O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Download 0.5 Mb.
bet4/8
Sana28.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1729564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul bozorida muvozanat (2)

Pul agregatlari.

Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi darajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvilidlik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda – M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
“M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining
Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ; M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar”
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1 ga talab tezroq
O’ssa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o’sadi.



  1. Pul bozori muvozanatnining tahlili;

    1. Pulga talab nazariyalari;

Pulga talab nazariyalariga o’tishdan avval, yuqorida juda ko’p ta’kidlab o’tilgan “pul bozori”ga ta’rif keltirib o’tsak.
Pul bozori - moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi. Pul bozori turlari:

  • Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bozori.

  • Кredit resurslari bozori.

  • Banklararo depozitlar bozori.

Pulga bo’lgan talab nazariyalari asosan 2tani tashkil etadi:

  1. Pulga talabning klassik nazariyasi;

  2. Pulga talabning keynscha nazariyasi.

1.Pulga talabning klassik nazariyasi.
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi:
M · V = P · Y
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM.
V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
M · V = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
M= P*Y/V
Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo’ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k×PY
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
K – koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu yerda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi.
2.Pulga talabning keynscha nazariyasi.
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi:

  1. Transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);

  2. Ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni Saqlash);

  3. Spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga Talab).

Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi.
Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz Stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi.

Pulga talab grafigi.
Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz:
M/R = f(R)
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Daromadlar darajasi;

  2. Pulning aylanish tezligi;

  3. Foiz stavkasi.

Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi.
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo’ladi:
(M/P) D =f (R, Y);
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:
(M/P)D = kY – hR
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur’atini ayirib topiladi.


    1. Download 0.5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling