Asosan mustaqillik arafasida adabiyotshunos va tarixchi olimlar M. Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat singari “xalq dushmanlari” hayoti va ijodini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Asosan mustaqillik arafasida adabiyotshunos va tarixchi olimlar M. Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat singari “xalq dushmanlari” hayoti va ijodini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ana shunday davrda M. Behbudiyni va umuman, jadid adabiyotini o‘rganishga bel bog‘lagan olimlarning biri va birinchisi filologiya fanlari nomzodi Solih Qosimovdir. Afsuski, uning bu tadqiqoti hozirgacha topilmagan. Lekin uning vafotidan keyin bosilgan “Behbudiy va jadidchilik” degan maqolasi Behbudiy hayoti va faoliyatini yangi tarixiy davr talablari asosida o‘rganish ishida muhim voqea bo’ldi. Bundan tashqari, fan nomzodlari Sherali Turdiyev, Ahmad Aliyev, Sirojiddin Ahmad, shuningdek, Normurod Avazov Behbudiy hayoti va ijodini o‘rganish ishiga muhim hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, filologiya fanlari doktori Begali Qosimov va filologiya fanlari nomzodi Halim Saidov behbudiyshunoslikning fan tarmog‘i sifatida shakllanishida birinchilardan bo‘ldilar. Ulardan tashqari, shubhasiz, filologiya fanlari doktori Hamidulla Boltaboyev, filologiya fanlari nomzodlari Ibrohim G‘afurov va Boybo‘ta Do‘stqorayevning shu sohadagi xizmatlari ham kattadir. Behbudiy hayoti va adabiy faoliyati bilan shug‘ullangan adabiyotshunoslarning bir qismi uning 1874-yilda, ikkinchi qismi esa 1875-yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Bunday ikki xil fikrni hijriy yil milodiy yil hisobiga o‘tkazishda xato bor yoki yo‘qligidagi qarashdan kelib chiqqan. Behbudiy hayoti va adabiy faoliyati bilan shug‘ullangan adabiyotshunoslarning bir qismi uning 1874-yilda, ikkinchi qismi esa 1875-yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Bunday ikki xil fikrni hijriy yil milodiy yil hisobiga o‘tkazishda xato bor yoki yo‘qligidagi qarashdan kelib chiqqan. Ammo bugun aniq aytishimiz mumkinki, Turkistondagi milliy uyg‘onish davrining otashin jarchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand viloyatining Baxshitepa qishlog‘ida dunyoga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |