O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (sirtqi)


Download 104.4 Kb.
bet1/5
Sana01.11.2023
Hajmi104.4 Kb.
#1738358
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Sobirova Xilola (2)


O`zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti
Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti

Geografiya (sirtqi) yo`nalishi 5-bosqich talabasi
Sabirova Xilolaning
Geografik tadqiqot usullari fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI


Bajardi:____________________
Tekshirdi:____________________

Toshkent-2023

Mavzu: Shaxarlarning geografik o’rganilish asoslari


Reja:
Kirish

  1. Hazorasp tumaniga iqtisodiy geografik tavsif

  2. Tumanning demografik rivojlanish bosqichlari tahlili

  3. Tuman xo’jaligining ixtisoslashuvi va rivojlanish xususiyatlari

  4. Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mommolari va istiqbollari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Hazorasp tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubidan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati, shimolidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, gʻarbdan Bogʻot tumani bilan chegaradosh. Maydoni 2,06 ming km2. Tumanda 1 shahar (Pitnak), 1 shaharcha (Hazorasp), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshta, Boʻston, Karvak, Ov-shar, Pichoqchi, Sanoat, Yuqori muhamon, Pitnak, Sarimoy, Tuproqqalʼa, Yangibozor). Markazi — Hazorasp shaharchasi.
Hazorasp tumani Xorazm vohasining janubi-sharqi va Qizilqum choʻlida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik, sharqdan gʻarbga bir oz qiya. Urtacha balandligi 150-200 m. Tuman gʻarbiy qismining shimoliy chekkasi va sharqiy qismining janubi Amudaryo terrasalaridan iborat. Janubiy chegarasi Qoraqum choʻliga tutash. Bu yerlarda choʻl relyefiga xos qum tepalari, qoldiq koʻllar (Hajjalikoʻl, Shoʻrkoʻl, Kepak, Uzunkoʻl, Qurvanak va boshqalar) bor. Pitnak atrofida qirlar joylashgan. Tumanning sharqiy qismini Qizilqum choʻli egallagan. Iqlimi keskin kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 4,1°, eng past temperatura —32°. iyulniki 27°, eng yuqori temperatura 44°. Yillik yogʻin 100-110 mm. Vegetatsiya davri taxminan 200—210 kun. Tumanning shimoliy va janubdan Amudaryo oqib oʻtadi. Tuman ekinzorlari Amudaryodan suv oladigan Toshsoqa, Hazorasp kanallari va bu kanallardan chiqarilgan Pit-nakarna, Yangiyop, Hassayop, Kartibi-char, Ovsharyop, Muhamonyop va boshqa ariqlardan sugʻoriladi. Tuproqlari allyuvial oʻtloqi, botqoq va shoʻrxoklardan iborat. Sizot suvlari 1-3 m chuqurlikda, qish va bahorda yer yuzasiga koʻtariladi va natijada tuproq yuza qatlamida tuz toʻplanadi. Qish va bahorda tuproq yuvilib oqava suvlar tumanning janlan oʻtgan Kattakoʻl kollekto-riga borib tushadi. Tuman janubida Amudaryoda Oʻzbekistonda eng yirik Tuyamoʻ-yin suv ombori qurilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, roʻvak, turangʻil, tol, terak, jiyda, bugʻdoyiq, ajriq, shuvoq, semizoʻt, shoʻra, oqbosh, yulgʻun, yantoq, qamish, qoʻgʻa, yakan va boshqa oʻsadi.
1.Hazorasp tumaniga iqtisodiy geografik tavsif
Tuman iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Paxtachilik, gʻal-lachilik (shu jumladan, sholichilik) rivojlangan. Chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham muhim oʻrin tutadi. Hazorasp tumanida dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Tumanda jami ekin maydoni 26,3 ming gektarga yaqin, shundan, 11,3 ming ga yerga paxta, 11,7 ming ga yerga don, 71 ga yerga kartoshka, 752 ga yerga sabzavot, shuningdek, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2004). Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51,2 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan, 23,8 mingdan ziyod sigir), 39,5 mingga yaqin qoʻy va echki, 100,8 ming parranda boqiladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari va boshqa bor. Butun Xorazm vohasi va undan tashqarida Hazorasp shaharchasidagi „Qozoqbozor“ mashhurdir. Tumandagi faoliyat koʻrsatayotgan jami 1200 dan ziyol korxona va tashkilotdan 105 tasi yirik, 14 tasi oʻrta, 76 tasi kichik korxona, 1034 tasi mikrofirmadir. Qoʻshma korxonalardan Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, Oʻzbekiston — Turkiya „Xorazmshakar“ korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududida Amudaryo ustiga xalqaro ahamiyatdagi koʻprik qurilgan. Koʻprikdan sutkasiga 14 poyezd, 1000 ta avtomobil oʻtishi moʻljallangan.
49 umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, Hazorasp tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iqtiso-diyot, ped. kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning 47 ta tarmogʻi, 35 klub muassasasi, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. 660 oʻrinli 4 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), poliklinika, dorixonalar, 1 uchastka kasalxonasi, 5 qishloq ambulatoriyasi, 12 qishloq vrachlik, 16 feld-sher-akusherlik punktlari, 14 tish davolash poliklinika punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 421 vrach (har 10 ming kishiga 22.6 vrach), shuningdek, 1850 oʻrta tibbiy xodim aholiga xizmat koʻrsatadi. Hazorasp tumani hududidan Urganch — Toshkent temir yoʻl va avtomagistraturali oʻtadi. Tuman markazidan Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Denov va boshqa shaharlarga, Urganch shahri va Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl, Beruniy shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Hazorasp qalʼasi (miloddan avvalgi 7—6- a.lar), Xumbuztepa, „Sartarosh“, Uchoʻchoq, Doshqalʼa, Juma masjidi (18-asr), Shayx Husay-in bobo maqbarasi (19-asr) va boshqa saqlangan. 1935-yil 21-maydan „Hazorasp-noma“ gazeta chop etiladi.

Download 104.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling