O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 58.92 Kb.
bet9/11
Sana06.10.2023
Hajmi58.92 Kb.
#1694206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

O’zbekiston-Germaniya ikki tomonlama aloqalari an’anaviy keng ko’lamli harakterga ega bo’lib, turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.
Germaniya O’zbekistonning Yevropadagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2017-yil yakunlariga ko’ra, o’zbek-german savdo aylanmasi hajmi 620,0 million AQSh dollari, 2018-yilda 778,7 mln. AQSh dollarini, 2019 yilda 980,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 329,9 million yevrodan oshgan.
O’zbekistonda nemis madaniyati va tilini o’rganishga katta qiziqish mavjud. Nemis tili respublikada eng ko’p tarqalgan chet tillari orasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Hozirgi paytda oliy ta’lim sohasida Germaniyaning 30 dan ortiq oliy o’quv yurtlari bilan sheriklik aloqalari o’rnatilgan bo’lib, talabalar, mutaxassislar va pedagog kadrlar almashinuvi yo’lga qo’yilgan. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin, Samarqand va Bremen, Buxoro va Bonn shaharlari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim rol o’ynaydi.
O’zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ushbu mamlakatga amalga oshirilgan tashrif chog’ida yaratilgan.
Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda. Mamlakatlar o’rtasida muntazam ravishda turli darajadagi tashriflar amalga oshirilmoqda. Oxirgi bir necha yil davomida O’zbekistonga Britaniyaning 50 dan ziyod delegatsiyalari tashrif buyurgan. Tomonlar tashqi siyosiy idoralar o’rtasidagi maslahatlashuvlar hamda Afg’oniston bo’yicha muloqotni amalga oshirib kelmoqda.
2019-yilda O’zbekiston bilan Buyuk Britaniya o’rtasidagi savdo aylanmasi 115,9 million AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport 33,5 million AQSh dollari, import 82,4 million dollarga teng bo’ldi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda, jumladan ta’lim sohasida. Toshkentda 2002-yildan buyon Xalqaro Vestminster universiteti faoliyat yuritib kelmoqda, Kembridj universiteti bilan hamkorlikda esa poytaxtimizda Yuqori texnologiyalar o’quv-eksperimental markazi tashkil etilmoqda.

Download 58.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling