III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Fanni o‘qitishda axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, fanni to‘liq o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan texnologiyalar), interfaol metod (“T-chizma”, “BBB”, “Tushunchalar tahlili”, “Aqliy hujum”, “Klaster” “Zigzag”, “Birgalikda o‘qiymiz”, “FSMU” va boshqa)lar hamda “Keys-stadi” texnologiyasi qo‘llaniladi. Bundan tashqari darslik, o‘quv qo‘llanmalar, tarqatma materiallardan foydalanish nazarda tutilgan.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;
referat tayyorlash;
elektron taqdimot tayyorlash;
mavzu bo‘yicha albom tayyorlash;
mavzu bo‘yicha loyiha yaratish;
mavzu bo‘yicha dialogik matn tuzish;
monologik matn tuzish;
terminlar lug‘atini tuzish;
matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish;
badiiy asarni mutolaa qilish;
she’r yodlash;
mavzu bo‘yicha bahs-munozaraga tayyorlanish;
esse yozish;
maqola yozish;
maqolaga taqriz yozish;
hikoya tuzish;
ommabop maqola tayyorlash;
reportaj tayyorlash;
klaster tuzish;
mavzuga oid so‘zlardan krossvord tuzish;
berilgan ma’lumotlardan jadval tuzish;
ish yuritish hujjatlaridan namunalar tayyorlash;
darslik va o‘quv qo‘llanmalarining boblari va mavzularini o‘rganish.
Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari:
Til va nutq ekologiyasi
“O‘qituvchi kasbi” mavzusi doirasida terminologik minimum
“Mutaxassisligim haqida” mikromavzu doirasida terminologik glossariy
Kasbiy muloqot odobi
“Astrofizika asoslari” matni tahlili (mutaxassislikka oid matnlar ustida ishlash)
Sohaviy terminlarning yasalishi
Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari
Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari
Kasbga oid adabiyotlar annotatsiyasi
Ilmiy maqolaga rezume yozish
Mutaxassislikka oid internet maqolasiga taqriz yozish
Mutaxassislikka oid mavzu bo‘yicha taqdimot tayyorlash
Guruh majlisi bayonnomasini tayyorlash
Rezume va uning turlari
Soha lug‘atlari haqida ma’lumot
Sohaga oid qisqartmalar ro‘yxati va izohi
Tahliliy, faktik, baholovchi turdagi kasbiy nutq.
Autentik matnlar ustida ishlash (sohaga oid matnlarning til xususiyatlarini o‘rganish).
Mavzu bo‘yicha dars ishlanmasini tayyorlash
Matn tiplari: tasvir, hikoya, mulohaza (mutaxassislikka oid matnlar misolida)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |