O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mamlakat iqtisodiyotida iqtisodiy hamkorlikning tutgan o’rni va ahamiyati
Download 58.92 Kb.
|
kurs ishi
3. Mamlakat iqtisodiyotida iqtisodiy hamkorlikning tutgan o’rni va ahamiyati
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik faoliyati deganda - O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir. O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Xalqaro iqtisodiy hakorlikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; 2. Xalqaro iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi; 3. Savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi; 4. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik; 5. Xalqaro iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. Ma’lumki, xalqaro iqtisodiy faoliyatning asoslaridan biri eksport va import tashkil etadi. Shu sababli, mazkur bo’limda eksportning iqtisodiy rivojlanishdagi roliga atroflicha to’xtalib o’tamiz. Eksport atamasi inglizcha “export”, lotincha “exporto” so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, “olib chiqaman”, “chetga chiqaraman” degan ma’nolarni anglatadi. Eksport deganda aslida tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalarni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib o’tish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish (reeksport) ham eksportga kiradi. Mamlakatning o’zida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar eksport tarkibi milliy iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni bilan bog’liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar eksport qilish xos bo’lsa, qoloq, agrar iqtisodiyotga ega bo’lgan mamlakatlar eksportida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol o’ynaydi. Yakka ziroatchilik xo’jaliklari hukmron bo’lgan mamlakatlar eksportida ko’pi bilan ikkita tovar turi asosiy o’rinni egallaydi. Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiy-texnika aloqalaridan va boshqa xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar ko’rinmas eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda. Har qanday davlat uchun eksport import va chet ellarda boshqa xarajatlarni to’lash uchun zarur bo’lgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun mo’ljallangan ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashning turli shakllarini keng qo’llaydi (soliq imtiyozlari va boshqa moliyaviy ko’maklar; eksportni davlat tomonidan kreditlash). Eksportni cheklash aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yuli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar eksporti ba’zan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga ko’ra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yo’qolib borayotgan hayvonlar yoki o’simliklar turlarini, milliy madaniy-badiiy boyliklarni asrash va boshqalar). O’zbekistan Respublikasining bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar eksporti bojxona rejimida, bojxona to’lovlari to’langanidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi. Ko’pgina mamlakatlarda eksport tovarlari qo’shilgan qiymat solig’idan va shunga o’xshash soliqlardan ozod qilinadi. Jahon savdo tashkiloti doirasida savdo qilishning yangi tartibi tashqi savdoni boshqarish bo’yicha ba’zi choralarni qo’llash imkoniyatini cheklab qo’ydi. Shunga qaramasdan, agar turli «ruxsat berilgan» subsidiyalardan, «to’lov balansi» haqidagi xalqaro savdo qonunlarining savdo bilan bevosita bog’liq bo’lmagan bandlaridan oqilona foydalanilsa va xalqaro savdo qoidalarini ijodiy talqin qilinsa, manevr qilish uchun sezilarli imkoniyatlar tug’iladi. Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan singari mamlakatlar o’z bozorlarini himoya qilish uchun juda baland tariflar va qatiy kvotalar o’rnatmadilar. Ammo, ko’plab «norasmiy» choralar qo’llandi. Bu mamlakatlarda davlat chet elliklar uchun murakkab bo’lgan savdo tizimini ko’plab cheklovchi qoidalar, andozalar, sifat tavsiyalari va hokazolar joriy etdi. Xorijiy raqobatchilarning mamlakat ichkarisidagi bozorlarga kira olmasliklarini ta’minlash uchun «g’amxo’rlik» qildi. Bu mamlakatlarda ko’pchilik kompaniyalar davlatdan yoki davlat yordamida imtiyozli kredit oldilar, kreditlar berishda «norasmiy» tarzda firmalar chet el tovarlarini imkon boricha sotib olmasliklari ko’zda tutildi. Bu mamlakatlar importni qiyinlashtirish uchun banklar bilan turli kelishuvlar, ruxsatnomalar va shunga o’xshash boshqa «norasmiy» cheklovlardan foydalandilar. Aholi o’rtasida ham, jumladan, ommaviy axborot vositalari yordamida chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olmaslik to’g’risida keng targ’ibot ishlari olib borildi. Intеnsiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni ko’rsatadi: - jahon хo’jaligida хalqaro mеhnat taqsimoti darajasining chuqurligini; - an’anaviy хalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kеngayishi va хaraktеrining o’zgarganligini (u ko’p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga to’g’ridan-to’g’ri хizmat qila boshlaydi); - kapital migratsiyasining intеnsivlashganligini; - ilmiy-tехnik bilimlar almashuvining tеzlashganligi va shuningdеk хizmatlar sohasining rivojlanganligini; - ishchi kuchi migratsiyasining sеzilarli darajada o’sganligini (хalqaro ishchi kuchi migratsiyasi хalqaro хo’jalikning baynalminallashuvining muhim qismi bo’lib qolmoqda); - davlatlar va mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy intеgratsiyalashuv jarayonlarining tеzlashishi va kеngayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va krеdit-moliya sohasida erishilgan yutuqlar darajasi jahon хo’jaligining shakllanishini ko’rinishi bo’lib хizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chеgaralarining mavjudligiga qaramay umumiy хo’jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko’rsatadilar. Хo’jalik hayotining baynalminallashuvi tushunchasi ortida alohida davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi ko’p darajali jahon хo’jalik aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi6. Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning o’sib borayotgan o’zaro aloqa va o’zaro bog’liqligini хaraktеrlaydi. ХХ asrda ayirboshlashning baynalminallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuviga aylanadi, ilmiy-tехnika inqilobi (ITI) ta’sirida rivojlanishda sеzilarli turtki oladi (ХХ asr 50-yillarining o’rtalari). Хalqaro iхtisoslashuv va ishlab chiqarish koopеratsiyasi kеskin o’sdi. Yirik miqyosdagi iхtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlab, u obyektiv ravishda milliy chеgaralardan chiqa boshlaydi. ITI ta’sirida ishlab chiqarishning baynalminallashuvi shunday holatni yuzaga kеltiradiki, u har qanday mamlakat uchun «shaхsiy ishlab chiqarishga» ega bo’lish foydasiz bo’lib alohida milliy iqtisodiyotlar esa yanada ko’proq jahon хo’jaligiga intеgratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaхassislar bilan almashish yanada baynalminal хaraktеrga ega bo’ladi. Ushbu aloqalar va rivojlanishining istiqboli shakllanish qonuniyatlarini tеkshirish Shuni ko’rsatmoqdaki, jahon хo’jaligini rivojlanishining asosiy tеndеnsiyasi bo’lib kapital, tovar va хizmatlarning yagona planеtar bozorini tashkil qilish va alohida davlatlarni yagona jahon хo’jaligi majmuiga birlashtirishga bo’lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini хalqaro iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida o’rganish zaruriyatini kеltirib chiqaradi. Bu esa хalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha qilib aytganda yuqoriroq darajasidir. Jahon iqtisodiyoti va ХIMda globalizatsiya fеnomеnini ikki tomonlama, ya’ni makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ko’rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya – bu, davlatlar va alohida mintaqalarning chеgaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat ko’rsatishga bo’lgan umumiy intilishlari tushuniladi. Bunday intilishlarning ko’rinishlari - libеralizatsiya, savdo va invеstitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.lar hisoblanadi. Mikroiqtisodiy darajadagi globalizatsiya esa korхona faoliyatining ichki bozor chеgaralaridan tashqarida kеngayishi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki ko’pmilliy yo’nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon bozori yoki «jahon uchligi» (Shimoliy Amеrika, G’arbiy Yevropa, Yaponiya) bozorlarini o’zlashtirishda yagona yondashishni tushuniladi. Shunday qilib, hozirgi zamon nazariyalari va jahon tajribasi davlatning iqtisodiy rivojlanish va eksportga yo’naltirilganlikni ta’minlashda ko’p funksiyalari va muhim rol o’ynashini ta’kidlaydi. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishda hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasi va eksportga yo’naltirilgan taraqqiyotni tartibga solishda jahon tajribasidan keng foydalanish lozim. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etish tajribasining etarli bo’lmaganligi va ushbu sohada tajribaga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislarning etishmasligi namoyon bo’ldi. Hatto, iqtisodiyotning o’zi ham xalqaro bozor talablariga va raqobat muhiti shart-sharoitlariga moslashmaganligi sezilar edi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatimiz jahon bozorlarining asosiy qonuniyatlari va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga integratsiyalashuvi shartlari haqida nihoyatda chegaralangan bilimlarga ega edi. Shunday qilib, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishga, dunyoning turli mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, avvalo, tashqi savdoni takomillashtirish orqali jahon bozor tizimiga integratsiyalashish tomon yo’l tutdi. Bugungi kunda eksportni rivojlantirish bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, ishlab chikarishni rivojlantirishga, investitsion faoliyatni rag’batlantirishga yo’naltirilgan davlatning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas bir qismidir. Eksportni kengaytirish — respublikaga erkin muomaladagi valyutaning kirib kelishini kuchaytirish hamda milliy valyutani barqarorligini ta’minlaydi. Download 58.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling