O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Pul taklifining kengaytirilgan modeli; Pul multiplikatori


Download 0.5 Mb.
bet7/8
Sana28.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1729564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul bozorida muvozanat (2)

Pul taklifining kengaytirilgan modeli; Pul multiplikatori.

Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli xamda pulning bir kismini depozitlardan nakd pullarga okib o`tishni xisobga olgan xolda yoziladi. Bu model bir kator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:

    • Pul bazasi (rezerv pullar, yukori kuvvatli pullar) – bank tizimidan tashkaridagi nakd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saklaydigan depozitlar summasi;

    • Deponentlash koeffitsienti – Cr = S/ D

Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MB=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin:
Cr +1
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB
Cr + rr
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul mul’tiplikatori deb yuritilib bir so`mlik pul bazasi xisobiga necha so`mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko`rsatadi. Pul mul’tiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko`rinishida yozish mumkin:
Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1
M = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr mikdori – axolining o`z mablaglarini nakd pullar va depozitlar o`rtasida kanday proportsiyada saklashni tanlashga boglik.
Rr = R / D mikdori esa – axolining nafakat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saklab turishni mo`ljallanayotgan ortikcha rezerv mikdoriga xam boglik.Demak, pul taklifi pul bazasi va pul mul’tiplikatori mikdoriga boglik ekan.Pul mul’tiplikatori pul bazasining bir mikdorga oshishi natijasida pul taklifi kanday o`zgarishini ko`rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta`sir etish yo`li bilan tartibga soladi.Mamlakatda pul mikdori ko`payadi, agar:

    • pul bazasi o`ssa;

    • Majburiy zaxiralash normasi pasytirilsa;

    • Tijorat banklarining ortikcha rezervlari kamaysa;

    • naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.

Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko‘rsatadi.
(M/P)s = M*/P*
Bu yerda: M – pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o‘zgaruvchi )ni ko‘rsatadi.
Real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog‘liqBo‘lmagan vaziyatni ko‘rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko‘rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Bu holat foiz stavkasi qanchalik o‘zgarishiga qaramasdan real pul taklifi
miqdori o‘zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi. Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko‘rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o‘zaro teng. O‘zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o‘zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‘z aktivlari tarkibini o‘zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o‘zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo‘lsa, pul taklifi unga bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy agentlar o‘zlarida to‘planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi. Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni(kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o‘sishini ko‘zda tutib) sotib olish foydali bo‘ladi. Banklar, Ms> Md bo‘lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o‘z avtivlari tarkibini o‘zgartirishi va Banklar tomonidan foiz stavkasining o‘zgartirilishi oqibatida pul bozoridamuvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayonro‘y beradi. Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o‘zgarib turishi pul bozorining ekzogen o‘zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o‘zgarishi natijasida ham ro‘y beradi.Grafik ko‘rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo‘ladi. Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o‘sishi (9.3-rasm) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko‘tarilishiga olib keladi. Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko‘tarilishiga va muvozanat nuqtasining o‘zgarishiga olib keladi.
p
ul bozorida muvozanatni o‘rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, pul bozorida muvozanatni ta’minlashda yuqorida keltirib o’tilgan fikrlarimizdanda, balki yana bundan anchayin yaxshiroq yoki bundanda samaraliroq fikrlar chiqishiga ishonamiz


Lekin shunga qaramasdan, yuqorida qo’limizdan kelgancha bizlarga yuklatilgan topshiriqninibajarishga ya’ni berilgan mavzumi qo’ldan kelgancha yoritib berishga harakat qildik
Bu mavzuyimiz doirasida pul bozorida muvozanatni o’rnatish to’g’risida va shu bilan birga “ pul” atamasining asl ma’nolari haqida, pulning turlari, funksiyalari va uning rivojlanish tarixiga hamnazar tashlagan bo’ldik Albatta bundan tashqari pulga bo’lgan talab, taklif tushunchalari, pulning agregatlari va shu bilan birga pul bozoriga yuqorida ta’kidlab o’tganlarimizning ta’sirlarini ko’rib o’tdik
Yuqorida berilgan fikrlardan shuni aytish joizki, birinchi navbatda pul- bu to’lov, jamg’arish, va qiymat funksiyalarini bajaruvchu yuqori likvidli tovar hisoblanadi Pul tushunchasi faqatgina naqd pullar cheklanib qolmasdan, uning tarkibiy elementlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratiladi Makroiqtisodiy tahlilda ko’proq e’tibor M1 va M2 agregatlarga qaratiladi
Pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab , extiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig’indisidan iborat bo’ladi
Pulga bo’lgan talab xajmi YaIM xajmi, baxolardarajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog’liq
Umumiy pul taklifi nafaqat horijiy xisoblardagi mablag’lardan balki aholi qo’lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi, deponentlash koeffitsiyenti va pul bazasi miqdoriga bog’liq
Mahsulot bozorida bo’lgani kabi, pul pulga bo’lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtasida kesishadi Mahsulotlar bozorida bunday muvozanat nuqtasi narxlar tengligiga asoslasa, pul bozorida es bunday nuqta tenglikni foiz stavkasimi belgilaydi
Yuqorida mavzuga doir asosiy tushunchalar keltirib o’tildi desam adashmagan bo’laman Yuqorid ata’kidlab o’tilganlar asosida pul bozorida muvozanat o’rnatiladi va agar muvozanat buziladigan bo’lsa yuqorida ta’kidlab o’tilganlar yordamida yana qayta tiklanadi


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling