Tuman markazi Yangibozor shaxarchasi bo‘lib, undan Yangiyop ( Qiyotqo‘ng‘irot ) arig‘I oqib o‘tadi
Download 18.45 Kb.
|
Yangibozorim
Yangibozor tumani Amuning chap sohilida joylashgan bo‘lib, shimoliy qismi daryo orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, Janubda Shovot, Sharqiy qismida Urganch va G‘arbiy qismida Gurlan tumanlari bilan chegaradoshdir. Tumanning umumiy yer maydoni – 35 ming 537 ga.ni tashkil qiladi. Tuprog‘I Qiyotqo‘ng‘irot arig‘idan shimoliy daryoliq massivida va janubda – Devonko‘l massivida og‘ir so‘g‘a bo‘z tuproqdan iborat. Qilichniyozboy, Yormish Shovot kanallaridan suv oladigan Uyg‘ur, Do‘rman, Hayvat, Qiyotqo‘ng‘irot, Daryoliq va uning shaxobchalari sug‘orishda muhim ahamiyatga egadir. Tuman tarkibiga Uyg‘ur, Qalandardo‘rman, Boshqirshix, Shirinqo‘ng‘irot, Bo‘zqal’a, Bog‘olon, Cho‘bolonchi, Oyoqdo‘rman qishloqlari va Yangibozor shaharchasi kiradi. Aholisi 71 ming 500 ga yaqin kishini tashkil qilib, ularning 35 ming 680 nafari ayollardir. Milliy jihatdan asosan o‘zbeklar bilan bir qatorda qozoq, qoraqalpoq, tatar va boshqa millat vakillari tinch - totuv yashaydilar. Aholi o‘sishi jihatdan viloyatda oldingi o‘inlarda turadi. O‘rtacha aholining o‘sishi yiliga 600 kishini tashkil qiladi. Tuman markazi - Yangibozor shaxarchasi bo‘lib, undan Yangiyop ( Qiyotqo‘ng‘irot ) arig‘I oqib o‘tadi. Shaxarchada 1293 xonadon yashaydi va umumiy aholisi 6202 kishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish korxonalaridan paxta tozalash zavodi, Yangibozor qurilish – montaj boshqarmasi, pillaxona, bir necha qurilish va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va korxonalari mavjud. Tumanda 28 ta mahlla mavjud bo‘lib, ulardan 28 nafar maslaxatchi faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 31 ta umumiy ta’lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab – internat, 1 ta futbol yo‘nalishidagi sport internati, 26 ta bog‘cha 5- ta kasb – hunar maktabi mavjud. 1 ta 240 o‘rinli shifoxona, 1 ta poliklinika, 14 ta qishloq vranchlik punkti aholiga xizmat qilmoqda. Bundan 19 yil muqaddam xalqimizning asriy orzusi milliy mustaqilligimizga erishdik. Ozod va erkin xalqlar safidan joy oldik. O‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilab, demokratik davlat, adolatli jamiyat qurish yo‘liga tushib oldik. Istiqlol xalqimizga yangicha yashash, erkin fikrlash, hayotda o‘zining munosib o‘rnini toppish, milliy ma’naviyat, mafkuraviy qadriyat va umuminsoniy madaniyatdan baxramand bo‘lish imkonini yaratib bermoqda. Mustaqillik tufayli tilimiz, dinimiz jamiki an’analar, to‘y va tomoshalar xalqimizga qaytarildi. Mustaqillik sharofati bilan keying o‘n yil ichidatumanimizda ham har tomonlama iqtisodi, ma‘naviy jihatdan juda katta tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi. Tumanimizning o‘tmishiga nazar tashlar ekanmiz, kishilarimizning nihoyatda ma’naviy qashshoq, ruhiy tushkunlikda yashaganligi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Xiva xonligi davrida “Qiyotqo‘ng‘irot” noibligi bo‘lgan tumanimiz sho‘rolar davrida o‘z boshidan ko‘plabmusibatlarni kechirdi. 1923 - yil Qiyotqo‘ng‘irot noibligi o‘rnida Yangi Urganch uezdiga qarashli Qiyotqo‘ng‘irot volosti tshkil etildi. Sal o‘tmay 1924 - yilda uezd va volostlar tugatilib, mavjud qishloqlar 1926 - yilda Urganch tumani tarkibiga kiritildi. Sobiq imperyaning siyosati tumanimizni rivojlantirishga katta to‘sqinlik qildi. Tumanimiz iqtisodiy – madaniy rivojlanishga katta to‘sqinlik qildi. Tumanimiz iqtisodiy – madaniy rivojlanishi yil sayin tubanlikka yuz tutdi. Keyingi 50 yil ichida tuman bir necha marta tuzilib, buzilishi kishilarimizning kayfyatiga salbiy tasr ko‘rsatadi. Tumanning tuzilishida barqarorlik bo‘lmaganligi sababli kishilarimizda ertangi kunga ishonch kamaydi. Natijada tumanimiz viloyuatdagi eng qoloq hisoblanardi. Mustaqillik tumanimizga barqarorlik berish bilan kishilarimizda kelajakka qattiq ishonch hosil qildi. O‘zlari yaratgan moddiy boyliklarini talab ehtiyojlarini qondirishga va elining obod va farovonligi uchun sarf qiladigan bo‘ldi. Tumanimiz markazi va qishloqlarida hashamatli ma’muriy binolar, turar joylar, ishlab chiqarish binolari qad ko‘tardi. Obod posyolkalar, yo‘llar barpo qilindi. Ayniqsa tumanimiz markazining qiyofasi beqiyos o‘zgardi. Yangibozorning kishilarimiz qancha g‘ururlansa, faxrlansa arziydigan shaxarchaga aylanishi barchamizni cheksiz quvontiradi. Shuningdek aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasida juda katta tadbirlar amalga oshirildi. Tarix tilga kirganda 1931- yil. Uyg‘ur va Yangibozor qishloqlarida Urganch MTSga qarashli agrouchastka tashkil qilindi. 1963 – yil Yangibozor paxta qabul qilish maskani qurildi. 1937 – yil MTS qurilishi tamomlanib, ishga tushirish marosimida mashhur san’atkor Tamaraxonim konsert berdi. 1950 – yil. Aprel oyida Yangibozor tumani tashkil qilindi. Tuman tarkibiga Matvafo Hayvat, Uyg‘ur, Oyoqdo‘rman, Qalandardo‘rman, Boshqirshix, Yangibozor, Shirinqo‘ng‘irot, Bo‘zqala, Bog‘olon, Cho‘bolonchi qishloqlari kirdi. 1959 – yil 1- mart kuni Yangibozor tumani tugatilib, Urganch tumaniga qo‘shildi. 1961 – yil Iyul oyida Urganch tumanining markazi Yangibozorga ko‘chgirildi. 1963 - yil Yanvar oyida Yangibozor Urganch tuman tarkibidan ajralib, Gurlan hududiy ishlab chiqarish boshqarmasiga qo‘shildi. 1965 – yil Yangibozorda qurilish – montaj boshqarmasi tashkil qilindi. 1966 - yil Yangibozor pilla qurilish idorasi ishga tushirildi. 1967 – yil Aprel oyida Yangibozor paxta tozalash zavodi ishga tushirildi va birinchi maxsulotini chiqardi. 1981 – yil Noyabr oyida Yangibozor tumani qayta tashkil qilindi. 1988 – yil Sentyabr oyida Yangibozor tumani yana tugatilib, Urganch tumani tarkibiga kiritildi. 1989 – yil May oyida Yangibozor tumani qayta tashkil etildi. Download 18.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling