O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


-rasm. O’q chiziqli bir pog’onali ventilyator VOK-1.5


Download 0.92 Mb.
bet3/4
Sana22.09.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1684693
1   2   3   4
Bog'liq
o\'q chiziqli ventilyatorlar

3-rasm. O’q chiziqli bir pog’onali ventilyator VOK-1.5.
1-ishchi kurak, 2-tekislovchi apparat, 3-kojux, 4-kollektor, 5-old tomon obtekatel, 6-aylana diffuzor, 7-korennoy val, 8-transmissiyali val, 9-radial podshipnik, 10-radial-tayanch podshipnik, 11-tishli mufta, 12-rama.

Ishchi g’ildirakning buralgan kuraklari po’lat varaqlardan payvandlanib tayyorlanadi yoki alyuminiyda quyma holda yasaladi.


Kuraklar ishchi g’ildirak vtulkasiga konus zatvorlar yordamida mahkamlanadi. Havoni ishchi g’ildirakka bir tekisda zarbasiz keltirish uchun o’qiy ventilyatorlar kollektor va oldingi oqib o’tuvchi qism bilan jihozlangan.
Bosh ventilyator qurilmalarining o’qiy ventilyatorlarining texnik tavsifi 1-jadvalda keltirilgan O’qiy ventilyatorlar reversiv mashina bo’lib ishchi g’ildirak aylanish yo’nalishini o’zgartirib, havo oqimining yo’nalishini o’zgartirishi mumkin. Bunda bosim va unumdorlik nihoyatda pasayadi. SHaxta sharoyitida ko’pincha havo oqimining yo’nalishini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Havo oqimining yo’nalishini o’zgartirganda kerakli ko’rsatgichlarga erishish uchun (havo oqimi miqdori o’rtacha ko’rsatkichning 60% dan kam bo’lmasligi kerak) Dongiprouglemashda to’g’rilovchi-yo’naltiruvchi apparat ishlab chiqilgan, bu apparatlar bilan VOKR turidagi ventilyatorlar jihozlangan.
Xorijiy davlatlarda gorizontal o’qli ventilyatorlardan tashqari vertikal o’qli ventilyatorlar ham qo’llaniladi.
Ulardan foydalanish qurilish hajmini kamaytirib ishchi g’ildirakka havo kelishini yaxshilaydi.

1-jadval
Bosh ventilyator qurilmalari o’qiy ventilyatorlarining texnik tavsifi



Ko’rsatkichlar

Ventilyator turlari

VOK-1

VOKD-1

VOK-1,5

VOKD-1,5

VOKD-1,8

VOKD-2,4

VOKD-3,0

VOKD-3,6

Ishchi g’ildirak diametri, m

1,0

1,0

1,5

1,5

1,8

2,4

3,0

3,6

Pog’onalar soni

1

2

1

2

2

2

2

2

Aylanish tezligi, 1/min

1460

1460

980

980

730

600

500

375

Ishchi g’ildirak tashqi aylanasidagi chiziqli tezlik, m/sek

76,5

76,5

77,0

77,0

68,8

75,5

78,6

70,8

Unimdorlik (ishchi zonada), m3/sek
Minimal
maksimal

5
20



5
23



11
47



12
53



16
69



30
134



43
222



56
288



Statik bosim (ishchi zonada), Pa
Minimal
maksimal

600
1500



850
2800



600
1500



1180
3180



940
2530



1130
3050



950
3120



770
2530



Maksimal statik f.i.k.

0,72

0,74

0,723

0,77

0,77

0,77

0,74

0,74

Valdagi quvvat, kvt
Minimal
maksimal

10
37

10
70

20
85

34
162

35
165

82
390

116
820

122
860

Massasi, kg

1815

2410

5360

6790

9370

19350

33900

46200

Asosiy o’lchamlari, mm
Uzunligi
Balandligi
Eni

3085
1615
1350

3480
1615
1350

6750
2160
1915

7250
2100
1915

9036
2450
2300

15425
3390
3430

18570
4160
4300

15970
4686
4600

O’qiy ventilyatorlar quyidagi elementlardan tuzilgan: Kollektor obtekatel(kok),ishchi g’ildirak, yo’naltiruvchi apparat, to’g’rilovchi apparat, diffuzor va chiqish qismlari.


4-rasm. Bosh shamollatish ventilyatorlarini ishlatish chegarasi.
st ≥ 0.6 bulganda).


O’q chiziqli ventilyatorning ishlash prinsipini

Kollektor ventilyatorning kirish qismida o’rnatilib havo oqimini ventilyatorga bir tekisda kirishiga xizmat qiladi.


Bundan tashqari havo oqimi kam qarshilikka uchrab uning tezligi Si1 oshadi.
Obtekatel (kok) yarim sfera formaga ega bo’lib havo oqimining ventilyator kuraklariga bir tekisda zarbasiz kirishini ta’minlaydi.
Ishchi g’ildirak ventilyatorlarda oddiy va buralgan kuraklar o’rnatilgan vtulkadan iborat bo’lib ventilyatorlarda asosiy a’zo hisoblanadi.Ishchi g’ildirakda kuraklar tuzilishi shunday tanlanadiki ishchi g’ildirak atrofida o’qiy yo’nalishda tsirkulyatsiya hosil bo’lsin, radial yo’nalishda tsirkulyatsiya bo’lmasligi kerak.
Agarda radial yo’nalishda tsirkulyatsiya natijasida hosil bo’ladigan bo’lsa bir xalqasimon qatlamdan ikkinchisiga havo oqib o’tadi, natijada ko’p energiya behuda sarflanadi.
Tezlikning radius bo’ylab bunday o’zgarilishi kuraklar konstruksiyasida kurak eni v va burchaklar va o’zgaruvchanligi natijasida erishish mumkin.
Shuning uchun zamonaviy o’qiy ventilyator larda buralgan va uzunligi bo’ylab o’zgaruvchan kesimli kuraklar qo’llaniladi.
Bundan tashqari ventilyatorlar ish rejimiga kuraklar bilan qobiq orasidagi oraliq ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Nisbiy oraliq (kurak uzunligiga bo’lingan oraliq)
Sifatli tayyorlangan ventilyatorlarda 0,8-1,0% tashkil qiladi. Agarda nisbiy oraliq 1,5% kamayadi.
Bunda yuqori bosim bor joydan kam bosimli tomonga havo oqimi paydo bo’lib, bosim tushadi.
Yo’naltiruvchi va to’g’rilovchi apparatlar qo’zg’almas yoki buraluvchi kuraklardan tashkil topgan bo’lib umumiy venetsga mahkamlanadi.
Asosiy ko’rsatgichlari: panjara qadami v/t, o’rnatilish burchagi kurak qirqimining aerodinamik tavsifi. Ventilyatorlarni bir qancha ish rejimlarida ishlatish uchun yo’naltiruvchi va to’g’rilovchi apparatlar buriladigan bo’lishi kerak.
Diffuzor va chiqish qismi dinamik bosimni statik bosimga aylantirib berish uchun xizmat qiladi. Diffuzorning asosiy ko’rsatkichlaridan biri uning kengayish koeffitsienti.
K= = (6.2)
Bu yerda:F1, F2- ko’ndalang kesim yuzalari
Ca1, Ca2- diffuzorga kirish va chiqishdagi havo oqimining tezligi.
Va diffuzorning nisbiy uzunligi
L=L/D ,bu yerda : L-diffuzor uzunligi, m
D-diametri, m
Shaxta ventilyatorlarida ochilish konusi burchaklari =30 va =60 nisbiy uzunligi
L=2 qabul qilingan
Havo oqimini meridional tezlashtiradigan ventilyatorlarda kirish tezligiga nisbatan meridional tezligi 1,5-2,0 baravar katta bo’ladi. Natijada diffuzorda dinamik bosim katta bo’ladi. Meridional bir pog’onali ventilyatorlar oddiy o’qiy ventilyatorlarga qaraganda katta bosimga ega bo’ladi va F.I.K. ( =0,87 0,89) ancha yuqori bo’ladi.
Ikki pog’onali o’qiy ventilyatorlar o’rniga ularni ishlatsa bo’ladi, ularning tavsifi ancha yotiq bo’lib, barqaror bo’lmagan ish rejimi va shovqin darajasi kamroqdir. So’ngi paytlarda bunday ventilyatorlar kon korxonalarida joy ventilyatorlari sifatida keng qo’llaniladi.
So’ngi paytlarda VOD (VOD-1, VOD-16, VOD-21, VOD-30, VOD-40 va VOD-50) turidagi ventilyatorlar ko’plab ishlab chiqarilmoqda (sonlar ventilyatorlar tashqi diametrini detsimetrda ko’rsatadi). Ushbu ventilyatorlar Artyomovsk mashinasozlik zavodidan chiqariladi. VOD turidagi o’qiy ventilyatorlar uncha chuqur bo’lmagan shaxta va rudniklarni shamollatish uchun mo’ljallanib, umumshaxta depressiyasi 4kPa-dan oshmasligi kerak.
VOD turidagi ventilyatorlar VOD-11-dan tashqari reversiv ishlaydigan qilib tayyorlangan bo’lib, teskari ishlaganda xavfsizlik qoidalari bo’yicha 60% unumdorligini bera oladi. Ushbu ventilyatorlar suruvchi va haydovchi sxemalari bo’yicha qo’llash mumkin.
Ventilyatorlar VOD-21, VOD-30, VOD-40 va VOD-50Dongiprouglemashda K-84 (K-burilgan kuraklar, 84-tezlik koeffitsienti) aerodinamik sxema bo’yicha va N.E.Jukovskiy nomidagi TSAGI institutlarda ishlab chiqilgan.
VOD-16 ventilyatori Artyomovsk mashinasozlik zavodida tayyorlanib M-1 aerodinamik sxema bo’yicha M.M.Fyodorov nomidagi IGMTK va A.E.Jukovskiy nomidagi TSAGI-da ishlab chiqilgan, boshqa VOD turidagi ventilyatorlardan farqi ishchi g’ildiraklari bir-biriga qarama-qarshi tomonga aylanadi.
Ishchi g’ildiraklarda 12 ta kuraklar mahkamlangan (VOD-16-ning 2-pog’onasida 10 ta kurak) bo’lib kuraklar o’rnatilishi 15-450 burchak ostida o’rnatiladi. Havo oqimini orqaga harakatlantirganda yo’naltiruvchi apparat 1530-ga buriladi.
VOD va VOKD turidagi o’qiy va markazdan qochma VTSD turidagi ventilyatorlarning sanoatda qo’llanilishi chegaralari umumiy grafigi 4 va 5 rasmlarda ko’rsatilgan. SHaxta yoki ruda konlari ventilyatorlarini tanlashda ushbu grafikdan foydalanish mumkin.
Ventilyatorlar VOD-21, VOD-30,VOD-40 va VOD-50 lar konstruktiv tuzilishi bir-biriga o’xshash bo’lib 4.5 - rasmda VOD-30 ventilyatorining umumiy ko’rinishi tasvirlangan.
Ventilyator ishchi g’ildiraklardan 1va 2 qobiq, o’rtadagi yo’naltiruvchi 3 va to’g’rilovchi 5 apparatlardan, buruvchi mexanizmlardan 4 va 6, oldingi obtekateldan 7, asosiy val 8-dan, transmissiya vali 12-dan, kollektordan 9, diffuzordan 10 va tormozdan 11 iborat. Ventilyator rotori elektr yuritma 13 bilan transmissiya vali 12 va mufta 14 orqali ulanadi.
Shaxta yoki ruda konida surish ventilyatsiya sxemasida havo ventilyatorga ventilyatsiya tarmog’idan keltiruvchi kanal I orqali kelib, diffuzordan siqib chiqaruvchi kanal II orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
VOD turidagi ventilyatorlarning ishchi g’ildirak kuraklari, profillangan, vint shakldagi, payvandlanib-parchinlangan, ichi bo’sh, xvostovigi bo’lib ikki varaq shaklda tayyorlangan, materili po’lat yoki alyuminiydan yasaladi.
Kuraklar vtulkaga mahkamlanadi va ventilyator to’xtagan paytda kuraklarni qo’lda 15-450 burchakka burish mumkin.
Ventilyator rotori oldingi va orqa podshipnikda aylanadi.
VOD turidagi ventilyatorlar elektromagnitli kolodkali tormoz bilan jihozlangan bo’lib rotorni aylanishini 2-2,5 minut davomida to’xtatadi.
VOD-21, VOD-30, VOD-40 va VOD-50 ventilyatorlari elektr yuritma aylanishini teskari tomonga aylantirib va bir paytning o’zida yo’naltiruvchi va to’g’rilovchi apparatlarning kuraklarini burib havo oqimi teskari tomonga beriladi. VOD turidagi ventilyatorlarning texnik tavsifi 3-jadvalda berilgan.
2-jadval

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling