O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti
Download 0.5 Mb.
|
Pul bozorida muvozanat (2)
Pulning nazariy asoslari;
Pul haqida tushuncha va pulning funksiyalari; Pul haqida bir nechta olimlar o’z fikrlarini bildirib o’tgan. Ulardan oldin esa pulning o’zi nima ekanligi haqida tasavvurga ega bo’lib olishimiz zarur. Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.1 Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi: Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi. Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi. Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi; Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi). Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi.Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha.Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi.Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi». Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomilasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tarixiy manbalarga ko’ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’ozdan pul sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan. K.Marks, A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan hoda pulni vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan bog’laydi: Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli. Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga to’g’ri kelib tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda mahsulot ayriboshlash uchun ishlab chiqarilmagan, lekin uni ortikchasi tasodifiy shaklda ayirboshlangan. Tasodifiy ayirboshlash mehnat mahsulotining tovarga aylanganligini ifodalaydi. Ayriboshlash natijasida tovar mahsuloti o’ziga teng qiymatli ekvivalent mahsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida iste’molni qondirish birinchi darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash esa ikkinchi darajali masala sifatida qaralgan. Masalan, 1 bolta = 20 kg don. Qiymatning to’la yoki kengaygan shakli Tovar ayriboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaytirilgan shakliga o’tilgan. Bunday ayriboshlashda bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki bir nechta tovarlar ishtirok etadi. Masalan, Sudanliklarda 10-15 bosh qo’y 10 Qop tuz 20-30 bosh echki 2 bosh buqaga ayirboshlangan. Bunda o’z qiymatini boshqa tovarga ayirboshlanayotgan tuz nisbiy qiymat shaklida, qolganlari, ya’ni qo’y, echki va buqa esa qiymatni o’zida ifoda etuvchi material bo’lib xizmat qiladi va ularning qiymati ekvivalent qiymat shaklida turadi. Qiymatning umumiy shakli Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan mahsulotlar soni ham ortib boradi va ayirboshlashda murakkab holat vujudga keladi. Biror bir tovar sohibi ushbu tovarni o’zining iste’moliga zarur bo’lgan boshqa bir tovarga ayirboshlanishi uchun avvalom bor o’zining tovariga ehtiyoji bo’lgan boshqa bir iste’molchini topmog’i kerak bo’ladi, ayirboshlash murakkablashib uning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Asta-sekin tovarlar orasida hamma tovarlarga ayirboshlanaoladigan va hamma tovarlar qiymatini o’zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha mahsulotlar uchun umumiy ekvivalentga aylanadi. Masalan: 1 qop bug’doy 10 kg choy 10 kg qaxva 10 bosh qo’y 0.5 tonna temir 2 unsiya (35.6 gramm) oltin Bunda umumiy ekvavalent vazifasini 10 bosh qo’y bajargan. Qiymatning pul shakli Mahsulot ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar, mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiqni, tovar ayirboshlashning zaruriyatini yuzaga keltiradi. Turli mamlakatlarda turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblangangaligi bu jaryonning taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi. Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovarlar ajralib chiqadiki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvavalent sifatida qo’llanila boshladi. Bu vazifani dastlab qimmatbaho metallar mis va kumush, keyinchalik oltin bajaradigan bo’ldi. Oxir oqibatda oddiy tovar ko’rinishidagi umumiy ekvavalent o’rniga pul shaklidagi umumiy ekvavalent, ya’ni pul maydonga chiqdi. Masalan: 1 qop bug’doy, 10ta qo’y, 10 kg choy 2 unksiya (35.6 gramm) oltin, 40 kg qaxva, 0.5 tonna ko’mir. Bunda oltin oddiy tovar emas, balki pul ko’rinishini oladi. Umuman pul o’z taraqqiyyotida 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan: Tovar shaklida – “qo’yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha; Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX – asrlar; Qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar; Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o’rtalaridan; Shuni ta’kidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bo’lib: Ularni qiymati yuqori, hajmi kichik. Ular bo’linuvchan, ular bo’linganda sifatini yo’qotmaydi. Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, ko’mganda ham). Ularni olib yurish qulay. Bir og’irlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir turdagi mo’yna bir-biridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar. Pul iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettirib quyidagi funksiyalarni bajaradi: Qiymat o’lchovi – pul umumiy ekvivalent sifatida o’zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o’lchay oladi. Tovarni qancha turishi pulda belgilanadi. Buyumlarni og’irligi, eni va bo’yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan o’lchaganday tovarlarning narxi pul bilan o’lchanadi. Har bir mamlakatning o’z pul birligi mavjud bo’lib, bu O’zbekistonda so’m, AQshda dollar, Angliyada funt sterling, Turkiyada lira, Germaniyada marka va boshqalar. Bu vazifani uzoq yillar o’z qiymatiga ega bo’lgan tovar – oltin yoki oltinni o’zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan. Muomila vositasi. Bu funksiya yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P-T) yoki tovarni sotish, ya’ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi. Pul ishtirokida tovar ayriboshlash tovar muomilasi shaklini oladi. Bundan farqliroq barter – tovarni tovarga bevosita almashtirish bo’lib ma’lum kelishilgan narxni taqozo etsada pul ishtirokisiz yuz beradi. Barter pulsiz ayriboshlash bo’lganidan bozor iqtisodiyotiga to’g’ri kelmaydi, shu sababli u pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo’lgan paytlarda qo’llaniladi. O’ta taqchillik yuz berib, bozor aloqalari buzilgan sharoitda talon va kuponlar tovar ayriboshlashda qo’llanilgan hollari ham mavjud. Barter taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos emas. Bu shuning uchunki aynan ayriboshlash uchun ming yillar oldin pul uylab topilgan. Shuning bilan birga yosh mamlakatlar o’zini tutib olguncha, ular bozorlarini xom-ashyo va uskunalar bilan to’ldirishda barterni ma’lum ahamiyati bor. O’zbekistonda 1994 yilda umumiy eksportni 17 foizini barter tashkil etgan. 1995 yilda u ikki barobardan ko’proqga kamaydi. To’lov vositasi. Ayrim adabiyotlarda pulning to’lov vositasi uning muomila vositasi bilan qo’shib yuboriladi. Aslida ular o’rtasida tub farqlar mavjud va ularni asosiylari quyidagilar: Muomila funksiyasi tovarni faqat naqd pulda sotilishini bildirsa, to’lov funksiyasida tovar ham naqd pulda ham naqd pulsiz holda sotiladi. Muomila vositasida tovar va pul harakati bir vaqtda amalga oshiriladi deb tushiniladi, to’lovda esa u kechiktirilishi ham mumkin, kreditga amalga oshirilishi va to’lov muddatini kutilishi mumkin. Muomila vositasida tovarni sotuvchi va oluvchi o’rtasidagi munosabat bir yo’la tugaydi, to’lovda esa uzoq davom etadi va u debetorlik va kreditorlik qarzlariga sabab bo’ladi. Pulni to’lov vositasi orqali davlat byudjetiga va kredit tizimiga to’lovlar amalga oshiriladi, aholiga ish haqi, nafaqa, kommunal va boshqa xizmatlarga to’lovlar amalga oshiriladi. Pulni to’lov funksiyasini tan olmaslik debitor va kreditor qarzlarni oshishiga, kredit bo’yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarni bajarilmasligiga, xo’jalik jarayonlarining me’yorida borishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jamg’arma vositasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o’z egasi uchun kerak bo’lganda xarid etish vositasi bo’lib xizmat qila olshidir. Pul qog’oz yoki tanga bo’lgani uchun boylik emas, balki o’zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo’lgani uchun boylik hisoblanadi. Pul boylik jamgarishning eng qulay usulidir, chunki pulda likvidlik bor, ya’ni pul hamma yerda unga belgilangan nominalga (masalan 500 so’m) qarab to’lov uchun qabul qilinadi. Pul boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, aksiya, obligasiya, sertifikat) barqaror vosita hisoblanadi, uning qadri inflyasiya bo’lmasa barqaror saqlanadi, boshqa likvidlarni esa narxi-qadri o’zgarib turadi. Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati cheksiz bo’lishi, ya’ni pulga zarur bo’lgan vaqtda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo’lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san’at asarlariga, uy-joy, yer, mashina, asbob-uskuna, aksiya, obligasiya va boshqalar shaklida ham jamg’arish mumkin. Adabiyotlarda pul xazina to’plash vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. Uni faqat o’zining real qiymatiga ega bo’lgan pullar (qimmatbaho metallar) bajara oladi. Qog’oz pullar asosan muomila va to’lov vazifasini bajaradi.O’tmishda pul jahon puli vazifasini xam bajargan. Bunda mamlakatlar o’rtasidagi hisob-kitoblar, tovar va xizmatlar uchun to’lovlardagi baho masshtabini har bir mamlakatning pul birligini ma’lum oltin tarkibi bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 1961 yildagi pul reformasidan keyin SSSR rubli – 0.987412 grammga, 1 AQSh$ = 0,88 gramm oltinga tenglashtirilgan. Hozir bunday tartib yo’q, chunki XVF ning 1976 yil maydagi Yamaykaning Kengston shahridagi yig’ilishida oltin bundan buyon jahon puli vazifasini bajarmasligi e’tirof etilgan. Shu sabab hozir o’zaro hisob-kitoblarda jahon puli emas, jahon pullaridan foydalaniladi va bu vazifani obro’li pul birliklari bajaradi. Pulning funksiyalari o’zaro uzviy bog’liq va ular bir-birini to’ldirgan holda pulning mohiyatini to’liq ifoda qiladi. Pulning funksiyalari ketma-ketligiga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o’lchovi vazifalarini bajarmasdan turib muomila, jamg’arma va to’lov vositasi bo’laolmaydi. Pulning qiymat o’lchovi sifatida mustahkamligi uning muomila, to’lov, jamg’arma funksiyalaridagi o’rni va ahamiyatini oshiradi, xalqaro miqyosda ham yuqori obro’ga ega bo’ladi. Pulning barqarorligini ta’minlash usullari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta’kidlaganidek – “Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro’li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo’lishi lozim. So’mni barqaororligini ta’minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog’liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro’-e’tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog’liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to’plagan salohiyatimiz hozir o’z oldimizga ana shunday vazifani qo’yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko’rsatmoqda. Buni uchun nima qilmoq kerak?: Birinchi navbatda so’mning xarid quvvatini oshirish uchun iste’mol bozorini kerakli mollar bilan to’ldirish, axolini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o’z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo’r berish zarur bo’ladi. Ikkinchidan, yangi yilda valyuta zaxiralarini ko’paytirish choralarini ko’rishimiz lozim. Buning uchun respublikamizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Eksport qilinadigan mollarni butun choralar bilan ko’paytirish va shu hisobdan valyuta tushumini oshirish uchun o’zimizga bog’liq bo’lgan hamma ishimizni qilishimiz kerak. Uchinchidan, yoqilg’i-energiya manbalarini, ko’pgina uskuna va oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. Bu jarayon energiya manbalari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni eng kam zarur miqdorga qadar kamaytirishga olib borishi lozim. To’rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O’zbekistonning qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag’larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag’larini jalb etish bo’yicha amalga oshirayotgan ishlarimizni tubdan qayta ko’rib chiqishimiz zarur... Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o’z samarasini ko’rsatishi lozim. Milliy valyutamizni mustahkamlash va uning erkin muomiladagi quvvatini oshirish ikkinchi ustivor vazifa – pul qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita bog’liqdir”. Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o’zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Shunga asosan uni sotib olish qobiliyati unga to’g’ri keladigan tovar va xizmatlarning miqdori bilan, pulga bo’lgan talab va taklifni muvozanati bilan, davlat byudjeti taqchilligining holati bilan, inflyasiyaga karshi ko’riladigan choralarga ko’p jihatdan bog’liq. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling