O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi international school of finance technology and science nodavlat oliy taʼlim muassasasi
Download 109.5 Kb.
|
oliy matematika fan dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.To‘plamlar nazariyasining asosiy tushunchalari
- 8.Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
III. SEMINAR MASHGʻULOTLAR BOʻYICHA KOʻRSATMA VA TAVSIYALAR
Seminar mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Seminar mashgʻulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Buyuk sharq allomalarining matematika fani rivojiga, qo‘shgan hissalarini o‘rganish.Tarixiy va qiziqarli masalalarni yechish.2.To‘plamlar nazariyasining asosiy tushunchalari3.Matematik mantiq elementlari4.Binar munosabat va graflar nazariyasi asoslari.5.Kombinatorika elementlari6.Vektor fazo va chiziqli akslantirish7.Analitik geometriya elementlari8.Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika9.Matematik tahlilning asosiy tushunchalari va metodlari.IV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLARTalabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni echish ko‘nikmasini ta’lim qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar. Mustaqil ta’lim uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: Matematikaning rivojlanish davrlari. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining matematikaga qo‘shgan hissalari Mulohazalar hisobi. Predikatlar va kvantorlar. Induksiya va deduksiya. Matematik induksiya metodi. Aksiomatik usul. Yevklid “Negizlari”. Yevklid geometriya. To‘plamlarning lingvistik talqini. Matnning mantiqiy strukturasi. Teylor qatori Matematik lingvistikaning asosiy masalalari Tub sonlar. Arifmetikaning asosiy teoremasi Zanjirli kasrlar Turli sanoq sistemalari haqida Dirixle prinsipi. Isbotlanishning standart usullari Irrasional va trassendent sonlar. Paradokslar va sofizmlar. Matematik rebuslar. Matematika etyudlari. Muntazam ko‘pyoqlilar. Platon jismlari. Asosiy sonli to‘plamlar. In'eksiya, syur'eksiya va bieksiya. To‘plam quvvati. Sanoqli va sanoqsiz to‘plamlar. π soni haqida. Mashhur qadimiy masalalar. Fibonachchi sonlari. To‘rt buyoq muammosi. Pifagor sonlari. Fermaning buyuk teoremasi. Qiziqarli topologiya. So‘zlar kombinatorikasi. Matematik naqshlar. Matematik o‘yinlar. Shaklli sonlar. Oltin kesim Kassini ovallari va Bernulli lemniskatasi Teylor qatori. Graflar. Kyonigsberg ko‘priklari xaqidagi masala. Tabiatdagi simmetriya. Fraktallar. Matnlarning statistik tahlili. Chastotali lug‘at. Informasiya va uning hajmi. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling