O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (sirtqi)


Download 104.4 Kb.
bet3/5
Sana01.11.2023
Hajmi104.4 Kb.
#1738358
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Sobirova Xilola (2)

Hazorasp tumani Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, qozoq, koreys, rus, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Oʻrgacha aholi zichligi 1 km2ga 91,5 kishi. Shahar aholisi 32,9 ming kishi, qishloq aholisi 155,6 ming kishi.
3. Tuman xo’jaligining ixtisoslashuvi va rivojlanish xususiyatlari
Xorazm qishloq xo’jaligi, yirik sanoat korxonalari, transport va kommunikatsiya tizimlari, kichik biznes salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. “GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali, “UzXMG” ekskavator zavodi, “O’zteks Shovot”, “Xorazm maishiy texnika” korxonalari, “Xorazm shakar” qo’shma korxonasida ichki va tashqi bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Murakkab iqlim sharoitiga qaramay, viloyat dehqonlari qishloq xo’jaligida mo’l hosil etishtirmoqda.
Xorazm viloyatida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha: 2022- yilning yanvar–dekabr oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 174,6 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar–dekabriga nisbatan 104,8 %), 1 097,4 ming tonna sut (102,4 %), 478,9 mln. dona tuxum – (104,3 %) yetishtirildi va 29 565 t. baliq (107,0 %) ovlandi.Viloyatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 408 749 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 262 143 gektar.Hammasi bo‘lib Xorazm viloyatida 12 ta paxtachilik (maydoni – 82 757 gektar, hosildorligi – 33,2 gektar, ishlab chiqarish quvvati – 275 102 tonna) va 3 ta meva-sabzavotchilik (maydoni – 1 580 gektar) agroklasterlari faoliyat yuritadi. 1 ta agrologistika markazi mavjud. Viloyatda 3 917 ta fermer xo‘jaliklari bor. Ulardan 1 516 tasi paxtachilik-g‘allachilik, 728 tasi bog‘dorchilik, 49 tasiuzumchilik, 80 tasi sabzavotchilik-polizchilik, 19 tasisabzavotchilik-g‘allachilik, 44 tasi tutchilik, 81 tasi parrandachilik, 540 tasibaliqchilik, 22 tasiarichilik, 243 tasi boshqa yo‘nalishlarga oid.Viloyatda 212 gektar yer 148 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.Ayni vaqtda 8 084 gektar yer bog‘lar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 3 221 gektarida intensiv bog‘lar barpo etilgan.Asosiy yer maydonlari – 202 776 gektar. Ulardan: yoshlarga vaqtinchalik ajratilgan yerlar – 15 000 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 82 757 gektar; g‘alla (bug‘doy) – 33 200 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 2 680 gektar; sholi – 6 090 gektar; dukkaklilar – 4 552 gektar (mosh); moyli ekinlar – 1 830 gektar (soya – 1 000, kungaboqar – 333 gektar, kunjut – 497 ga); sabzavotlar – 6 538 gektar, ulardan: pomidor – 121 gektar, bodring – 48 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 1 656 gektar, bodring – 701 gektar, sabzi – 1 911 gektar, piyoz – 955 gektar, karam – 318 gektar, ko‘katlar – 223 gektar (ulardan: ukrop – 95 gektar, petrushka – 64 gektar, ko‘kpiyoz – 64 gektar, rediska – 96 gektar), bulg‘or qalampiri – 191 gektar, qalampir – 64 gektar, baqlajon – 127 gektar, lavlagi – 127 gektar (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 9 493 gektar (tarvuz – 2 010 gektar, qovun – 6 783 gektar, qovoq – 700 ga); kartoshka – 2 237 gektar; ozuqabop ekinlar – 46 915 gektar; boshqa ekinlar– 861 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 5 623 gektar (mevali daraxtlar– 2 500 gektar (danaklilar – 926 gektar, mevalilar – 1 575 gektar)); uzumzorlar – 1 545 gektar, tutzorlar – 1 578 gektar.Takroriy ekin uchun yer maydoni – 34 000 gektar. Ulardan: sabzavotlar –1 112 gektar; sabzi – 574; pomidor – 92 gektar, sholg‘om – 93 gektar; turp – 151 gektar; karam – 152 gektar; baqlajon – 531 gektar; lavlagi – 50 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 347 gektar; moyli ekinlar – 1 223 gektar ( ulardan: kunjut – 632 gektar, kungaboqar – 591 gektar); dukkaklilar – 2 814 gektar (mosh); sholi – 23 910 gektar; ozuqabop ekinlar – 4 594 gektar.Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 9 447 gektar (mevali bog‘lar – 8 042 gektar, uzumzorlar –1 405 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 738 gektar; sarimsoq – 217 gektar. Bahorda: pomidor – 1 286 gektar; bodring – 1 078 gektar, sabzi – 1 037 gektar, piyoz – 108 gektar, karam – 158 gektar; ko‘katlar – 83 gektar; bulg‘or qalampiri – 124 gektar; qalampir – 62 gektar, baqlajon – 124 gektar; lavlagi – 83 gektar; poliz ekinlari – 720 gektar.2020-yilda 99 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.
Xoʻjaligi. Xorazm viloyati iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi bilan birga sanoat ham salmoqli oʻrinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari,eksport qilinmoqda. Viloyatdа аsosаn аgrаr sohа rivojlаngаn bo`lib, yiligа 280-290 ming tonnа ya’ni respublikаdа etishtirilаyotgаn pаxtа xom аshyosining 7 foizini ishlаb chiqаrаdi
Аvtomobil yo`llаrining uzunligi 2296 kilometrni, shundаn qаttiq qoplаmli yo`llаr 2218 kmni tаshkil qilаdi. Viloyatdа xаlqаro klаssdаgi аeroport bo`lib, hozirdа turli yo`nаlishlаr bo`yichа hаvo yo`llаri bilаn bog`lаngаn. Viloyatdа zаmonаviy telefon tаrmoqlаri, kommunikаtsiya sistemаlаri (аloqа, peydjer, modem vа uyali telefon) rаdio vа tedevidenie mаvjud.Xorazm viloyati orqali Toshkent — Moskva, Dushanba—Moskva temir yoʻli. oʻtgan, Urganch — Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnaydi. Temir yoʻli uzunligi 128 km Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp temir yoʻli koʻprigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, ), Hazorasp — Miskin — Toshkent t. y. masofasi qisqardi. Koʻprik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil oʻtkazish imkoniyatiga ega. Koʻprik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarining uz. 2750 km. Xiva — Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi (1997-y. dan) yoʻlga qoʻyilgan. Urganch, Xiva sh. laridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va b. shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch sh. xalkaro va mahalliy yoʻnalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Myunxen, TelAviv, Moskva, Simferopol va b.) shuningdek, Toshkent, Nukus va b. shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi oʻrnatilgan. Viloyat orqali Oʻrta Osiyo — Markaz, Buxoro — Ural, Turkmaniston — Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari oʻtkazilgan.
Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch sh. da paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam fkasi, «Xiva gidami» aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod .Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston — Turkiya «Bagat Tekstil», «Xorazm—Nurtop», «SemurgʻSanTe», «Xorazm Tekstil», «Memgilam»; Oʻzbekiston — AQSH «Amerozindustriyes», «Xiva malikasi», «Nurlayt», «Rahnamo Hyp»; Oʻzbekiston — Germaniya «Unixo», «OʻzOlmonXotelz», «Xiva Karpet»; Oʻzbekiston — Britaniya «Xiva»; Oʻzbekiston—Rossiya N«amunaAgrofud»; Oʻzbekiston — Italiya «Meva»; Oʻzbekiston—Ukraina K«iyevXorazm»; Oʻzbekiston — Xitoy «Aziya Tekstil LTD»; Uzbekistan — Turkmaniston «GʻayratXumoyun» va b. shular jumlasidandir.
Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
“Cobalt” - 17 774 dona, “Damas” - 16 855 dona, “Lacetti-Gentra” - 11 142 dona, “Nexia T-250” - 1 843 dona, "Tracker" - 1 660 dona “Onix” - 559 dona
Maxsus yengil avtomobillar - 6 209 dona.
2023- yilning yanvar-mart oylarida 3 987 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. Sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalarning yillar kesimidagi soni: 2019-yilda – 6 455 ta,2020-yilda – 4 362 ta ,2021-yilda – 5 614 ta ,2022-yilda – 4 242 ta ,2023-yilda – 3 987 tanitashkil etdi.
Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- aprel holatiga tashish va saqlash sohasida 963 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ular sonining hududlar kesimidagi taqsimlanishi quyidagicha:Urganch shahrida – 215 ta ,Hazorasp tumanida – 128 ta ,Urganch tumanida – 106 ta ,Xonqa tumanida – 98 ta Bog‘ot tumanida – 80 ta, Shovot tumanida – 62 ta ,Xiva tumanida – 55 ta
Gurlan tumanida – 51 ta ,Qo‘shko‘pir tumanida – 51 ta
Yangiariq tumanida – 33 ta ,Yangibozor tumanida – 23 ta
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Bog‘ot tumani sanoat ishlab chiqarish hajmi 56,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.Ishlab chiqarishning 64,1 % yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.Ishlab chiqaradigan sanoatda yuqori ulushga ega faoliyat turlari:
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 48,3 %
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 45,3 %. tumanda 243 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.

Download 104.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling