’qiy ventilyatorlar TSAGI K-06 (k-buralgan (kruchenal) kurakli, 06-vtulka diametrini ishchi g’ildirakka nisbati) konstruksiyasida ishchi g’ildirak kuraklari burama, ya’ni ayrim elementlari o’zgaruvchan burchak ostida bo’ladi. Bu o’z navbatida aerodinamika talablariga javob berib, ventilyator F.I.K. ni oshiradi, bunda havo oqimining radial yo’nalishidagi harakati bo’lmaydi.

2-rasm. O’q chiziqli ventilyator sxemasi.
O’q chiziqli ventilyatorning asosiy qismlari va konstruktiv tuzilishi
Horijiy mamlakatlar (Germaniya, Chexiyada va boshqa mamlakatlarda ) ishlab chiqariladigan meridianal tezlangan oqimli-turboo’qiy ventilyatorlar qo’llanilmoqda (3-rasm) ishchi kuraklar chegarasida ko’ndalang kesim qisqarib borgani uchun oqim tezligi oshib boradi. Bunday payitda oddiy ventilyatorlardan farq qilib ventilyatorda dinamik bosim hosil bo’ladi u to’g’rilovchi apparat 4, va diffuzor 6 da statik bosimga aylanadi.
Turboo’qiy ventilyator oddiy o’qiy ventilyatorga qaraganda (bir hil sharoyitda) kattaroq bosim hosil qilib kamroq shovqinga ega.
Bir pog’onali o’qiy ventlyatorlar 2 kPa gacha bosim hosil qilib, bosimni oshirish uchun ko’p pog’onali bo’lishi kerak.
Asosan kon korxonalarida ikki pog’onali o’qiy ventilyator keng qo’llaniladi. Xorijiy davlatlarda uch va to’rt pog’onali o’qiy ventilyator ham qo’llaniladi.
Kon sanoatida ko’p turdagi o’qiy ventilyator keng qo’llaniladi. Asosan hozirgi paytda quyidagi turdagi ventilyator ishlatilmoqda: VOD, VOK, VOKD, VOKR (V-ventilyator, O-o’qiy, K-kuraklari buralgan, D-ikki pog’onali, R-reverslik).
Hozirgi paytda K-06 seriyadagi bir pog’onali buralgan kurakli VOK va ikki pog’onali buralgan kurakli VOKD turlari keng qo’llanilmoqda. 3-rasmda VOK-1,5 ventilyator qurilmasi ko’rsatilgan.




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling