O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti
Download 0.5 Mb.
|
Pul bozorida muvozanat (2)
Valyuta kursi.
Valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to’g’ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, bunga to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSH dollari 1600 so’mga teng. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham to’g’ri kotirovkalash qabul qilingan. Turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o’rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog’liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.: Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o’zbek so’mining AQSH dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi. Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi. Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog’liq bo’lgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog’liq: Zahiralarning mavjudligi; O’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz: 1.Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o’zgarishi. 2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o’zgarishlar.. Bahodagi nisbiy o’zgarishlar. Nisbiy real foiz stavkalari. Spekulyatsiya. Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik. Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir. Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi. Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega. Bu yerda : Yer – real valyuta kursi; Yen – nominal valyuta kursi ; Rd – milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); Rt – xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko’tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to’g’risida guvohlik beradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling