O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (sirtqi)


Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari


Download 104.4 Kb.
bet5/5
Sana01.11.2023
Hajmi104.4 Kb.
#1738358
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Sobirova Xilola (2)

4.Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari
Xorazm qishloq xo’jaligi, yirik sanoat korxonalari, transport va kommunikatsiya tizimlari, kichik biznes salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. “GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali, “UzXMG” ekskavator zavodi, “O’zteks Shovot”, “Xorazm maishiy texnika” korxonalari, “Xorazm shakar” qo’shma korxonasida ichki va tashqi bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Murakkab iqlim sharoitiga qaramay, viloyat dehqonlari qishloq xo’jaligida mo’l hosil etishtirmoqda.
Butun mamlakatimizda bo’lgani kabi Xorazm viloyatida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu shahar ostonasidanoq ko’zga tashlanadi. Xususan, Urganch xalqaro aeroporti zamonaviy talablar asosida rekonstruktsiya qilingan. Yo’lovchilarni kutib olish va kuzatishga mo’ljallangan zamonaviy terminallar, xizmat ko’rsatish xonalari, savdo shoxobchalari tashkil etilgan, yon-atrof obodonlashtirilgan. Rasmiy delegatsiyalar, xorijiy mehmonlarni kutib olish uchun zarur sharoit yaratilmoqda.
Bugungi kunda viloyatda 276,7 ming gektar sug’oriladigan maydon mavjud. Toshsoqa tizimi orqali 191,3 ming gektar er sug’oriladi. Amudaryoda suv kam paytlarda, ayniqsa, erta bahor va yoz oylari boshida kanallarda suv sathi juda past bo’lib, g’alla, paxta va boshqa ekinlarni sug’orish uchun suv asosan nasoslar yordamida olinardi. Bu xarajatlarning oshib ketishiga, suv isrofgarchiligi hamda erlarning meliorativ holati yomonlashuviga olib kelar edi.
Prezidentimiz Toshsoqa magistral kanalida amalga oshirilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishib, ushbu muammolarni bartaraf etish, qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirishda tannarxni kamaytirish, fermer va dehqon xo’jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan loyihani hayotga tatbiq etish bo’yicha topshiriqlar bergan edi.
Mazkur loyihaga ko’ra, viloyatdagi Toshsoqa, Shovot, Polvon G’azovot va G’azovot magistral va xo’jaliklararo kanallarining 120 kilometri rekonstruktsiya qilindi. Rejadagi 607 gidrotexnik inshootdan 318 tasi yangidan qurildi. Bu ishlar natijasida 279 nasos agregatidan voz kechilib, qishloq xo’jalik ekinlari o’zi oqar suv bilan ta’minlanadi va 31,6 million kilovatt soat elektr energiya iqtisod qilinadi.
Prezidentimiz ushbu loyiha viloyatda suv ta’minotining tubdan yaxshilanishi, fermer xo’jaliklari samaradorligi va qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Kanallar atrofidagi erlarni obodonlashtirish, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib ekiladigan ko’chat turlarini tanlash va kanal bo’ylab besh qator daraxt ekish, yozning jazirama kunlari odamlar kanal bo’yida dam olishi uchun sharoit yaratish bo’yicha Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hamda viloyat hokimligi mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi.
Ayni paytda erkin iqtisodiy zona chegaralarini o’rnatish, bojxona posti tashkil qilish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, xususan, gaz, suv va elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, avtomobil va temir yo’llari, aloqa tizimi shakllantirilmoqda.
Hududda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo’yicha bugungi kunda 25 loyiha ishlab chiqilgan. Natijada 1000 dan ortiq ish o’rinlari yaratiladi.
«Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasi hududda ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish o’rinlari tashkil etish, aholini barqaror daromad bilan ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi.
Erkin iqtisodiy hududlar mamlakatning boshqa qismlarida ishlamaydigan imtiyoz va rag’batlantirishning o’ziga xos tizimi qo’llaniladigan milliy iqtisodiy hududning bir qismidir.Odatda, EIHlar geografik jihatdan u yoki bu darajada alohida hududdir [3. 187-b]. Xazorasp EIZsi Xorazm viloyati janubiy qismini kompleks rivojlantirish maqsadida, u yerdagi mavjud infratuzilma(qulay losistika va elektr tarmoqlari)ni va qulay tabiiy sharoit, jumladan iqlimiy va suv resurslarni hisobga olgan holda, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilingan. Yaxshi bilasizlar, bugungi kunda Navoiy, Jizzax, Angren shaharlarida erkin industrial hududlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularga qo’simcha ravishda hozir Urgut, Qo’qon, G’ijduvon tumanlarida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinayapti. Xorazm viloyatida ham tadbirkorlik juda rivojlangan. Shuni inobatga olib, Xazorasp tumanida, Pitnak shahrida erkin industrial zona tashkil qilsak, sizlar nima deysizlar [2. 259-b]. Prezidenimizning ushbu taklifiga binoan 2017 yili Xazorasp EIZsi tashkil qilindi. O’sish markazlari sifatida-viloyatning sanoat salohiyati avvalombor ularda shakllangan sanoat tugunlarida namoyon bo’ladi. O’rganishlar shuni ko’rsatadiki, Xorazm viloyatida qator sanoat tugunlari, Ritnak, Xiva, Shovot tipik industrial markazlari sifatida rivoj topmoqda. Ulardan keyingi o’rinlarda Bog’ot, Gurlan, Yangiariq va Xonqa turadi. Xorazm viloyati sanoatida Urganch yetakchilik qiladi. Darhaqiqat o’sish markazlari yoki qutblari, yuqorida ko’rsatilgandek qulay geografik o’rin va tabiiy sharoit, sanoat uchun zarur bo’lgan infratuzilmasi bor hududlarda tez rivojlanadi. Mamlakatimizda ana shunday imkoniyatlarga ega, yuqori fan-texnika yutuqlariga asoslangan sanoatni hududiy tashkil etish shakllaridan EIZ, KSZ, texnopark va sanoat klasterlari milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda ahamiyatlidir. Ular ko’pincha o’zilari tashkil qilingan hududlarni kompleks rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Xazorasp EIZ tashkil qilishda maxsus tanlab olingan joy infrastrukturasi: yo’l, yer osti va yer usti inshootlari, elektr energiyasi va suv manbalari bilan ta’minlanganlik, qolaversa mavjud ishchi kuchu resurslari inobatga olingan. Xazorasp EIZsi jozibadorligi odatda chet el sarmoyalarini kirib kelishi, qulay investitsiya muhitini yaratish imkoniga ega bir qator omillar bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda Xazorasp EIZsi sanoatni rivojlanishi yuqori darajada, buni 1-jadval ko’rsatib o’tilgan, rezidentlar(EIZsi ishtirokchilari) tomonidan tashkil qilingan korxonalar misolida ham ko’rishimiz mumkin.
Xorazm viloyati nafaqat tarixiy yodgorliklarga boyligi, balki tabiatning ko'plab qiziqarli tabiat joylari tufayli ham tashrif buyurishga arziydi. Amudaryo bo'yida siz noyob turdagi qirg'oq o'simligi - toqay o'rmonchalarini uchratishingiz mumkin. Toqay o'rmoni, yovvoyi cho'chqa, buhoro kiyiklari, jayron, tulki, shoqol, tolai quyon kabi ko'plab yovvoyi hayvonlar va ko'plab qush turlari uchun muhim yashash maskanidir. Ushbu hududda mintaqaning tarixiy va tabiiy yodgorliklari bo'ylab o‘tuvchi uchta ekoturizm yo‘nalishlari yaratilmoqda.ob'ektlariBirinchi yo‘nalish, Xiva tumanidagi “Eshonrovot” tabiiy suv omborining qirg‘og‘ida joylashgan “Qizilqum” lageridagi “Deshan-Qala” va “Ichan-Qala” tarixiy yodgorliklari, “Boltaboy oqsoqol”, “Valiko plyus” va “Qoraqum” xo‘jaliklarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Yangiariq tumanida 2400 gektar maydonda suv o‘z havzasiga ega bo‘lgan “Ulli Sho‘rko‘l” (“Xorazm dengizi”) dam olish zonasi, Bog‘ot tumanida “QALAJIQQAL’A OASIS ECOTURISM” ekoturizm fermasi, Urganch tumanida esa juda chiroyli “Urganch ELtur” ekozonasi joylashgan.Urganch El tur” ekozonasi, Xorazm viloyati, Urganch tumanida, Amudaryo bo‘yida joylashgan. Parkning maydoni, 26 gektarni tashkil etadi. Daryo bo‘yida siz o‘tovda yashashingiz, yozgi oshxona jihozlashingiz, baliq ovlashga borishingiz va shunchaki to‘qayzorning o‘rtasida hayratlanarli darajada go‘zal tabiat qo‘ynida dam olishingiz mumkin.Boltaboy oqsoqol” xo‘jaligi, “Eshonravot” tabiiy suv havzasi yoqasida joylashgan. U erda siz barcha qulayliklarga ega bo‘lgan o‘tovlar oromgohlarida dam olishingiz mumkin, shuningdek u yerda, zamonaviy jahon standartlariga to‘liq javob beradigan kichik mehmonxona, zamonaviy tennis korti, motorli va mexanik qayiqlar, skuterlar, katamaranlar ham mavjud. 200 gektarlik qumli qo‘riqxona bo‘ylab piyoda va tuyada sayohatlar uyushtiriladi.riqxona bo‘ylab piyoda va tuyada sayohatlar uyushtiriladi.“Qoraqum” fermasi, “Boltaboy oqsoqol” xo‘jaligiga tutash hududda joylashgan. Bu yerda, milliy uslubda bezalgan restorani bo‘lgan kemping maydoni mavjud. Ob’ekt shuningdek, o‘tovlar lageri, motorli va mexanik qayiqlar, skuterlar, katamaranlar bilan ham jihozlangan. Qadimgi Xivadagi Islom-Xoja minorasining nusxasi qurilgan bo‘lib, u yerdan hududning go‘zal ko‘rinishini tomosha qilishingiz mumkin.mumkin.Xorazm milliy tabiiy parkining florasi juda boy va xilma-xil bo‘lib, uni muhofaza qilish va o‘rganish park xodimlarining asosiy vazifalaridan biridir. Mintaqada, saksovul dalalari, to‘qay o‘rmonlari, qum o‘simliklari mavjud. Parkda, qamish, qora saksovul, to‘qay o‘simliklari, ho‘l tuzli botqoqlarning holofitlari, qattiq gipsdan qilingan qumli tekisliklarning ikki qavatli o‘simliklari kabi 13 dan ortiq o‘simlik turlari ro‘yxatga olingan.
Hukumatning 2020-2022 yillarda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2020-2022 yillarda Hazorasp tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi, chora-tadbirlar dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari, tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati hamda tumanda yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilash va elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini qayta qurish va modernizatsiya qilish, ijtimoiy soha obektlarini yangidan kurish va ta'mirlash, irrigatsiya obektlarini qayta qurish va tamirlash dasturlari tasdiqlandi. 
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Hazorasp tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish; 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘laytirish;
aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish; 
ijtimoiy soha obektlari holatini yaxshilash, binolarini ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirishch, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish.


XULOSA
Tuman iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Paxtachilik, gʻal-lachilik (shu jumladan, sholichilik) rivojlangan. Chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham muhim oʻrin tutadi. Hazorasp tumanida dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Tumanda jami ekin maydoni 26,3 ming gektarga yaqin, shundan, 11,3 ming ga yerga paxta, 11,7 ming ga yerga don, 71 ga yerga kartoshka, 752 ga yerga sabzavot, shuningdek, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2004). Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51,2 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan, 23,8 mingdan ziyod sigir), 39,5 mingga yaqin qoʻy va echki, 100,8 ming parranda boqiladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari va boshqa bor. Butun Xorazm vohasi va undan tashqarida Hazorasp shaharchasidagi „Qozoqbozor“ mashhurdir. Tumandagi faoliyat koʻrsatayotgan jami 1200 dan ziyol korxona va tashkilotdan 105 tasi yirik, 14 tasi oʻrta, 76 tasi kichik korxona, 1034 tasi mikrofirmadir. Qoʻshma korxonalardan Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, Oʻzbekiston — Turkiya „Xorazmshakar“ korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududida Amudaryo ustiga xalqaro ahamiyatdagi koʻprik qurilgan. Koʻprikdan sutkasiga 14 poyezd, 1000 ta avtomobil oʻtishi moʻljallangan.
49 umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, Hazorasp tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iqtiso-diyot, ped. kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning 47 ta tarmogʻi, 35 klub muassasasi, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. 660 oʻrinli 4 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), poliklinika, dorixonalar, 1 uchastka kasalxonasi, 5 qishloq ambulatoriyasi, 12 qishloq vrachlik, 16 feld-sher-akusherlik punktlari, 14 tish davolash poliklinika punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 421 vrach (har 10 ming kishiga 22.6 vrach), shuningdek, 1850 oʻrta tibbiy xodim aholiga xizmat koʻrsatadi. Hazorasp tumani hududidan Urganch — Toshkent temir yoʻl va avtomagistraturali oʻtadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Soliyev A , Nazarov M , Qurbonov Sh O’zbekiston iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi.

  2. Abdug’aniyev A.A., Abdug’aniyev A.A. Qishlоq xоjaligi iqdisоdiyоti. Darslik. - T: “Adib Nashriyоti”, 2011. – 400 b.

  3. Абдумажидов F., Муминов С. “Экология хукуки” Экология хабарномаси. - Тошкент, 2002. - №2. - Б. 44-45.

  4. A.R.Rasulоv, F.X.Hikmatоv, D.P.Aytbоbev, ,,Gidrоlоgiya asоslariʼʼ Tоshkent Universitet ʼʼ 2003 3. X.Valiyev, Sh.Murоdоv, B.Xоlbоyev, ,, Suv resurslaridan mukammal fоydalanish va muhоfaza qilish ʼʼ Tоshkent - 2010, 168 - bet

  5. Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси. – Тошкент, 1996. 39-41 b.

  6. Баратов П., Маматкулов М, Рафиков А. Ўрта Осиѐ табиий географияси. Тошкент, “Ўқитувчи”, 2002. 76 b

  7. Боймирзаев К.М. “Табиатдан фойдаланиш ва муҳофаза қилишнинг геоэкологик жиҳатлари” Ўзбекистон география жамияти ахбороти. – Тошкент, 2009. – №34. – Б. 9-13.

  8. David L. Debertin. Agricultural Prоductiоn Ecоnоmics Textbооk. 2nd ed. Published by McMillan. University оf Kentucky, USA. 2012.

  9. Gapparоv F.A., Nazaraliev D.V., Mansurоv S.R. “Suv оmbоrlaridan fоydalanish” оʻquv qоʻllanma Tоshkent-2019

  10. Гуломов П.Н., Абдуназаров У., Зайнутдинов А., Миракмалов М.Т. “Табиатдан фойдаланиш ва уни мухофаза килишда географик конуниятлар хакидаги билимларнинг ахамияти” Ўзбекистон география жамияти ахбороти. - Тошкент, 2004. - №24. - Б. 42-45.

  11. Hasanov I.A, G’ulomov I.N, Qayumov A.A. O’zbekiston tabiiy geografiyasi ( 2-qism) –T.: “ Universitet”. 2010 160-b.

  12. Каландаров Б. “Захарсиз худуд сари илк кaдам” Экология хабарномаси. - Тошкент, 2010. - №6. - Б. 31-33.


Download 104.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling