9-mavzu. Ikkinchi tartibli egri chiziqlar. Tekislik.
Ikkinchi tartibli egri chiziqning ta’rifi. Aylana. Ellips. Giperbola. Parabola. Aylana, ellips, giperbola va parabola konus kesimlar sifatida. Sirt tenglamasi. Tekislikning normal vektori. Berilgan nuqta orqali oʻtuvchi tekislik tenglamasi. Tekislikning umumiy tenglamasi. Tekisliklar orasidagi burchak. Ikkita tekislikning parallelik va perpendikulyarlik shartlari. Nuqtadan tekislikkacha boʻlgan masofa.
10-mavzu. Fazoda toʻgʻri chiziq.
Fazodagi toʻgʻri chiziq tenglamasi. Toʻgʻri chiziqning kanonik tenglamalari. Ikkita nuqta orqali oʻtuvchi toʻgʻri chiziq tenglamasi. Ikki toʻgʻri chiziq orasidagi burchak. Toʻgʻri chiziq va tekislikning parallellik va perpendikulyarlik shartlari.
11-mavzu. Ikkinchi tartibli sirtlar.
Sfera tenglamasi. Tsilindrik sirtlar. Konus sirtlar. Aylanma sirtlar. Ellipsoid. Giperboloid. Paraboloid.
III. Аmаliy mаshgʻulotlаr boʻyichа koʻrsаtmа vа tаvsiyalаr
Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Vektorlar ustidagi chiziqli amallar. Vektorning koordinatalari va nuqtaning koordinatalari. Affin koordinatalar. Koordinatalari bilan berilgan vektorlarning yigʻindisi, ayirmasi va vektorning songa koʻpaytmasi.
Kesmani berilgan nisbatda boʻlish. Vektorlarning skalyar koʻpaytmasi va uning xossalari.
Determinantlar nazariyasi elementlari.
Ikki vektorning vektor koʻpaytmasi. Uchta vektorning aralash koʻpaytmasi.
Chiziqli tenglamalar sistemasini determinantlar yordamida yechish. Matritsalar va ular ustida amallar.
Chiziqli tenglamalar sistemalarining umumiy nazariyasi.
Tekislikda chiziq tenglamasi. Qutb koordinatalar sistemasi. Berilgan ikki nuqtadan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq tenglamasi.
Kesmada toʻgʻri chiziq tenglamasi. Toʻgʻri chiziqning burchak koeffitsienti. Berilgan nuqtadan oʻtuvchi berilgan vektorga parallel toʻgʻri chiziq tenglamasi.
Tekislikda ikki toʻgʻri chiziq orasidagi burchak. Nuqtadan toʻgʻri chiziqqacha boʻlgan masofa.
Ikkinchi tartibli egri chiziqlar. Aylana, ellips, giperbola va parabola. Ikkinchi tartibli egri chiziqning umumiy tenglamasi.
Ellipsoid. Giperboloid. Paraboloid.
Amaliy mashgʻulotlarda mavzularga oid misol va masalalar yechish ishlari bajariladi.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |