O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (sirtqi)
Tumanning demografik rivojlanish bosqichlari tahlili
Download 104.4 Kb.
|
1. Sobirova Xilola (2)
2 Tumanning demografik rivojlanish bosqichlari tahlili
Oʻtmishda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643—64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va b.) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (AnbarManaq) tumanlarida, Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan . Xorazm viloyati doimiy aholisining soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 1866,7 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 31,0 ming kishiga yoki 1,7 foizga o‘sdi. 1-jadval 2019 yilda viloyatda 41,2 ming chaqaloq tug‘ilib, 8,5 ming kishi vafot etgan. Natijada, aholining tabiiy o‘sishi 32,7 ming kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 5,8 ming kishi viloyatga yashash uchun ko‘chib kelgan bo‘lsa, 7,4 ming kishi ko‘chib ketgan. 2-jadval Viloyatda qishloq aholisi shahar aholisiga nisbatan ko‘proq bo‘lib qolmoqda. Xususan, shahar aholisi soni 619,3 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 33,2 foiz), qishloq aholisi soni 1247,4 ming kishini (66,8 foiz) tashkil etadi. Viloyatning eng katta shaharlari – Urganchda 143,9 ming, Xivada 92,1 ming aholi istiqomat qilmoqda. Hududlar kesimida tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, 2020 yil 1 yanvar holatiga eng ko‘p aholi soni Hazorasp tumanida qayd etilgan – 247,8 ming kishi (yoki viloyat aholisi sonidagi ulushi 13,3 foiz). Keyingi o‘rinlarda Urganch tumani – 197,5 ming (10,6 foiz) va Xonqa tumani – 185,5 ming (9,9 foiz) bormoqda. 2019 yil davomida qayd etilgan nikohlar soni 15,8 mingni tashkil qiladi. Bu esa 2018 yilga nisbatan 0,2 mingtaga kamdir. Umuman olganda so‘nggi uch yil davomida nikohlar soni kamayib borayotganini kuzatish mumkin. Nikohdan ajralishlar soni esa yiliga mingtani tashkil qilyapti. 2023- yil boshiga Хorazm viloyati doimiy aholi soni 1 958,2 ming kishini tashkil qilgan. Viloyat shahar va tumanlarining doimiy aholisi soni boyicha 2022- yilning 1- yanvar holatiga viloyat doimiy aholisining soni 1 924 167 kishini tashkil qilgan boʻlib ,hududlar kesimidagi aholi soni : Urganch tumani – 205 480 kishi,Hazorasp tumani – 198 657 kishi, Xonqa tumani – 191 620 kishi,Qo‘shko‘pir tumani – 176 059 kishi, Shovot tumani – 174 352 kishi,Bog‘ot tumani – 169 486 kishi, Gurlan tumani – 151 950 kishi,Xiva tumani – 149 698 kishi, Urganch shahri – 146 709 kishi ,Yangiariq tumani – 118 925 kishi, Xiva shahri – 95 246 kishi, Yangibozor tumani – 89 427 kishi, Tuproqqal’a tumani – 56 558 kishi. Ayollar soni – 95 195 kishi Erkaklar soni – 97097 kishi .Shaharda yashovchilar – 65 675 kishi .Qishloqda yashovchilar – 126 617 kishi Xiva tumani: Aholi soni – 150 070 kishi. Ayollar soni – 75 445 kishi. Erkaklar soni – 74 625 kishi. Shaharda yashovchilar – 16 993 kishi . Qishloqda yashovchilar – 133 077 kishi Shovot tumani: Aholi soni – 174 828 kishi. Ayollar soni – 87 516 kishi. Erkaklar soni – 87 312 kishi.Shaharda yashovchilar –45 172 kishi .Qishloqda yashovchilar – 129 656 kishi Yangiariq tumani : Aholi soni – 119 319 kishi. Ayollar soni – 59 143 kishi. Erkaklar soni – 60 176 kishi.Shaharda yashovchilar – 28 303 kishi. Qishloqda yashovchilar – 91 016 kishi. Yangibozor tumani: Aholi soni – 89 721 kishi . Ayollar soni – 44 903 kishi. Erkaklar soni – 44 818kishi. Shaharda yashovchilar –16 643 kishi . Qishloqda yashovchilar – 73 078 kishi Urganch shahri. Aholi soni – 147 309 kishi. Ayollar soni – 73 366 kishi. Erkaklar soni – 73 943 kishi.Shaharda yashovchilar –147 309 kishi Xiva shahri:. Aholi soni – 95 550 kishi. Ayollar soni – 48 202 kishi Erkaklar soni – 47 348 kishi .Shaharda yashovchilar – 95 550 kishi Download 104.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling