Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
- esse – dolzarb mavzu boʻyicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;
- dokladlar tayyorlash;
- kurs ishi yozish;
- konspekt yozish;
- glossariy tuzish;
- individual va guruhiy oʻquv loyihasi;
- keys-topshiriqlarini bajarish;
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
- manbaalar bilan ishlash;
- infografika tuzish;
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;
- darsdan tashqari mashgʻulotlar ishlanmalarini tayyorlash;
ta’lim yoʻnalishi(mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari:
Chiziqli erkli va chiziqli bogʻlanishli vektorlar.
Kollinear va komplanar vektorlar.
Vektorlar yordamida fizik masalalarni echish.
Minorlar va algebraik toʻldiruvchilar.
Algebraik toʻldiruvchilar orqali determinant qiymatini hisoblash.
n – tartibli determinantlar va ularning xossalari.
n – tartibli determinantlarni hisoblash.
Kroneker-Kapelli teoremasi.
Toʻgʻri chiziqning parametrik tenglamasi.
Normal tenglama. Toʻgʻri chiziq tenglamasini normal holga keltirish.
Parallel toʻgʻri chiziqlar orasidagi masofa.
Toʻgʻri chiziq va tekislikning oʻzaro vaziyati.
Ikkinchi tartibli chiziqlarning urinmalari.
Ekssentrisitet. Direktrisa. Assimptota. Fokal radiuslar.
Umumiy tenglama bilan berilgan ikkinchi tartibli chiziqlarni sinflarga ajratish.
Fazoda ikki tekislik orasidagi burchak.
Fazoda tekislik va toʻgʻri chiziq orasidagi burchak.
Fazoda ikki toʻgʻri chiziq orasidagi burchak.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |