O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 58.92 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIYOT” KAFEDRASI
- TOSHKENT – 2023 Mundarija
- Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“ IQTISODIYOT” KAFEDRASI «GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH» fanidan KURS ISHI Mavzu: O‘zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtiodiy hamkorligi Bajardi: Abdufattoyev Taxir Tekshirdi: Ganıyev Bahtıyor
Mundarija
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki, bundan 30 - 35 yil oldin mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalar tugul, tashqi aloqalarning o’zi yo’q edi. Umuman, sobiq mustabid tuzum davrida u nihoyatda og’ir ahvolga tushib qolgan, biryoqlama rivojlangan, paxta monopoliyasi avj olgan, asosan, xom ashyo yetkazib berishga moslashgan zaif va nochor iqtisodiyotga ega yarimmustamlaka darajasidagi respublika bo’lgan. O’zbekiston istiqlolga erishgach, qator davlatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’ya boshladi. U taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri, davlat siyosatining muhim jihati sifatida belgilab olindi. Pirovardida ulkan tabiiy va ilm-fan salohiyati, qudratli eksport imkoniyatlariga ega bo’lgan mustaqil mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o’rni hamda obro’-e’tibori yangi bosqichga ko’tarilib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yanada yuksaltirish, eksportbop mahsulotlar turini ko’paytirish, eng muhimi, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvimiz uchun emin-erkin sharoit yaratdi. Milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyati jadal rivojlanib, tobora raqobatga bardoshli bo’lib bormoqda. Eksport korxonalar faoliyatining eng muhim yo’nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi. Bugungi kunda deyarli ko’pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to’liq jalb etilgan bo’lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o’zlashtirmoqda. Bularning bari faol tashqi iqtisodiy aloqalarimizning natijasidir. Shuning uchun tashqi iqtisodiy hakorligimizni faol rivojlantirib borishimiz zarur. Bu haqda Prezident Sh.Mirziyoev quyidagi fikrlarni ta’kidlab o’tganlar: “Tashqi iqtisodiy sohada hali ishga solinmagan katta imkoniyat va zaxiralar mavjudligini ta’kidlash lozim. Bu borada biz Markaziy Osiyo mamlakatlari va yirik sheriklarimiz – Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishni davom ettiramiz”. Yuqoridagilar biz tanlagan kurs ishi mavzusi katta nazariy va amaliy hamda shu bilan bir qatorda dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Kurs ishining maqsadi O’zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish va undagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - xalqaro iqtisodiy hamkorlik tushunchasi mazmun-mohiyatini ochib berish; - xalqaro iqtisodiy hamkorlik munosabatlari bo’yicha mavjud qarashlarni tadqiq etish; - mamlakat iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy hamkorlikning tutgan o’rni va ahamiyatini organish -O’zbekistonning bugungi kungi iqtisodiy hamkorligi natijalari holatini tahlil qilish; Kurs ishining obyekti xalqaro iqtisodiy hamkorlik, undagi mavjud qarashlar hamda nazariyalar hisoblanadi. Kurs ishining predmeti mamlakatimizda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi. Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning xalqaro iqtisoiy hamkorlik munosabatlarini tartibga solinishi, uning zaruriyati va ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va o’zaro mazmunan bog’langan 5 ta rejadan iborat bo’lib umumiy hajmda 42 betni tashkil qiladi. 1.Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tushunchasi va mazmuni Iqtisodiy adabiyotlarda, xususan, xalqaro iqtisodiy fanlar tizimida, “xalqaro iqtisodiyot tushunchasini xalqaro iqtisodiy munosabatlaming bir ko’rinishi, formasi sifatida alohida tadqiq etadilar. Forma - bu o’ziga xos bir ko’rinish, ma’lum bir jarayon, hatti-harakatda xalqaro munosabatlaming namoyon bo’lishi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim ko’rinishlaridan biri. Jahon xo’jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan xalqaro iqtisodiy hamkorlikning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy sub'ektlari - davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. 20-asrning 80-yillaridan e'tiboran, xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng ko’lamda qamrab oldi, tashki va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va to’lov – hisob kitob sohasi, migratsiya va kapital chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit moliya tizimlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiy-texnika va ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida ro’yobga chiqarishning eng maqbul yo’li hisoblanadi. Jahon davlatlari o’zlarining tub ichki manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda xalqaro iqtisodiy hamkorlikning muayyan yo’nalishlarida faollik ko’rsatadilar. Masalan, sanoati rivojlangan mamlakatlarning axborot texnologiyalari savdosida, xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy tizimlar faoliyatida yuqori mavqe bilan ishtiroki kuzatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ishchi migratsiyasi, kapital kiritish, investitsiey tovarlar importi yo’nalishlariga ustuvorlik beradilar. O’zbekistonda mustaqillik yillarida jahon xo’jaligiga chuqurroq integratsiyalashish maqsadida xalqaro iqtisodiy hamkorlik bir necha yo’nalishlarda rivojlantirilmoqda. Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish, mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish shular jumlasidandir. Keyingi yillarda O’zbekiston ishchi kuchini eksport qilish borasida ham xorij mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Xalqaro maishiy munosabatlar tarixi xalqaro savdo tarixi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Tarixiy nuqtai nazardan olib qaraganda bu xalqaro iqtisodiy a’loqalaming dastlabki ko’rinishi hisoblanadi. U bir martalik tashqi savdo munosabatlaridan keng ko’lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikkacha bo’lgan yo’lni bosib o’tgan. Xalqaro bozor bu bir-biri bilan uzviy bog’liq va bir-biri bilan turli iqtisodiy hamkorlik yo’llari orqali hamkorlik qiladigan ichki, milliy bozorlaming yig’indisini o’zida namoyon etadi. Xalqaro bozor o’z ishtirokchilari o’rtasidagi raqobat natijasida ishlab chiqarish va eksport, xalqaro mehnat taqsimoti darajasi rivojlanishini aniqlab beradi. AQSH, Germaniya, Yaponiya va boshqa shu kabi davlatlar eksport tovarlarida ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktiv mehnatga qaratilgan xarajatlar hajmi oshib bormoqda, va umuman olganda, rivojlangan davlatlaming asosiy “mutaxasisligi” ilmiy, yuqori texnologiya talablariga javob beradigan tovarlar yetkazish bo’lib bormoqda. Ayni mana shu omillar, xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro mutaxasislikning neotexnologik modellari shakllanishiga olib kelmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish joizki, ilmiy-texnologik inqilob bu o’rinda o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Zamonaviy shart-sharoitlarda xalqaro mehnat taqsimoti yo’nalganligiga ko’ra texnologik mehnat taqsimoti bilan almashib bormoqda, ya’ni turli davlatlaming ma’lum bir mahsulotga yoki uning detaliga moslashish jarayoni shakllanib bormoqda. Zamonaviy xalqaro savdo yanada ko’proq va shiddatliroq ravishda yetkazib beruvchi va iste’mol qiluvchi o’rtasidagi uzoq muddatli va barqaror munosabatlar tizimiga aylanib bormoqda. Bunday munosabatlaming asosida bevosita ishlab chiqarish texnologik jarayoni bo’yicha xalqaro aloqalaming rivojlanishi yotadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir. 10 Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdo- iqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi, transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro bog’liq masalalrni kompleks hal etish Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir - xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi; BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar, konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular jumlasidandir; - tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi -Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq, investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta boshladi. Download 58.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling